Kirish Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Tibbiyot va chorvachilik uchun odam va hayvonlar fiziologiyasining ahamiyati
Download 1.21 Mb.
|
2 5355016317583754193
Tibbiyot va chorvachilik uchun odam va hayvonlar fiziologiyasining ahamiyati.
Fiziologiya – tibbiyotning nazariy asosi. Hujayralarning hayot faoliyati qonunlari, uning molekulyar tuzilishidagi mo’’tadil o’zgarishlar ahamiyatini, uning tashqi muhit bilan birgalikdagi moddalar almashinuvini, to’qima va a’zolar hayot faoliyati qonunlarini, odam va hayvonlar organizmining uni o’rab turuvchi sharoit bilan aloqasini, uning barcha funksiyalarini bajaralishidagi tashqi muhit sharoitlari rolini chuqur bilmasdan turib, funksiyalarning buzilish qonuniyatlarini ochish va kasalliklarini oldini olish va davolash mumkin emas. Fiziologiya qonuniyatlarini ochish – hayotning davomiyligini uzaytirishi, sog’liqni saqlashni ratsional tashkil qilish va mehnat hamda yashash sharoitini yengillashtirish, kasalliklarni oldini olish va davolashning yangi usullarini yaratish uchun zarurdir. Xavfni oldini oluvchi va davolovchi tibbiyot, ichuvchilik va chekishga qarshi kurash eng avvalo mo’’tadil mehnat faoliyati va sog’lom turmush tarzi bilimlariga asoslangandir. Masalan, mehnat fiziologiyasini bilish charchashni oldini olish, qon fiziologiyasi esa qon quyishni tashkil qilish va h.k. imkonini beradi. Fiziologiya – jamiyat (ijtimoiy) va xususiy gigiyenalar, onalar va bolalar sog’ligini saqlash, maktab gigiyenasi, mehnatni to’g’ri tashkil qilish, uning unumdorligini oshirish, maktablarda o’qitish va ishlab chiqarishni jarayonlarining tashkil qilishning asosi hisoblanadi. Oziqlanish fiziololgiyasi – jamoaviy va xususiy ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilish haqida amaliy bilimlar beradi. Iqlimiy fiziologiya tashqi-tabiiy muhit omillarini dozalash haqida tavsiyalar beradi. Aviatsion va kosmik fiziologiyalar parvoz paytida odam sog’ligini saqlashni ilmiy asoslab beradi. Yosh o’sayotgan avlodni tug’ilganidan boshlab jismonan baquvvat, aqlan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, o’smir va yoshlarni mehnatga o’rgatish, barcha turdagi ommaviy sport va jismoniy madaniyatni qo’llab-quvvatlash yoshga oid fiziologiya va jismoniy hamda sport fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslanadi. Odam yosh fiziologiyasi va ayniqsa nerv tizimi, sezgi a’zolari fiziologiyasi, yoshga oid va umumiy psixologiya va pedagogikaning nazariy asosi hisoblanadi. Qishloq xo’jalik hayvonlari, parrandalar va baliqlar fiziologiyasi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa qishloq xo’jalik hayvonlari xulq-atvorini maqsadli ravishda o’zgartirish, ularni saqlash va oziqlantirish, yangi zotlar yaratish, go’sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish, serpushtlikni oshirish, baliqlarni o’rgatishda fiziologiyani o’rni salmoqlidir. Hasharotlar fiziologiyasi, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda va aksincha foydali (asalari) hasharotlarni urchitish va parvarishlashda muhim amaliy ahamiyatga ega. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling