Kirish “Hamkorbank” atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. “Hamkorbank” atb blocheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari, xizmatlari va chakana xizmatlari


“Hamkorbank” ATB ning mulkchilik shakli va uning tashkil topish, rivojlanish tarixi


Download 69.1 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi69.1 Kb.
#1071162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Hamkorbank atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tash

1. “Hamkorbank” ATB ning mulkchilik shakli va uning tashkil topish, rivojlanish tarixi.
Men 2021-yil 24-maydan 2021-yil iyulgacha “Hamkorbank” OATB Buxoro shahar filialida ishlab chiqarish amaliyotini o’tadim. Amaliyot davomida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va mustahkamlash, hamda bitiruv malakaviy ishlarini sifatli tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlarni to’pladim va tizimlashtirdim.
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 30 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 170 dan ortiq xizmat koʻrsatish shahobchalariga ega boʻlib, 46 ta filial, 129 ta mini-bank faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, bank 5 ta sho’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi.
Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya banki (FMO) va responsAbility investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Bankning strategik maqsadlari:
• Bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash;
• Chakana xizmatlar hajmi bo‘yicha moliya bozorida yetakchiga aylanish;
• Bank faoliyati samaradorligini oshirish.
Strategik vazifalar:
• Barqaror resurs bazasini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;
• Bank likvidligini samarali boshqarish;
• Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va raqamli bankni joriy qilish;
• Kredit hamda valyuta amaliyotlari samaradorligini oshirish;
• Barcha sotish kanallarining samaradorligini ta’minlash;
• Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;
• Samarali sotish tizimini yaratish;
• Harajatlarni tizimli boshqarish va optimallashtirish;
• Biznes jarayonlarni avtomatlashganlik darajasini oshirish;
• Mehnat unumdorligi va xodimlar samaradorligini oshirish;
• Xayrixohlik darajasi yuqori bo‘lgan professional jamoani shaklllantirish.
Bank missiyasi
Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish yo'li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.
Bank istiqbollari
«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini barqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.




Download 69.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling