Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx


Download 1.48 Mb.
bet7/21
Sana11.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1190337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
1-2

1.3.4. Ammiakli usul
Konsentirlangan (80 % va undan kо‘p) ammiakning suvli eritmalari va suyuq suvsiz ammiakda kaliy xlorid deyarli erimaydi, natriy xloridning eruvchanligi esa yuqoridir.
M.N. Nabiyev silvinitli rudani ammiakning konsentirlangan (80-90% NH3) suvli eritmasida eritilishini taklif qilganlar. Galit erigandan keyin,fazalar ajratilgandan keyin chо‘kma xosil bо‘ladi, uning tarkibida kaliy xlorid, angidrid va suvda erimaydigan qо‘shimchalar majud. Ammiak haydalgandan va quritilishdan keyin erimagan chо‘kmadan texnikaviy kaliy xlorid olinadi. Uning tarkibida 86-89 % kaliy xlorid mavjud, rudaning tarkibidan 97-98 % kaliy chiqariladi.
1.3.5. Flotatsion va gallurgiya usullarini kombinatsiyalash
Ruda eruvchansiz qoldiqning miqdori kо‘p bо‘lgan xolda flotatsiya qо‘llanilishi reagentlarning yuqori sarfi va yakuniy mahsulotga kaliy о‘tishini pasaytirishga olib keladi. Ayrim hollarda flotatsion usulda olingan kaliy xlorid va tarkibida kо‘p miqdorda eruvchansiz qо‘shimchalar bо‘lgan xolda u yopishqoqlikka uchramaydi. Agar shlamning miqdori 3,5 % dan oshmasa rudaning flotatsion usulda rentabilli qayta ishlash mumkin.
Gallurgiya usulida silvinitlar qayta ishlanishda shlamlar hech qanday qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Gallurgiya usulida mayda kristalli kaliy xlorid ishlab chiqariladi.
Ikkala usulning kamchiliklari yangi kombinatsion texnologik sxema ishlab chiqarishga olib keladi. Ushbu sxemada ham flotatsiya ham gallurgiya jarayonlari mavjud. Bunga asosiy flotatsion qurilmaga erish – kristallanish sikli qо‘shilishi hisobiga erishilgan. Kombinatsion usuldagi ishlab chiqarish sxemasiga boshlang‘ich ruda quruq maydalanadi, undan keyin aylanma namokob bilan aralashib, bug‘latiladi, olingan suspenziya yirikligi bо‘yicha klassifikatsiya qilinadi, eng yirik fraksiya flotatsiyaga yuboriladi va keyin galitni qayta tozalanishga yuboriladi. Klassifikatordan chiqqan suyuqlik gidroseparatorga kelib tushadi, bu yerda tuzning mayda zarrachalari chо‘kma holidagi shlamdan ajratiladi [24]. Gidroseparatordan shlamli pulpa quyiqlashtirgichga yuboriladi va bu yerdan chiqqan suyuqlik klassifikatorlarga qaytariladi, quyiqlashtirilgan shlamli pulpa chiqindi saqlagichga yuboriladi. Gidroseparatordan chiqqan tuzning mayda zarrachalari asosiy flotatsiyaning dumbalari bilan aralashtiriladi va bu aralashma qizdirilgan aylanma suyuqlikda eritiladi. Eritgichning pulpasi quyiqlashtiriladi va undan keyin pastki mahsulot sentrifugada siqiladi va tashiladi. Quyiqlashtirgichning suyuqligi va sentrifuganing filtratlarini issiq tindirilgan suyuqlik deb xisoblash mumkin, u uch pog‘anali vakuum-kristallanish qurilmasiga yuboriladi. Olingan pulpa quyiqlashtiriladi va sentrafugada siqiladi, filtrli suyuqlik eritilish jarayoniga qaytariladi. Flotatsiya konsentrat sentrifugada siqilgandan keyin gallurgiya usuli bilan olingan kaliy xloridga qо‘shiladi, olingan aralashma quritiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling