Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx
Bо‘laklash tizimlarini va uskunalarini solishtirish va tanlash
Download 1.48 Mb.
|
1-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. LOYIXANING ASOSIY TEXNOLOGIK KISMI
1.6. Bо‘laklash tizimlarini va uskunalarini solishtirish va tanlash
Bо‘aklashni tashkil etish va tegishli uskularini tо‘g‘ri tanlash jami texnologik jarayonni samaradorligini qaysidir darajada aniqlab beradi. Bо‘laklagichlar bо‘laklashning turi va bо‘laklanadigan materialning fizik kimyoviy hususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi [25]. [25] ga asosan yirik maydalash uchun jag‘li bо‘laklagichlar keng qо‘llanadi, konusli bо‘laklagichlar jag‘li bо‘laklagichlarga qaraganda yuqori unumdorlikka ega, energiya kam sarf qiladi, bir xil maxsulot beradi va tinch tebranishsiz ishlaydi. Ammo murakkab tuzilishga egaligi og‘irligi va narxini yuqoriligi tufayli konusli bо‘laklagichlarni yirik bо‘laklash uchun foydalanish maqsadga muvofiq. Boshqa barcha holatlarda jag‘li maydalagichlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Juvali bо‘laklagichlar mexanik mustaxkamligi kam bо‘lgan materiallarni yirik, о‘rta va mayda bо‘laklarga maydalash uchun foydalaniladi valkali bо‘laklagichlar ixcham tuzilishi oddiy, ammo materialni notekis berilishiga sezgirdir. Bolg‘ali bо‘laklagichlar mо‘rt va о‘rta qattiq bо‘lmagan asbest, kolchedan kaliyli ruda, gips, ohaktosh kabi materiallarni mayda о‘rta maydalash uchun mо‘ljallangan. Bо‘laklanadigan material zarrachalari о‘lchami panjara teshiklarini о‘lchami yordamida belgilash mumkin va zaruriyat tug‘ilsa о‘zgartirish mumkin. Bolg‘ali bо‘laklagich о‘zining massasiga nisbatan yuqori unumdorligi, kam energiya sarfi va maydalash darajasini yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yuqorida qayt etilganidek bо‘laklash jarayoni kо‘p energiya talab qilidigan jarayonlar turiga kiradi. Shuning uchun ushbu jarayonni tashkil qilishda “hech narsani ortiqcha maydalamaslik “ prinsipiga rioya qilinadi . Amaliy jihattan ushbu talab har bir bо‘laklash jarayonidan oldin mayda fraksiyani ajratish uskunasi qо‘yishni talab qiladi. Shu yо‘l bilan bо‘laklashga ketadigan sarf kamayadi, bir vaqtning о‘zida uskuna soni va qiymati ortadi. Mayda fraksiyani oldindan ajratish bо‘laklagichni ortiqcha yuklash va yemirilishini oldini oladi hamda materialni ortiqcha maydalanishidan saqlaydi, va maxsulot bir xil bо‘lishini taminlaydi [26]. Bо‘laklash jarayoni ochiq va yopiq siklda olib borilishi mumkin. Ochiq siklda material bо‘laklagich orqali faqat bir marta о‘tadi. Odatda ochiq siklda yirik va о‘rta bо‘laklash jarayoni amalga oshiriladi. Agar dastlabki xom ashyoda mayda fraksiya bо‘lsa material oldindan elanadi (rasm 5. a). Yopiq siklda bо‘laklanganda bо‘laklagich elak yoki fraksiyaga ajratuvchi uskunalar yordamida ishlaydi, uning yordamida yirik fraksiyali maxsulot uzluksiz qayta maydalash uchun bо‘laklagichga qaytarib turiladi (rasm – 5 b.) Yopiq siklda ishlash energiya sarfini kamayishini ta’minlaydi. Yuqorida qayd qilingan tizimlarda bitta bosqichda bо‘laklash tizimi keltirilgan. Ikki boskichda bо‘laklaganda maxsulot bitta bо‘laklashdan keyin tekshiruvchi elaklashga yuboriladi, keyin boshqa turdagi bо‘laklagichga beriladi (rasm 7). Bunday tizim maxsulotni yirikligi bо‘yicha bir xil olinishini yana xam ortiradi. Yopiq siklda ishlaganda qayta bо‘laklashga qaytariladigan material miqdori dastlabki materialga nisbatan 30-60% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, kо‘rib chiqilgan adabiyot malumotlari va kо‘p yillik amaliyot va texnik iqtisodiy natijalar shuni kо‘rsatmoqdaki kaliyli rudalarni bо‘laklash uchun bolg‘ali bо‘laklagich foydalanish xamda ochiq bir bosqichli tizim qо‘llash maqsadga muvofiq ekanini kо‘rsatmoqda. Yopiq siklda ishlash energiya sarfini kamayishini taminlaydi. Ushbu tizmlarda oddiy bitta pryomda bо‘lash kо‘rsatilgan. II.BOB. LOYIXANING ASOSIY TEXNOLOGIK KISMI Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling