Kirish. I-bob. Adabiyotlar tahlili. Ii-bob


Download 27.8 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi27.8 Kb.
#1023370
Bog'liq
Nilu kurs ishi - копия

Reja:



Kirish.
I-Bob.Adabiyotlar tahlili.
II-Bob.Asosiy qism.
2.1.Qarag'aysimonlar sinfi.
2.2.Kordaitlar qabilasining kelib chiqishi va tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlari.
2.3.Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko'payishi va hozirgi kunda tarqalgan oilalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Mavzuning maqsadi:

Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy yerasining oxiri, mezazoy yerasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo’lgan. Paleozoy va mezazoy yeralarida tog’ ko’tarilishi jarayonlari natijasida qurug’lik kengayib borgan. Namli muqit biroz bo’lsa ham qurg’oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o’zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib ularning o’rnini ochiq urug’li o’simliklar egallashiga sabab bo’lgan.


Ochiq urug’li o’simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog’ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug’lilarni tasniflashda shu belgilar muhim rol o’ynaydi.
Ochiq urug’li o’simlikar ba'zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug’lilar ham boshqa urug’li o’simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megosporangiylardan megospora hosil bo’ladi. Bu ikkala spora shakli, katta -kichikligi va tuzilishi jihatidan bir -biridan farq qiladi. Ko’pincha mikro va megosporalar strobillarida (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo’lgan. Hozirgi paytda bu bo’limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo’lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinf (ajdod)ga kiradi. Bu bo’lim vakillari Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, Shimoliy Yarim sharda (nina bargli o’rmon zonasi) Tayga o’rmonlarini hosil qiladi.
Ochiq urug’li o’simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog’liq bo’lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o’sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeoptyerislar vujudga kelib, ularning bo’yi 30 metrga etgan. Arxeoptyerislarda o’zak va ikkilamchi ksilemaning bo’lishi ularni ochiq urug’lilarga yaqinlashtirdi. Lekin urug’li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan. Umuman bularda yog’ochlik o’rnida floema yaxshi rivojlangan.Ularda dastlabki barglar shakllanib, borgan, bu esa ochiq urug’li o’simliklarning paydo bo’lishida katta rol o’ynagan. Demak ochiq urug’lilar haqiqiy qirquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o’simliklardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu bo’limga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir.

Epidermis - po’st


Mikrostrobil - Erkak qubba
Megostrobil – urg’ochi qubba
Mikropile - Urug’ yo’li
Nutsellus - Urug’ kurtak mag’zi
Integument - Urug’ kurtak qobig’i
Ochiq urug’lilarga xos belgilardan biri ularda urug’ning hosil bo’lishidir.
Urug’ megasporofillarda mevacha barglarda ochiq holda joylashadi. Urug’ -urug’kurtaklardan hosil bo’ladi. Urug’kurtak esa shakli o’zgargan megasporangiydir. Ular megosporafilda ochiq holda o’rnashgan.
Magnoliyatoifa o’simliklarda esa urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashgan bo’ladi.
Evolyutsiya jarayonida makrosporangiy urug’kurtakka mikrosporangiya - changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. hayotiy shakli jihatdan qarag’aytoifa o’simliklar daraxt, buta va lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
Ochiq urug`lilarning xarakterli belgisi shuki, ular urug` hosil qilib, shu urug`lari yordami bilan ko`payadi. Urug`lar shaklan o`zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo`lgan “urug`kurtak”dan paydo bo`ladi. Urug`kurtak va shunga yarasha urug` to`g`ridan-to`g`ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi — ochiq urug`lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir. Ochiq urug`lilar uchta sinfga bo`linadi. 1. Sagovniklar (Cycadophyta) — makrofilliya bilan xarakterlanadi. Bu sinf quyidagi tartiblarga bo`linadi: urug`li qirqquloqlar (Pteridospermae), sagovniklar (Cycadales), bennettitlar (Bennettitales). 2. Qubbalilar sinfi (Coniferophyta) — mikrofilliya bilan ajralib turadi. Tartiblari: kordaitlar (Cordaitales), ginkgolar (Ginkgoales), ninabarglilar (Coniferales). 3. Qoplag`ich urug`lilar (Chlamydospermatophyta) — urug`lari maxsus pardaga o`ralgan. Tartiblari: efedralar (Ephedrales), gnetumlar (Gnetales), velvichiyalar (Welwitschiales yoki Tumboales).

Urug`li qirqquloqlar paleozoy erasida keng tarqalgan bo`lib, hozir qazilma holdagina uchraydigan o`simliklardir. Ular o`zining tashqi ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o`xshash, lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qilgan. Urug`li qirqquloqlarga Lyginopteris oldhamia misol bo`la oladi. Uning pastga qayrilgan, kalta-kalta tikanlar bilan qoplangan uzun, ammo ingichka poyasi bo`lgan. Bu hol Lyginopterisni tayanch bo`la oladigan boshqa daraxtlarga o`sha tikanlari bilan yopishib, chirmashib o`sadigan o`simlik bo`lgan, deb, hisoblashga asos bo`ladi. Uning poyasida qo`sh patsimon yirik-yirik murakkab barglar bo`lib, ularning asosiy bandlari, ko`pincha dixotomik shoxlangan. Lyginopteris poyasining tuzilishi ancha murakkab. Poya o`zak qismining juda rivojlangan bo`lishi va kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq urug`lilardagiga o`xshash, traxeidlardan tuzilgan, po`stlog`idan ancha qalin bo`lgan. Lyginopteris mikro- va makrosporalar hosil qilgan. Mikrosporofillari (Crossotheca deb yuritiladi) vegetativ barglari singari, patsimon bo`lsa ham, ayrim yaproqchalari tuklarga aylangan bo`lib, shu tuklarda bir talay mikrosporalar bilan to`lgan ikki uyali 6-7 ta cho`ziq mikrosporangiylari bo`lgan. Bu o`rindagi mikrosporangiylar urug`kurtaklarga o`xshaydi. Urug`kurtak murakkab tuzilgan bo`lib, hozirgi sagovniklarning urug`kurtagiga o`xshagan. Urug`kurtak bezsimon tuklar bilan qoplangan maxsus “plyuska”ga o`ralib turgan. Urug`kurtakning markazida esa yirik makrospora joylashgan.





Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling