Gazlarni quritish uchun yuqorigi seolit qatlamining ustiga qo‘shimcha
alyumogel qatlami (7) joylashtirilgan. Gaz oqimining dinamik ta’sirini
kamaytirish va uni bir me’yorda taqsimlash uchun adsorbent
qatlamining ustiga balandligi 300-600 mm dan iborat boMgan chinnidan
qilingan sharlar joylashtirilgan. Adsorbentni yuklash paytida shtuser
(10) va maxsus kran (9) dan foydalaniladi. Adsorbentni uskunaga
yuklash paytida uni bir zonadan ikkinchi zonaga o‘tishi hamda tushirish
quvur (5) yordamida amalga oshiriladi. Adsorbentni uskunadan tushirish
esa quvur (12) orqali bajariladi.
Davriy ishlaydigan uskunalarda adsorbentning yutish sigMmidan
toMa foydalanilmaydi. Desorbsiya jarayoni ham ushbu adsorberlarning
o ‘zida olib boriladi. Natijada uskunadan foydalanish darajasi kam
boMadi. Bu kamchiliklardan uzluksiz ishlaydigan uskunalar holidir.
Odatda davriy adsorbsiya jarayoni to‘rtta bosqich bilan olib
boriladi: 1) adsorbsiyaning o ‘zi; 2) desorbsiya; 3) adsorbentni quritish;
4) adsorbentni sovitish. ikkita adsorberli adsorbsion qurilmaning sxemasi
keltirilgan. Gaz aralashmasi I birinchi adsorber 1 ga beriladi, bu yerda
yutilishi lozim boMgan komponentlar adsorbsiya qilinadi, quruq gaz V esa
uskunadan chiqib ketadi. Shu paytning o‘zida, ikkinchi adsorber (2) da
adsorbsiya bosqichi tamom boMib, unga yutilgan komponentlarni
desorbsiya qilish uchun suv bugM III beriladi. Ikkinchi adsorber (2) da hosil
boMgan suv bugM va adsorbat aralashmasi VI sovitgich (4) orqali suv
ajratgich (3) ga yuboriladi. Suv ajratgichning yuqorigi qismidan adsorbat,
uning pastki qismidan esa suv ajratib olinadi. So‘ngra uskunadagi
adsorbentni quritish uchun qizdirilgan havo, keyinchalik uni sovitish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |