Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda “Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyoti va o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’ lib, bu maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
- Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari haqida ma’lumot to’plash;
- Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish haqida ma’lumotlarni tahlil qilish;
- Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlarini taxlil qilish ;
- Mehnat ta’limi o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni, o’qitishda noan’anaviy va interfaol usullardan foydalanish haqida ma’lumotlar to’plash;
- Kichik guruxlarda ishlash metodi haqida ma’lumotlar yig’ish;
- Baliqdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi haqida ma’lumotlar yig’ish;
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki:
- Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mehhat ta’limi o’qituvchilari, hamda kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o’quv ustalari, amaliyotchi talabalar va shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi:
- Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari, baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish usullari , baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar, Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlarini o’rgatish tadqiqini o’tkazish va mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlari jarayonida qo’llash ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berildi;
- mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning mazmuni, shakli va vositalari aniqlandi;
- mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy tavsiyalar yaratildi.
BMIning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar mehnat ta’limi fani o‘qituvchilariga, kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o‘quv ustalari va amaliyotchi talabalarga uslubiy yordam beradi.
Ishning tuzilishi va hajmi:
BMI kirish, 3 bob, xulosa, foydalailgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan va 13774 so‘zdan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 68 – sahifadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |