Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


-bosqich. Yangi mavzu bayoni: Kattalar mehnatini qadrlang


Download 273.5 Kb.
bet22/25
Sana24.12.2022
Hajmi273.5 Kb.
#1061236
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni: Kattalar mehnatini qadrlang.
O`qituvchi: O`quvchilardan inson uchun eng aziz narsalar haqida so`raydi. O`quvchilar kattalar mehnatini qadrlash haqida o`z fikrlarini aytadilar.
Masalan: ota-onaga hurmat, kattalarga shafqat, kattalarga marhamat ,kattalarning so`zini yerda oqldirmaslik ,ota- ona
bergan pand- nasihatlarga har doim amal qilish va boshqa.
O`qituvchi: o`quvchilarga darslikdan “Buni bilib oling “ belgisi berilgan matn o`quvchilarga o`qib beriladi.



Farzandlarim bilingki, atrofingizdagi barcha narsalar mehnat bilan bunyodga keladi Siz o`tirgan stol –stul, qalam –daftaringiz chizg`i-u, o`chirg`ichingiz , bilim olayotgan maktabingiz ,yashayotgan uyingiz , kiygan kiyimingiz barcha –barchasi ota-onagizdan tortib quruvchi-yu tikuvchi, ishchi-yu xizmatchining mehnati bilan yaratilgan

Kattalar mehnatini qadrlang

O`qituvchi yangi mavzu haqida tushuncha beradi
Mehnatsevarlik kundalik hayotni chiroyli ,farovon,unumli o`tkazish uchun insonga quvonch va shodlik bag`ishlaydigan fazilatdir.Biz tinmay o`qib -o`rganib.yaxshi baholarga ega bo`lsak, ota-onamizga uy-ro`zg`or ishlarida yordam bersak , har bir ishni chidam , sabr bilan bajarsak , u bizga quvonch keltiradi.
Mehnat samarasini hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydi , chunki uning zamirida haqiqy peshona teri yotadi . Ana shu harakat insonga baxt- saodat omad keltiradi Shuning uchun ham xalqimiz “Mehnatdan kelsa boylik , turmush bo`lar chiroylik”,-deydi.O`z halol mehnati bilan topilgan boylik ezgulik keltirib fa rovon hayotga yetaklaydi.mehnatni sevib uni yurakdan bajargan shaxs mehnatsevar hisoblanadi.
Mehnatni sevmaydigan, dangasa ishyoqmas odamlar aziz umrlarini bekor o`tkazadilar . Ularning hayoti doimo uyqu bekorchilik va qiyinchilikda o`tadi . Mehnatni sevib ota- onasiga yordam beradigan o`g`il qizlar har doim baxt – saodatga erishadilar.
Buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi to`g`risida to`xtalib , qimmatli fikrlarini bildirib o`tishgan . Masalan :Abdurahmon Jomiy :”Oltin topmagini o`rgan-gin hunar ,hunarning oldida xasdir oltin –zar ,”-degan fikr bildirsalar ,ulug` mutaffakir Alisher Navoiy “Umrni zoye etma ,mehnat qil mehnatni saodatni kaliti bil”,-deydilar
Fransuz adibi Anatol Frang :”Eng yaxshi axloqiy va estetik dori mehnat”-degan fikrni ilgari suradi.
Bir qator o`zbek xalq maqollarida ham inson hayotida mehnat alohida ulug`lanadi.Masalan “Mehnat baxt keltirar “, “Mehnat e’tibor garovi”,”Mehnat qancha og`ir bo`lsa, keti shuncha shirin bo`lar va boshqalar.
Darslikdagi “Dilbar “ hikoyasi bilan o`quvchilarni tanishtirish va rasm ustida ishlash .



“Dilbar” hikoyasi o`quvchilarga “Bumerang” o`yini orqali o`rgatiladi .


Bunda har qaysi guruhlarga hikoya qismlarga bo`lib beriladi. O`quvchilar hikoyani o`qib, mazmuni bilan tanishadilar. Har qaysi guruhdan bittadan o`quvchi chiqib ,o`quvchilar bir-birlari bilan almashinib yangi guruh tashkil qilinadi. Guruhlardan o`tgan o`quvchilar yangi guruhga hikoya qismini mazmunini so`zlab beradi va guruhlardan o`tgan o`quvchilar o`z orinlariga qaytadilar. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib hikoyaning taqdimoti o`tkaziladi.

Dilbar” (hikoya)



Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling