Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Download 273.5 Kb.
bet1/25
Sana24.12.2022
Hajmi273.5 Kb.
#1061236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

REJA:

KIRISH


I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

    1. Barkamol shaxsning axloqiy qiyofasi

1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash
jarayoni, qoidalari, vosita va mazmuni
II BOB.BOSHLANG’ICH SINFLARDA TARBIYA JARAYONINI
TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1. O‘quv–tarbiya jarayonida o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarini shakllantirish
2.2. Sinfdan va maktab tashqari sharoitlarda tarbiyaning samarali vositalari
2.3. “Kattalar mehnatini qadrlang” mavzusida bir soatlik dars ishlanma namunasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

MUNDARIJA


I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL
INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI ……

    1. Barkamol shaxsning axloqiy qiyofasi………………………………….

1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash……….. .
jarayoni, qoidalari, vosita va mazmuni………………………………………
II BOB.BOSHLANG’ICH SINFLARDA TARBIYA JARAYONINI
TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI ……..
2.1. O‘quv–tarbiya jarayonida o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarini
shakllantirish……………………………………………………………………
2.2. Sinfdan va maktab tashqari sharoitlarda tarbiyaning samarali
vositalari……………………………………………………………….. ………
2.3. “Kattalar mehnatini qadrlang” mavzusida bir soatlik dars ishlanma
namunasi………………………………………………………………………..
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarblgi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lishlari shart!” degan so’zlariga asosan mustaqillik yillarida ta’limni tubdan isloh qilish borasida benihoya ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda milliy va umuminsoniy ruhda tarbiya topgan, yuksak ma’naviyatga ega, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’nalishini modernizasiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng qamrovli vazifalarni hal kilishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi xalqimiz oldiga qo’ygan ulkan maqsadlarni amalga oshirishida muhim va asosiy vazifa hisoblanadi.
Komil insonni voyaga etkazishda boshlang’ich ta’lim shubhasiz mustahkam poydevor rolini o’taydi. Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Ona tili va o’qish darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning etakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakllantirish va o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Xar bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqali odamzod o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi.
Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi hech qaysi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Bu borada so’z va nutqning ma’no-mohiyatini teran idrok etgan buyuk qalam sohiblari so’zlash qobiliyati va go’zal nutq qudrati bemisil bir ne’mat ekanligini takror va takror ta’kidlaganlar.


1.Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyiik kelajakka ishonchdir. — T.: „O'zbekiston", 2000.
2. I. A. Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: „Sharq", 1997.
O’quvchilar nutqini o’stirish, avvalo, ularning lug’atini boyitish bilan bog’liqdir. So’z boyligini oshirishda lug’at ustida ishlash katta amaliy ahamiyatga ega. O’rganilayotgan matn yuzasidan lug’at ishi o’tkazish jarayonida o’quvchilar tilning lug’at tarkibiga xos bo’lgan eskirgan so’zlar, yangi paydo bo’lgan so’zlar, kasb-hunarga oid so’zlar, shevaga xos so’zlar, badiiy uslubga xos so’zlar bilan amaliy jihatdan tanishib boradilar. Tilimizda mavjud bo’lgan behisob so’zlarni yodda saqlab qolishda hamda ularni nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llay olishda tilning lug’at tarkibini muayyan qatlamlar yoki guruhlarga ajratib o’rganish ya’ni eskirgan so’z, yangi paydo bo’lgan so’z, kasb-hunarga oid so’z, shevaga xos so’z kabi tushunchalar haqida ilk nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirish juda muhim sanaladi. Ushbu BMIning dolzarbligi ham ana shu bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, jamiyatimizning yangilanishi va demokratlashuvi, O’zbekistonda ta’lim va tarbiya jarayonini davlat siyosatining ustivor yo’nalashi deb e’lon qilinishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga nisbatan javobgarlik yanada ortdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy vazifalaridan biri, ta’lim kishilariga eng ibratli, istiqbolni yanada takomillashtirish , ko’zda tutilgan amaliyot turlarini, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, voz kechishimiz kerak bo’lgan illatlar, kamchilik va nuqsonlarni ko’rsatish, ta’limimizni porloq istiqbollarga olib chiqadigan yo’lni to’g’ri belgilab berish, shu asosda XXI asr maktabini bunyod qilishga xizmat qilishdan iboratdir.
Respublika Prezidenti va hukumatning ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni Ona Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tapbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. Shunga binoan doshlang’ich ta’limda ham tubdan yangilanishlar bo’ldi.
__________________________________________________
3.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.

Ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - uni eski mafkuraviy qarashlardan mutloq forig‘ etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z yurtining fidoyisi, vatanparvar, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk insonlar etib tarbiyalashdir.


Barkamol avlodni voyaga etkazishda, ularni har tomonlama komil inson etib shakllantirishda bobokalonlarimiz merosi bo‘lgan boy milliy qadriyatlarimizdan, madaniy yodgorliklardan, tarbiyaning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish ta’lim-tarbiya sohasining ustivor yo‘nalashlaridan biridir
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tarbiyasi masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, tarbiyani birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. CHunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur. Ma’naviy ehtiyoj va dunyoqarash, madaniyat va axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish orqaligina bunday shaxsni tarbiyalash mumkin.
Keyingi yillarda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim va tarbiya mazmunini tubdan isloh qilindi. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’ana-larimiz, axloq-odob, madaniyatimiz qayta tiklanib, ta’lim-tarbiya mazmunining asosiga aylandi. Zero, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z milliy qadriyatlarini, axloq-odob madaniyatini o‘zlashtirishi va ularga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina u o‘z yurtining haqiqiy vakili degan ulug‘ unvonga ega bo‘ladi.
O‘zbek xalqi tarixan tarbiya sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kunda tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda milliy-axloqiy tarbiya an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. (Q. Abdullaeva, A. Jo‘raev, B. Jo‘raeva, A. Zunnunov, X. Iskandarov, A. Munavvarov, D. Ubayxo‘jaev, K. Xoshimov, O. Hasanboeva, A. SHojalilov, A. Ergashev, T. Qurbonov, M. Quronov, M. Ochilov, R. Hasanov, K. Hoshimov, Safo Ochil va boshqalar). Ayniqsa, «Xalq ta’limi», «Boshlang‘ich ta’lim» jurnallaridan ko‘plab maqolalar ham shu mavzuga bag‘ishlangan [4-29].
Tarbiyaning usul va vositalari muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi o‘quvchi va talabalar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy ishlarni olib borishga qaratilgan. Lekin, kichik yoshdagi o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Qolaversa, keyingi yillarda tarbiyaga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda. Tarbiyaning mazmuni maqsad va vazifalari, uni amalga oshirishning vosita va usullari tadqiqot sifatida ko‘pchilikni qiziqtirmayapti. Buning natijasi qanday holatlarga olib kelishini tasavvur etish qiyin emas. Vaholanki, bizning xalqimiz bola tarbiyasi sohasida katta tajriba va imkoniyatlarga ega.
Muammoning dolzarbligi, nazariy-pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini tanladik.

Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling