Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi


Download 273.5 Kb.
bet9/25
Sana24.12.2022
Hajmi273.5 Kb.
#1061236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi: tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, pedagog bu jarayonda har bir o‘quvchining nafaqat yoshi, balki uning shaxsiy xususiyatlariga ham e’tibor qaratishi joiz. Bu borada pedagog o‘quvchini tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi kerak. Pedagogdan o‘quvchi bilan muloqatga kirishishdan oldin uning biologik, fiziologik, psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi.
Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik prinsipi: Bola shaxsi hurmat qilinsagina u pedagogik ta’sir o‘tkazishga ochiq va moyil bo‘ladi. O‘qituvchini o‘ziga qabul qiladi. O‘qituvchiga nisbatan mehr uyg‘onadi. Undagi bor yaxshi fazilatlarni o‘zlashtiradi va bilim olish samarasi oshadi. Natijada komil inson bo‘lib tarbiyalanishiga zamin yaratadi. Bu borada pedagog o‘quvchini hurmat qilibgina qolmay, talabchan bo‘lishi ham lozim. Talabchanlik o‘quvchilarda tartiblilik, o‘z ishini rejalashtira olish, umumiy vazifa ichidan o‘ziga tegishlisini ajratib olish, ma’suliyatlilik, har ishning me’yorini bilish, ko‘zlagan maqsadga erishish uchun kurasha olish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o‘stirish prinsipi: O‘quvchilarda yoshlikdan mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko‘rsata olishni shakllantirish lozim. SHunga ko‘ra har bir o‘quvchining qiziqishi va intilishini qo‘llab quvvatlash lozim, ularni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarni egallashlariga to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da bu xaqda batafsil bayon qilingan. Jumladan, «Kamolot», «Umid» singari jamg‘armalar yoshlarda tashabbuskorlik, havaskorlik mustaqillik kabi hislatlarni rag‘batlantirishda, qo‘llab quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Har bir o‘qituvchi-tarbiyachi bolalar nimalar ta’sirida, qaysi sharoitlarda, muhitlarda kamolga etishishi, uni amalga oshirishda qanday qoidalarga amal qilish lozimligini, qanday ta’sir ko‘rsatish vosita va yo‘llarini yaxshi bilmog‘i lozim.
O‘zbek xalqi bola tarbiyasi sohasida ulkan boy tajribaga ega. SHu bilan birga ilmiy pedagogikamiz undagi va fandagi yutuqlarga tayangan holda tarbiya usullari xaqida ma’lum to‘xtamlarga kelgan. Unga ko‘ra «metod» so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, yo‘l, usul, ma’nosini beradi. SHuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda «tarbiya metodlari», «tarbiya usullari» kabi tushunchalar tez-tez uchrab turadi.
Tarbiya usullariga pedagog olimlar (R. Mavlonova, A. Munavvarov, M. Quronov, K. Xoshimov, O. Hasanboeva, M. Inomova, U. Nishonaliev, R. Hasanov va boshqalar) turlicha ta’rif berishgan .
Ayrimlarida, tarbiya usullari deb, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirish maqsadida, uning ongiga, xulqiga, irodasiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etish yo‘llariga aytiladi. Boshqalarida «tarbiya usuli - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullaridir»,- deyiladi. Birinchi ta’rif aniq ma’no kasb etsada, ammo unda faoliyat bir tomonlama ta’sir kuchiga ega. YA’ni, tarbiyachining ta’sirigina ko‘zda tutilganday. Ikkinchisi esa hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sirini nazarda tutadi. Ta’lim metodlari kabi tarbiya usullari ham alohida tarkibiy qismlarga bo‘linadi, masalan, usul va uslub tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda pedagogik jarayon mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘tib turishi mumkin.
Pedagogikada tarbiya shakllari degan tushuncha ham yo‘q emas. Masalan, o‘quvchilarning jamoa individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi: sinf majlisi, yig‘ilishlar, ertalabki yig‘inlar, klub va to‘garak ishlari kabilar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalalarni maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi: ko‘rsatmali qurollar, kitoblar, radio, televideniya va boshqalar. Ammo, bu predmetlarni harakatga keltirgandagina, ulardan foydalanib, muhokama etganimizdagina tarbiya vositasi bo‘la oladi. Tarbiya vositalari sifatida o‘quvchilarning turli faoliyatlari ham xizmat qilishi mumkin: kinofilmlar, san’at asarlari, suhbat, bolalar o‘yini, sport, badiiy havaskorlik to‘garaklari va boshqalar.
Har qanday tarbiyaning natijasi tarbiyaviy jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini, eng ma’qul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor. Tarbiya usullari har bir bolaga, har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi.
Tarbiya g‘oyatda murakkab jarayon bo‘lib, har davrning ijtimoiy siyosiy hayotini o‘zida aks ettiradi. Uning usullari, vositalari va omillari asrlar davomida shakllanib takomil-lashadi. Tarbiya har bir xalqning o‘z udumi, usuli, tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi lozim.
YUqorida qayd etganimizdek, xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ularning rang-barangligi ilmiy pedagogikani ham boyitadi.
Bola tarbiyasida xalqimiz qo‘llab kelgan milliy usullarini quyidagicha guruhlarga umumlashtirish mumkin:

  1. Tushuntirish: o‘rgatish, odatlantirish, mashq qildirish va h.k.

  2. Namuna: maslaxat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, o‘rnak bo‘lish va h. k.

  3. Nasihat berish, o‘git: undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va h. k.

  4. Qoralash va jazo: ta’qiqlash, tana, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish-kaltaklash va h. k.

Agar sinchiklab e’tibor berilsa, ushbu milliy tarbiya usullari ketma-ketligida yaxlitlik bor. Masalan, bolaga avval tushuntiriladi, keyin namuna sifatida ko‘rsatiladi, bunda ham tushunmasa, nasihat beriladi, bunga ham ko‘nmasa, tushinishni istamasa jazo beriladi. Bu so‘ngi chora ekanligini xalqimiz yaxshi bilgan.
Xalqimizning milliy usullari muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Tarbiya vositasi vazifasini quyidagilar o‘tagan: mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar, musobaqalar, turli marosim va boshqalar ham shular jumlasiga kiradi.
Bugungi kunda o‘quvchilarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi zarur. Bular o‘z navbatida, yangi tarbiyaning o‘zgacha muvofiq uslub va shakllarini taqoza etadi.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullari o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib bir necha (4 ta) guruhlarga ajratiladi: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar, faoliyat jarayonida ijtimoiy hulqni shakllantirish usullari; rag‘batlantirish va jazolash usullari; o‘z-o‘zini tarbiyalash usullari.

Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling