Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar


Download 273.5 Kb.
bet10/25
Sana24.12.2022
Hajmi273.5 Kb.
#1061236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

1. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar: suhbat, hikoya,
namuna, tushintirish.
2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish usullari: mashq, o‘rgatish,
topshiriq, pedagogik talab, odatlantirish.
3. Rag‘batlantirish va jazolash usullari: ishonch bildirish, maqtash, sovg‘a berish, maqtov yorlig‘i, moddiy taqdirlash, hurmat taxtasiga chiqarish, qo‘llab-quvvatlash, mas’uliyat va minnatdorchilik, musobaqa, gazeta va radioda e’lon kabilar rag‘batlantirishga; tanbeh berish, ogohlantirish, hayfsan berish, uyaltirish va h. k. Ammo, jismoniy jazo, urish kaltaklash mumkin emas, balki qo‘rqitish g‘azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o‘quvchi qo‘rqqanidan yolg‘on gapirishga o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
4. O‘z-o‘zini tarbiyalash: shaxsiy majburiyatlar olish, o‘z-o‘zini
nazorat qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish, o‘z-o‘zini tahlil
qilish, o‘z-o‘zini baholash, va h. k.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar guruhiga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislat va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi. Bu usullar orqali o‘quvchilar ongiga shakllanishiga eng ko‘p qo‘llaniladigan usul – tushuntirishdir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdir. Masalan, o‘quvchilarga bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiyalarning mohiyatini tushuntirish mumkin.
Suhbat usuli. O‘quvchi shaxsini ma’naviy axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usuldir.
Suhbat usuli savol-javob negizida ko‘rinadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning dolzarbligi, qiziqarli va kutilayotgan natijani hisobga olish kerak. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: ahloqiy mavzular, estetik mavzular, siyosiy mavzular, ta’lim va bilimga oid mavzular va h. k. Suhbat davomida o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish va javob berish imkoniyatlari tug‘iladi.
Hikoya usuli. Kichik yoshdagi o‘quvchilar odatda hayotiy va badiiy adabiyotdan olingan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga ahloq me’zonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san’at haqida hikoya qilib berishi mumkin. Suhbat va hikoyalar o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushinadigan tilda o‘tkazilishi zarur. Suhbat va hikoya mavzusini o‘quvchilarning o‘zlari tanlagani yaxshi.
Namuna. Ma’lumki, yosh bolalar kattalarga taqlid qiladilar, ularga o‘xshashga harakat qiladilar. SHuning uchun ham eng avvalo o‘qituvchining o‘zi har tomonlama namunali bo‘lishi, o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqarishi lozim. Aks xolda o‘quvchilarga faqat ijobiy fazilatlar emas, balki salbiy xatti-harakatlar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bolalar ongiga ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, badiiy asarlardagi, kinofilmdagi va spektakldagi qahramonlar xatti-harakatlaridagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Namunadan milliy tarbiya usuli sifatida ota-bobolarimiz usuli keng foydalanilgan. Zero, ular o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan dono xalqimiz.
O‘quvchilarda ijtimoiy xulqni shakllantirish usuli. Psixologiyadan ham bizga ma’lumki, shaxs faoliyatida rivojlanadi. Qolaversa, o‘quvchi uchun faqat tushunchaning o‘zi etarli emas. U o‘zlashtirgan, anglab etgan axloqiy-qonun qoidalariga rioya qilishi, ularga amal qilishi lozim. SHuning uchun ham jamiyat talab etuvchi xulq atvorlarni o‘quvchilarda shakllantirish usullari mavjud.
Mashq. Bu usul bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil etish ularni ahloq me’zonlari va hulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlan-tirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi. Ota-onalar, o‘qituvchilar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari zarur va shart.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotoba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli va ijobiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchilarda aqliy qobiliyat va axloqiy fazilatlar rivojlanadi. Odat muntazam mashq orqali mustaxkamlanadi.

Download 273.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling