Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: tarbiyaning qanday samarali usul va vositalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash, axloqiy fazilatlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: boshlang‘ich sinf o‘quvchi shaxsini tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarida komil inson fazilatlarini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik.
Muammoning dolzarbligi, maqsadi, ob’ekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni oa tili darslarida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning mavjud holatini aniqlash;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;
Axloqiy tarbiyaning samarali usul va vositalari ta’sirida kichik yoshdagi o‘quvchi shaxsini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;
To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.
Bitiruv malakaviy ishning bazasi sifatida Samarqand tumanidagi 64- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlarimizda 8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 50 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi va nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib berdik. Boshlang‘ich sinf ta’lim jarayonida ahloqiy tarbiyaning uzviyligi, sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda ahloqiy tarbiyaning samarali usul va vositalarini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundaki, to‘plangan nazariy ma’lumotlar va sinov-tajriba natijalaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda talabalar o‘quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda samarali foydalanishlari mumkin.
Belgilangan tadqiqot maqsadi va vazifalarini hal etish bitiruv malakaviy ishimizning mazmunini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ish o‘z ichiga kirish, ikki bob, xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |