Kirish I. Bob. Hayvonlarning biosferadagi ro’li
Download 1.37 Mb.
|
HAYVONLARNING BIOSFERADAGI ROLI VA AXAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. O’zbekistonda hayvonlarni muxofaza qilish.
- O’zbеkiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob (yo’qolish havfi bo’lgan) hayvon turlari. O’zbеkiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob (yo’qolish havfi bo’lgan) hayvon turlarining ro’yhati
RedutsentlarOziq zanjirlari chizmalarida har doim ham namoyon boʻlmaydigan yana bir konsumentlar guruhini eslatib oʻtishimiz joizdir. Bu guruh organik mahsulotlarni va chiqindilarni parchalovchi organizmlar redutsentlardan tashkil topgan. Redutsentlar (destruktorlar) baʼzida oʻzlarining alohida trofik darajalarida koʻriladi. Bu organizmlar oʻziga xos guruh sifatida turli boshqa trofik darajalardagi organizmlardan ajralgan oʻlik va chiqindi mahsulotlar bilan oziqlanadi; masalan, ular chirigan oʻsimlik qismlari, qisman yeyilgan olmaxon yoki kasal boʻlib oʻlgan burgut qoldiqlarini mamnunlik bilan isteʼmol qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, redutsentlar darajasi iyerarxiyadagi birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli konsumentlar iyerarxik standartlariga parallel mos keladi. Koʻplab ekotizimlarning asosiy redutsentlari zamburugʻ va bakteriyalar hisoblanadi; ular metabolik jarayonlarni amalga oshirish uchun oʻlik mahsulotlar va chiqindilardagi kimyoviy energiyadan foydalanadi. Redutsentlarning boshqa bir guruhi detrit va qoldiqlar bilan oziqlanuvchi detritofaglar hisoblanadi. Ular odatda yomgʻir chuvalchangi, qisqichbaqa, shilliqqurt yoki tasqara kabi koʻp hujayrali hayvonlardir. Ular faqat oʻlik mahsulotlar isteʼmoli bilan cheklanib qolmaydi, balki bu mahsulotlarni chirituvchi bakteriya va zamburugʻlar tomonidan oʻzlashtirilishiga tayyorlab beradi. 2.3. O’zbekistonda hayvonlarni muxofaza qilish. O‘zbekiston Ekologik harakati tashabbusi bilan Toshkent hayvonot bog‘ida 22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bag‘ishlab “Hayvonot dunyosini asraylik” deb nomlangan aksiya o‘tkazildi. Unda deputatlar, Ekoharakat faollari va “Yoshlar qanoti” vakillari, “Medical yexrgess” nodavlat notijorat tashkiloti, “Rromeduz” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari ishtirok etdi. Mamlakatimiz betakror tabiati, noyob hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida tabiiy resurslarni asrab-avaylash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. – O‘zbekistonda o‘n besh mingdan ziyod hayvon, to‘rt yarim mingdan ziyod o‘simlik turi uchraydi, – deydi O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Umida Komilova. – Ularning muayyan qismi faqat bizning mintaqamizda mavjud. Ushbu noyob turlarni asrash, ko‘paytirish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish, tabiatga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarning oldini olish mamlakatimizdagi iqtisodiy-ekologik siyosatning muhim yo‘nalishidir. Bugungi kunda yurtimizda sakkizta davlat qo‘riqxonasi, bitta biosfera rezervati, ikkita tabiat bog‘i, o‘n ikkita davlat buyurtmaxonasi, uchta noyob hayvon turlarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan pitomnik va boshqa muassasalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Toshkent hayvonot bog‘ida 360 ga yaqin turdagi hayvonlar parvarishlanmoqda. Hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijasida noyob jonivorlar turlari kamayib ketishining oldi olinmoqda. Aksiya davomida mutaxassislar ko‘rgazmali ravishda yaqinda dunyoga kelgan ayiq bolalarini “Medical yexrgess” nodavlat notijorat tashkiloti va “Rromeduz” mas’uliyati cheklangan jamiyati taqdim etgan vitaminlar bilan oziqlantirdi. Bunday vitaminlar boshqa hayvonlarga ham beriladi. O’zbеkiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob (yo’qolish havfi bo’lgan) hayvon turlari. O’zbеkiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob (yo’qolish havfi bo’lgan) hayvon turlarining ro’yhati 2.3.1-jadval
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling