Kirish I. Bob. Hayvonlarning biosferadagi ro’li
Havvonlarni ozuqa zanjiridagi ro’li
Download 1.37 Mb.
|
HAYVONLARNING BIOSFERADAGI ROLI VA AXAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq zanjirlari
2.2. Havvonlarni ozuqa zanjiridagi ro’li
Geterotroflar karbonat angidriddan oʻzlari uchun kerakli ozuqalarni hosil qilish uchun quyosh nuri yoki kimyoviy energiyadan foydalanmaydi va ular boshqa organizmlarni isteʼmol qiluvchilar hisoblanadi. Odam geterotrof organizmdir. Geterotroflar boshqa organizmlarni yoki ularning mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali organik molekulalarni oʻzlashtiradi. Hayvonlar, zamburugʻlar va koʻplab bakteriyalar ham geterotrof organizmlarga kiradi. Oziq zanjiri haqida gap borganda geterotroflarni konsumentlar deb ataymiz. Qisqacha aytib oʻtadigan boʻlsak, tabiatda oʻsimlikxoʻr hasharotlardan tortib goʻshtxoʻr hayvonlargacha hamda qoldiq va chiqindilar bilan oziqlanuvchi zamburugʻlargacha turli ekologik ahamiyatga ega boʻlgan har xil konsumentlar mavjud. Oziq zanjirlari Endi esa ekologik jamoada energiya va ozuqa moddalarining qanday harakatlanishi bilan tanishib oʻtsak. Keling, oziq zanjiriga qarab, kim kimni yeyishiga eʼtibor beramiz. Bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning biridan ikkinchisiga oʻtuvchi chiziqli ketma-ketligi oziq zanjiri deyiladi. Dastlab quyida produtsentlardan boshlanib, yuqoriga qarab davom etuvchi tipik oziq zanjiri bilan tanishib oʻtamiz. Oziq zanjiri asosida produtsentlar joylashadi. Produtsentlar avtotrof organizmlardir va ularning asosiy qismini oʻsimliklar, suvoʻtlar va sianobakteriyalar kabi fotosintez qiluvchi organizmlar tashkil etadi. Produtsentlar bilan oziqlanuvchilar birinchi tartib konsumentlar deb ataladi. Birinchi tartib konsumentlar odatda oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi oʻtxoʻrlardan iborat, shu bilan birga, suvoʻtlar va bakteriyalar bilan ham oziqlanishi mumkin. Birinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar ikkinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Ikkinchi tartib konsumentlar asosan goʻsht bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlardan iborat. Ikkinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar uchinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Bular burgut yoki katta baliq kabi yirtqichlar bilan oziqlanuvchi yirtqichlarni oʻz ichiga oladi. Baʼzi oziq zanjirlarida toʻrtinchi tartib konsumentlar kabi qoʻshimcha darajalar ham mavjud, yaʼni uchinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlar. Oziq zanjirining eng yuqorisidagi organizmlar yuqori konsumentlar deb nomlanadi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling