Ikki tomondan oziqlanuvchi elektr tarmog‘ini superpozitsiya (ustlash) usuli bilan tadqiq qilish
Download 75.83 Kb.
|
6 lab ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiskacha nazariy ma’lumotlar
- 5.1-rasm. Ikki tomonlama oziqlanuvchi tarmoqning kо‘p qutblik sifatida kо‘rinishi
IKKI TOMONDAN OZIQLANUVCHI eLEKTR TARMOG‘INI SUPERPOZITSIYA (USTLASH) USULI BILAN TADQIQ QILISH Ishni bajarishdan maqsad: murakkab о‘zgarmas tok zanjiridagi tok va kuchlanishlarni bevosita о‘lchash yо‘li bilan bir nechta manbali zanjirlarni hisoblash uchun ustlash usulining xaqqoniyligiga va uni kullash mumkinligiga ishonch hosil qilish; ustlash usuli bо‘yicha tekshiriladigan zanjirning hisobiy natijalarini tajribadan olingan ma’lumotlar bilan taqqoslash. Qiskacha nazariy ma’lumotlar Ustlash usuli о‘zgarmas yoki о‘zgaruvchan tok zanjirlarini hisoblash usullaridan biri bо‘lib, bunda K ta eYUK manbai bо‘lgan murakkab zanjirning rp qarshilikli ixtiyoriy p shahobchasidan oqib о‘tayotgan tokni zanjirdagi har bir eYUK e1, e2,. . ., ek ning alohida ta’siridan oqib о‘tayotgan , , . . . toklarning yig‘indisi deb qaraladi (5.1 -rasm). 5.1-rasm. Ikki tomonlama oziqlanuvchi tarmoqning kо‘p qutblik sifatida kо‘rinishi Buning uchun zanjir qandaydir passiv kо‘p qutblik “P” tarzida berilgan bо‘lib, uning ichidagi elementlari, masalan, qarshiliklar r1, r2, ... , rn tegishli sxema bо‘yicha biriktirilgan va joylashtirilgan. Bu usulni о‘rganish oson bо‘lishi uchun eYUK manbai bо‘lgan shaxobcha vaqtincha kо‘p qutblikdan tashqariga chiqarilgan. Zanjirning ayrim qarshiliklaridan о‘tayotgan real toklarni (shu jumladan, 5.1 - rasmda kо‘rsatilgan qarshilikdan о‘tayotgan tok ham bor) aniqlash uchun avval ularning tarkibidagi , , ,..., , , , ,..., , , , ,..., tashkil etuvchilarini hisoblash kerak. Masalan, p shaxobchadagi rn qarshilikdan utayotgan tok eYUK e, ning ta’sirida hosil bо‘lgan tashkil etuvchidir. Uning mivdorini 5.1- rasmdagi e2, e3,..., en, eYUK lar zanjirdan vaqtincha ajratilib, faqat e1 eYUK ulangan paytidagina hisoblash kerak. Faqat shuni esda tutish kerakki, 2-2, 3-3,... K-K qismalar (qutblar) orasidagi eYUK manbalari zanjirdan vaqtincha ajratilgani tufayli, ularning ichki qarshiliklari r20, r30, …, rn0 noldan farqli bо‘lsa, sxemada hisobga olinishi kerak. Agar generatorlar cheksiz katta quvvatli bо‘lsa, ularning ochiq qolgan qismlari vaqtincha qisqa tutashtiriladi. EYUK manbalarini navbatma-navbat ulash yо‘li bilan alohida shahobchalarning toklari , ,..., hisoblanadi. Sо‘ngra bu tashkil etuvchilarning yо‘nalishlarini hisobga olgan holda qо‘shib, haqiqiy tok aniqlanadi. Download 75.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling