Kirish I. Bob huquqbuzarlik tushunchasi va turlari


Yuridik javobgarlikning turlari


Download 48.37 Kb.
bet4/10
Sana17.10.2023
Hajmi48.37 Kb.
#1706626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
huquqbuzarlik belgilari va turlari

3. Yuridik javobgarlikning turlari.
Yuridik javobgarlik tabiati va mazmunini aniq belgilash uchun avvalo javobgarlikning o’zi nima degan savolga javob berih zarur.Javobgarlikning ikki xil ma’noda Pozitiv(ijobiy) va retrospektiv javobgarlik ma’nosida tushuninsh mumkin.Agar ijobiy javobgarlik kelajakdagi va mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lsa,retrospektiv javobgarlik o’z navbatida o’tmishga qaratilgan bo’ladi.
Yuruidik javobgarlik-huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko’zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralari bo’lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy,mulkiy,tashkiliy va hokaza) huquqlardan mahrum etilgan bo’ladi.
Yuridik javobgarli quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

  1. Yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog’liq;

  2. Yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog’liq

  3. Yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (ozodlikdan ota-onalik huquqidan mahrum etilishi yoki sodir etgan qilmishi uchun jarima va hokazo)

  4. Huquqbuzarga qo’llanilagidigan choralarning xarakteri va hajmi huquq normalari sanksiyalarida o’rnatilgan bo’ladi;

  5. Davlat tomonidan qo’llaniladigan majburlov choralari huquqni qo’llash davomida tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va protsessual shakllarga amal qilgan holda olib boriladi.

Shaxsni javobgarlikka tortish masalasini hal etishda uning qilmishida huquqbuzarlikning tarkibi mavjudligiga ahamiyat berish hal qiluvchi rol o’ynaydi ya’ni huquqqa qarshi qilmishning obyektiv va subyektiv tomonlarini hamda obyekt va subyektlarni birgalikda bog’lagan holda o’rganish masalaning mazmunini ochib berishga,uni konkretlashtirishga yordam beradi.
Huquq buzilishining turlariga muvofiq yuridik javobgarlik ham to’rt turga bo’linadi:



  1. jinoiy-huquqiy 2) fuqorolik-huquqqiy 3) ma’muriy-huquqiy 4) intizomiy huquqiy javobgarlik.


Download 48.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling