Kirish I. Bob huquqbuzarlik tushunchasi va turlari


Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari


Download 48.37 Kb.
bet2/10
Sana17.10.2023
Hajmi48.37 Kb.
#1706626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
huquqbuzarlik belgilari va turlari

1.Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari.
Huquqbuzarlik ijtimoiy ma’noda jamiyat, fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq va manfaatlariga xavf tug‘dirishga qodir xulq bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini qiyinlashtiradi va ularning buzilishiga sabab bo‘ladi. Huquqbuzarlik qasd yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishida bo‘ladigan, huquq qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida jamiyat, davlat va fuqarolar (shaxslar) manfaatlariga etkaziladigan moddiy va ma’naviy zarar yoki xavfli harakat va harakatsizlikdir.
Huquqbuzarlik –huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • Huquq buzilishi ijtimoiy xavfli xususiyatga ega, ya’ni muayyan zarar keltiradi yoki shaxs, mulk, davlat, jamiyat uchun xavf tug‘diradi. Huquqiy adabiyotlarda nojo‘ya hatti-harakat ijtimoiy xavf ekanligi haqda munozaralar mavjud. Fikrimizcha, har qanday qonun buzish ijtiomiy xavflidir. Aks holda, qonunchilikka muvofiq har bir huquq buzilishi uchun belgilangan jazo muddatini qanday tushunish mumkin?

Ba’zi vaqtlarda jazo qilmishga nisbatan og‘ir va qattiq belgilanadi. Shuningdek, sodir qilingan jinoyat uchun jarima sifatidagi javobgarlik, jamoa tanbehi belgilansa, ma’muriy nojo‘ya hatti-harakat uchun ikki oylik majburiy mehnatga yoki 15 kunga qadar ma’muriy qamoqqa tortilishi mumkin. Alohida olingan ijtimoiy xavfli harakat ochiq-oydin bo‘lmasligi (yo‘lovchining chorrahadan qizil chiroqda yoki taqiqlangan erdan o‘tishi)mumkin, basharti bu nojo‘ya harakat jamoat joyida bo‘lsa, u ochiq-oydin bo‘ladi va yaqqol ko‘zga tashlanadi.

  • Huquq buzilishi zid hatti-harakat xususiyatiga ega. Agar ijtimoiy xavf-huquq buzishining ichki belgisi bo‘lsa, zid hatti-harakat uning tashqi xususiyati hisoblanadi. Huquq buzilishi-huquqqa qarshi qaratilgan va ayni holda unga teskari hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik qonun buzilishining zid hatti–harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar hatti–harakat alohida olingan shaxs yoki jamiyat uchun xavfli hisoblansa, u vaqtda huquqiy normalar bilan man qilinadi. Huquq buzilishi ijtimoiy xavfli hatti–harakatning yuridik ifodasidir.

  • Huquq buzilishi faqat odamlar tomonidan sodir etiladi. Huquq tarixidan ma’lumki, hayvonlar ham ba’zi vaqtlarda qonun buzilishining subyekti bo‘lib hisoblanadi. O‘rta asrlarda ba’zi mamlakatlarda hayvonlar to‘ng‘izlar, sichqonlar, kalamushlar, itlar va h.k. jinoyat qilganlar, shunga ko‘ra barcha yuridik qoidalarga muvofiq, ularni sud qilishgan bu haqda tergov olib borilgan, ular sudga chaqiruv varaqisi orqali chaqirilgan,prokuror va himoyachi sudda nutq so‘zlagan, sud hukmi chiqarilgan va ijro qilingan.

Huquq buzilishi har qanday shaxs tomonidan emas o‘zi uchun hisob bera oladigan va muayyan xulq-atvorni boshqara oladigan shaxs tomonidan qilingan hatti-harakatdir. Shuning uchun o‘ziga hisobot bera olmaydigan (yoki layoqatsiz, aqli norasolar) shaxslar, shuningdek, yoshlarning harakati qonun buzishi hisoblanmaydi.

  • Huquq buzilishi-hatti-harakat hisoblanib, u fikr, tafakkur timsoli emas. Xulq-atvor huquqqa qarama-qarshi harakatlarda yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi. Tafakkur o‘z-o‘zidan ijtimoiy xavfning aniq va xolis mezoni bo‘la olmaganidek, kishi hatti-harakatining qonuniyligi yoki noqonuniyligini ham belgilamaydi.

Gegelning “Falsafa huquqi”1asarida kishi o‘z harakati uchun javob berishi to‘g‘risida ta’kidlangan bo‘lsa, e’tiqod uchun, intilish uchun javob bermasligi atroflicha ifoda qilingan.

  • Huquq buzilishi-aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb bo‘lmasa,garchi uning holati cheddan qaraganda huquqiy tartibga qarama-qarshi ko‘rinsa ham uning harakati huquqnig buzilishi hisoblanishi mumkin emas. Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o‘ldirish.

Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi, u o‘z navbatida qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normalarini sharhlashda, uning mazmunini ochib berishda hamda dunyoqarash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga egadir. U o‘z ichiga to‘rtta unsurni qamrab oladi: obyekt, subyekt, obyektiv tomon va subyektiv tomon.
Huquqbuzarlikning obyekti deb huquq bilan tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Obyekt huquqiy normada aniq mustahkamlangan bo‘ladi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni bo‘lib shaxsning harakat yoki harakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiy xavfliligi hisoblanadi. Bu huquqqa qarshi qilmishning tashqi tomonini ifodalaydi. Aynan shu ifodalanish holatiga qarab, huquqbuzarlik to‘g‘risida, ya’ni u qanday sodir bo‘lganligi va qay darajada zarar keltirganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Obyektiv tomonning unsurlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • huquqqa qarshi qilmish;

  • huquqqa qarshi zararli oqibat;

  • huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik;

  • joyi, vaqti, usuli va muhit.

Huquqbuzarlikning subyekti bo‘lib, huquqbuzarlikni sodir qilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Subyektlarning xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, jinoiy va ma’muriy huquqning subyektlari bo‘lib faqat shaxslar hisoblanadi.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni-shaxsning huquqqa qarshi qaratilgan harakati yoki harakatsizligiga va ulardan kelib chiqadigan xavfli qilmishga nisbatan psixik-ongli ko‘rinishdagi munosabatdir. Huquqbuzarlik subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb huquqbuzarning huquqqa xilof hatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavfli oqibatiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi munosabatdir.
Qasd-shaxsning huquqqa xilof hatti-harakatni sodir etayotgan paytida, bu harakatning huquqqa xilof ekanligini, ijtimoiy xavfliligini, uning oqibatini anglash yoki tushunishdir(to‘g‘ri qasd) yoki bu hatti-harakatning ma’lum oqibatni keltirib chiqarishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishdir.(egri qasd).

Download 48.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling