Kirish I. Bob huquqbuzarlik tushunchasi va turlari


Huquqbuzarlikning subyekti-


Download 48.37 Kb.
bet8/10
Sana17.10.2023
Hajmi48.37 Kb.
#1706626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
huquqbuzarlik belgilari va turlari

Huquqbuzarlikning subyekti- nohuquqiy hatti-harakat sodir etgan, ya’ni huquqni buzgan shaxs. Har qanday shaxs ham huquqbuzarlikning subyekti deb tan olinmaydi, faqat g‘ayriqonuniy hatti-harakat-sodir etilgani uchun javob berish layoqatiga ega bo‘lganlargina tan olinadi. G‘ayriqonuniy hatti-harakat asosida muomala layoqati(o‘z harakati bilan qonunda belgilangan huquq va burchlarni amalga oshirish layoqati)yotadi. SHuning uchun ham muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxs doimo huquqiy layoqatsizdir. Ula huquqbuzarlikning subyekti bo‘la olmaydilar. SHunday ekan, yosh bolalar va sud tomonidan muomala layoqatiga ega emas deb tan olingan fuqarolar yuridik javobgarlikka tortilmaydilar.To‘liq fuqarolik muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyin vujudga keladi. Jinoyat huquqidagi ma’lum darajadagi og‘ir jinoyatlar sodir etilganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar jinoyatning subyekti deb topilishi ham mumkin. Huquqbuzarlik bolalar (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslar) yoki muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonida sodir etilgan bo‘lsa, ularning ota-onalari yoki homiylari etkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlikka jalb qilinadilar. Jinoyat sodir etish vaqtida sud tomonida layoqatsiz deb tan olingan shaxs jinoiy javobgarlikka emas, majburiy davolanishga jalb etiladi.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomonini ayb tashkil etadi. SHaxsning sodir etgan nohuquqiy harakatiga nisbatan ruhiy munosabati bo‘lgan ayb turli shakllarga ega bo‘ladi. u qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo‘lishi mumkin, qasd o‘z navbatida to‘g‘ri va egri bo‘ladi.
Qasd-shaxs o‘z hatti-harakatining huquqqa xilofligini va uning natijasida ijtimoiy xavfli, noxush oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini bilibgina qolmay, balki shu oqibatlarning kelib chiqishini xohlab(to‘g‘ri qasd) yoki ongli ravishda yo‘l qo‘yishida (egri qasd) namoyon bo‘ladi.
Jinoyat huquqi va ma’muriy huquqda aybning shakli bo‘lgan ehtiyotsizlik jinoiy beparvolik va jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishga bo‘linadi. Jinoiy beparvolikda shaxs o‘z hatti-harakatlarini huquqqa xilof deb o‘ziga hisobot bera olmaydi, uning oqibatlarini ko‘ra olmaydi, ammo ularni ko‘ra bilishi mumkin va lozim edi. Masalan,ishchi qurilayotgan binodan qurilish materiallari chiqindilarini pastga tashlayotib, o‘tib ketayotgan yo‘lovchiga jarohat etkazadi.O‘zbilarmonlik qilgan shaxs o‘zining harakati huquqqa hilofligini biladi, uning zararini va xavfli oqibatini anglagan holda, engiltaklik bilan uning oldini olishni mo‘ljallaydi. Masalan, haydovchi yaxmalak yo‘lda tezlikni oshirish mumkin emasligini bilsa-da,kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatni his etadi, lekin o‘zining kasb mahoratiga ishonib,avtohalokatni chetlab o‘taman deydi. Fuqarolik huquqida qo‘pol ehtiyotsizlik va engil ehtiyotsizlik turlari ajratiladi.
Aybdan tashqari sabab huquqbuzarlik subyektiv tomonining muhim elementidir. Sabab-huquqbuzarlikka nisbatan ichki hissiyt va maqsad-huquqqa xilof hatti-harakat sodir etgan huquqbuzarlikning intilgan yakuniy oqibatidir. Ayb bila chigal hodisa tushunchasi chambarchas bog‘liq.CHigal hodisa-shaxsning xohish va irodasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi faktdir. Chigal hodisa-shaxsning xohish va irodasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi faktdir. Chigal hodisa tabiiy hodisalar (suv toshqini, yong‘in), boshqa shaxslar harakatining natijasi bo‘lishi mumkin. Lekin u doim aybsiz zarar etkazishda namoyon bo‘ladi, ammo o‘zining ayrimtashqi belgilari bo‘yicha huquqbuzarlik tushunchasiga muvofiq keladi. U ayb (qasddan va ehtiyotsizlikdan)dan xoli bo‘lgan holda,shaxsga nisbatan javobgarlik belgilamaydi.



XULOSA
Jamiyatning huquqiy madaniyati mustaqillik davrida jiddiy o‘zgarishlarga uchraganligi, uning darajasi ko‘tarilganligi, uning mazmuni demokratik kadriyatlar va goyalar bilan boyiganligi to‘grisida xulosa kilish mumkin. Agar qisqacha aytadigan bo‘lsak, huquqqa munosabat o‘zgardi. Biroq yana ko‘p ishlarni qilish kerak bo‘ladi. Menimcha,huquqbuzarlikning oldini olish va unga nisbatan yuridik javobgarlikni belgilashda muvaffaqiyatga erishish uchun uning barcha tarkibiy kismlarini kompleks islox kilish va takomillashtirish kerak bo‘ladi. Huquqbuzarlikka nisbatan yuridik javobgarlik belgilashda e’tibor markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari xamda madaniyatdagi oliy qadriyat bo‘lgan shaxsning, «barcha narsalarning mezoni bo‘lgan inson»ning maqomini mustaxkamlashga qaratilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi.
Huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limni huquqiy rivojlanishi, huquqiy ongning ko‘tarilishiga huquqbuzarlikning oldini olishning muxim omillari sifatida qarash lozim.
Vazifalar va maksadlarni belgilab olmasdan turib jamiyatning huquqiy ongini ko‘tarib bo‘lmaydi. Huquqiy davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas ekan, demokratik fuqorolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Qabul qilingan «Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirishning milliy dasturi»da huquqbuzarlikka karshi kurash, yuridik javobgarlik va uning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Shu dasturga asoslangan xolda quyidagilarni bajarish kechiktirib bo‘lmas vazifalar deb xisoblayman:

  • barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish;

  • huquqbuzarlikka qarshi kurashda fuqorolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

  • qonunchilik tizimini takomillashtirish bilan bir katorda qonunlarning hayotga aniq va izchil tatbik etilishiga, ularga kat’iy va og’ishmay rioya qilinishiga erishish zarur;

  • fuqorolarni qonunga itoatkorlik ruxida tarbiyalash, xar kimda qonunga xurmat tuygusini shakllantirish, ularning ongiga “Qonunga sadoqat o‘z Vataniga va xalqiga sadoqatdan ustun turadi” degan g’oyani singdirish ;

  • axolining huquqiy ma’rifatli qilishga professional yuristlarning kuchlarini jalb kilish lozim deb o‘ylayman.

Men ushbu kurs ishimda yuqoridagi takliflarni hayotga tatbiq etish choralarini yana bir bora izlab ko‘rdim va ularga javob topishga xarakat qildim.



Download 48.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling