Kirish I bob Ishlab chiqarish xarajatlari 1
Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi
Download 0.59 Mb.
|
Ishlab chiqarish xarajatlari harajatlarini tatbiq etishdagi yondashuvlar.Korxona ishlab chiqarish harajatlari mazmuni tarkibi va turlari.
Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi
Inson nimalar yordamida mehnat ashyosi (predmeti)ga o`z ta`sirini o`tkazsa, shu narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Unga birinchi navbatda mehnat qurollari kiradi. Ular quyidagilardan iborat: har xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar va hokazo. Mehnat qurollarining takomillashib borishi, tabiatga insonning hokimlik darajasining o`sishi ishlab chiqarish taraqqiyotining ko`rsatkichi hisoblanadi. Keng ma`noda mehnat jarayonida to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etmasa-da, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish inshootlari, turli axborot vositalari, aloqa kanallari ham mehnat vositalari hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo`shilishi, iste`mol qilinishi zarur. Ishchi kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va uning birdan-bir yaratuvchi elementidir. Ishlab chiqarish vositalari esa ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning har ikkala omili ilmiy-texnika taraqqiyoti ta`siri natijasida takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati bir-biri bilan uzviy bog`liq va bir-birini taqozo etadi. Ishchi kuchi ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, buning natijasida mehnat jarayoni ro`y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish usullarini aniqlaydi, xuddi shu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlari tizimida shaxsiy va moddiy omillarning o`zaro bog`liqlikda umumiy yo`nalishini tashkil etadi. Yаngi texnika va texnologiya hech qachon o`z-o`zidan dunyoga kelmaydi, ularni odamlar ijod qiladi. Biroq, ilg`or mehnat vositalari va texnologiyalar ishlab chiqarishda keng tarqalgandan so`ng, ishchi kuchining umumiy holatini yangi talablar darajasiga ko`tarish kerak bo`ladi. Shuni ham ta`kidlash kerakki, ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining oddiy yig`indisi emas, chunki ular o`zaro ta`sir qiluvchi murakkab tizimni hosil qiladi. Har qanday bir butun tizim esa uning elementlarining oddiy yig`indisidan sifat jihatidan farq qiladi. Ishlab chiqarishni samarali bo`lishiga texnologiya va boshqarish ta`sir etadi. T exnologiya ishlab chiqarish omillari o`rtasidagi o`zaro ta`sirni ifoda etgan holda fan yutuqlariga asoslanib, mehnat ashyolariga o`z ta`sirini o`tkazadi. Insonlar ashyolarning ilgari ma`lum bo`lmagan xususiyatlarini o`rganib, progressivroq bo`lgan texnologiyani joriy qilish natijasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish sirlarini bilib oladilar, bu esa ishchi kuchiga, ishchining malakasini oshirishga yangidan - yangi talablar qo`yadi. Ushbu jarayon esa ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Hozirgi ishlab chiqarish jarayonida energiya va axborotning ahamiyati oshib boradi. Shubhasizki, qudratli energiya manbalarini o`zlashtirmasdan turib, ishchi kuchi, mehnat buyumlari va vositalarining o`zaro ta`sirini samarali bo`lishiga erishish mumkin emas. Korxonalarda fan-texnika yutuqlarini joriy etish uchun ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishning texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi mavjud bo`lib, ularni joriy etish natijasi o`laroq eng ilg`or texnologik jarayonlar yuqori rentabellik, sifatli mahsulotlar tayyorlash imkonini yaratib beradi. Ishlab chiqarish korxonalarida texnologik va tashkiliy tadbirlar fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilib, mahsulot ishlab chiqarishda texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga ijobiy ta`sir qiladi, mehnat, xomashyo va materiallarni kam sarf qilgan holda, yuqori sifatli mahsulotlar etkazib berishga imkon beradi. Ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorgarlik tashkil etish quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratiladi: -eng ilg`or, progressiv texnologik jarayonlarni joriy qilish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; -yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik tizimlarini yaratish, eskilarini esa yangilash; - yuqori unumli texnologik asbob-uskunalarni tanlash va joylashtirish; -asosiy va yordamchi materiallar sarfining me`yorlarini ishlab chiqish va ularni qo`llash; -texnologik jarayonlarning tarkibini loyihalash; -mehnat va ishlab chiqarishni ilmiy darajada tashkil etishning ilg`or shakllarini joriy etish; -yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning asosiy maqsadi ilmiy ishlab chiqarish tsiklini yaratish, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini ko`tarish asosida mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning bir tekisda, uzluksiz va bir me`yorda ishlashini ta`minlashdir. Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash rejasi muhim bosqich bo`lib, u fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari, takomillashgan texnologiya, yangi turdagi mahsulotlarni o`zlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va uning hajmini ko`paytirishga qaratilgandir. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash rejasini loyihalash jarayonida uning quyidagi talablarga javob berishi nazarda tutiladi: -yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish; -texnologik jarayonning uzluksiz ishlashini ta`minlash; -tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfini kamaytirish; -mahsulot birligiga xomashyolar sarfini kamaytirish; -xomashyodan tayyor mahsulot olishni ko`paytirish va nobudgarchilikni kamaytirish; -ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanib, sanitariya talabi va normalariga qat`iy rioya qilish; -mahsulot tannarxini pasaytirish. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash korxona faoliyatini tashkil etish, uning istiqbolini belgilash va rivojlantirish rejalari asosida amalga oshiriladi. Bu rejalarni amalga oshirishga tegishli mablag`lar ajratiladi. Bunga qo`shimcha qilib korxonalarda amortizatsiya ajratmalari, ishlab chiqarish, texnika va fanni rivojlantirish fondidan, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar yig`indisidan mablag`lar ajratiladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan tushunchalardan biri, bu – menejmentdir. Keng ma`noda menejment ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog`liq bo`lgan faoliyat turidir. Samarali menejmentni tashkil etish korxona yoki firmada ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishning muhim omili hisoblanadi. Ma`lumki, inson yakka tartibda, ya`ni biron-bir jamoaga birlashmagan holda mehnat qilar ekan, u o`z mehnatini o`zi boshqaradi. Boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, yakka tartibda amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati boshqaruvga muhtoj emas. Ammo odamlarning mehnat faoliyatlari bir joyga jamlanib, bir-biri bilan o`zaro bog`liq holatga kelgach, boshqaruvga ehtiyoj paydo bo`ladi va boshqaruv apparatini bunyod etish zaruriyati tug`iladi. Bu apparat ishlab chiqarishning barcha bo`g`inlarini bir butun qilib bog`lashi va tegishli bo`limlar faoliyatini muvofiqlashtirishi zarur bo`ladi. Mehnat jamoasi yiriklashgan sari boshqaruvning vazifalari ham murakkablasha boradi va boshqaruv apparatidan texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishning eng maqbul echimlarini topish talab etiladi. Boshqaruv jarayoni muayyan maqsad sari yo`naltirilgan bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik natijalarga erishishga qaratilgandir. Shuning uchun boshqaruv apparati ishlab chiqarish jarayonida paydo bo`luvchi turli xil ijtimoiy, ruhiy, huquqiy, texnologik va boshqa toifadagi masalalarni hal etadi. Ammo jamoani boshqarish bilan bog`liq munosabatlar ichida tashkiliy munosabatlar hal qiluvchi rolь o`ynaydi, deyish mumkin. Xo`jalik boshqaruvining vazifalarini, boshqarilayotgan ob`ektning ko`lamidan qat`iy nazar, quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: -tadqiqotchilik va loyihalash; -me`yorlashtirish va rejalash; -tashkilotchilik va muvofiqlashtirish; -ta`minotchilik; -hisobot nazorati. Tadqiqotchilik va loyihalash vazifalariga ilmiy izlanishlarni o`tkazish, kelajak rejalarini tuzish va unga oid iqtisodiy ma`lumotlarni o`rganib chiqish ishlari kiradi. Me`yorlashtirish va rejalash boshqaruvni tashkil qilish asoslarini o`z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonini to`g`ri yo`lga solishda mehnat va xarajatlarni me`yorlashtirish, istiqbolli, joriy, tezkor rejalarni tuzish muhim ahamiyatga ega bo`lib, boshqaruv ilmining asosiy vazifalaridan biridir. Tashkilotchilik va muvofiqlashtirish vazifalari ishlab chiqarish boshqaruvi negizini tashkil qilib, u boshqaruv apparati tarkibini loyihalash, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, ishlab chiqarishga muhandislik rahbarligi kabi masalalarni qamrab oladi. Ishlab chiqarish boshqaruvida ta`minotchilik vazifasi ham katta ahamiyatga ega, chunki korxona (firma) ni kerakli xomashyo, materiallar va jihozlar bilan ta`minlash, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishni amalga oshirish kabi ishlar boshqaruv apparatining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Korxonaning hisobot nazorati statistik, buxgalteriya va tezkor hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi. Analitik tahlil, moliya-kredit munosabatlarining mukammalligi boshqaruv samaradorligiga ta`sir ko`rsatuvchi muhim omillardir. B oshqaruv tizimining samaradorligi ko`p jihatdan boshqaruv uslublariga bog`liq bo`lib, ular asosan quyidagilardan iborat: a) siyosiy uslublar; b) iqtisodiy uslublar; v) ma`muriy-huquq uslublari; g)tashkiliy uslublar; d)boshqaruv qarorlari va jarayonlarini maqbullashtirish (kibernetik) uslubi; e) ijtimoiy-ruhiy, pedagogik uslublar; j) grafik uslublar. Biroq shuni ta`kidlab o`tish lozimki, ishlab chiqarishni ko`rsatib o`tilgan uslublarning faqat birontasi yordamida tashkil qilish va boshqarish mumkin emas. Bu uslublarning mantiqiy va ilmiy asoslangan o`zaro bog`liqligigina ishlab chiqarishni boshqarishda kutilgan natijalarni bera oladi. Boshqaruv apparatining tarkibini bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`limlar va bo`g`inlar bilan to`ldirish natijasida uning tashkiliy tuzilmasi shakllanadi. Har bir bo`linma o`z vazifalariga ega bo`lib, uning faoliyat chegaralari, vakolatlari va javobgarligini korxona ma`muriyati belgilaydi. Boshqaruvning ilmiy asoslangan va tajribada sinab ko`rilgan qoidalariga tayanib, korxonalarni samarali rivojlantirish bozor munosabatlarini o`zlashtirayotgan mamlakatimiz uchun juda muhim vazifadir. Xulosa Menejer o`z qo`l ostidagi xodimlarning mehnat faoliyatini aniq tashkil qiluvchi va shu bilan birga ma`lum hajmdagi boshqaruv vazifasini bajaruvchi shaxsdir. “Menejment” deganda, ma`lum korxona yoki firma boshqaruvi yoki ularga rahbarlik qilish tushuniladi. Menejerlikning asosiy maqsadi korxona (firma) faoliyatini ishlab chiqarish quvvatlaridan to`la va samarali foydalana olishni ta`minlaydigan darajada tashkil qilishdan iboratdir. Menejer har doim odamlar bilan muloqatda bo`lib, ularning ishini tashkil qiladi. Uning bilim doirasi qanchalik keng va madaniyati yuqori bo`lsa, xodimlar bilan bo`ladigan munosabati shunchalik samarali bo`ladi. Ko`pgina hollarda boshqaruv bilimlarining etishmasligi korxonani kam samara bilan ishlashi yoki o`z faoliyatini to`xtatishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun har bir menejer (boshqaruvchi)dan menejmentga oid bilimlarni mukammal o`zlashtirish, bu bilimlarni muntazam boyita borish va doimo yangilikka intilish tuyg`usiga ega bo`lishi talab qilinadi. Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, endilikda menejmentga oid bilimlar doirasi tobora kengayib, o`z navbatida undan bir qator maxsus yo`nalishlar ajralib chiqmoqda. Binobarin, menejerlar ham muayyan sohalar bo`yicha ixtisoslashmoqda. Umumiy menejment bo`yicha mutaxassislar, ya`ni menejerlar korxona yoki firmada olinayotgan foydaning eng ko`p miqdoriga erishishning umumstrategik masalalari bilan shug`ullanadi. Moliyaviy menejment mutaxassislari korxona yoki firmaning moliyaviy resurslaridan yuqori samaradorlik bilan foydalanish, ya`ni ishlab chiqarishga sarflanayotgan har bir so`m yoki dollardan maksimum (eng ko`p) foyda olishga erishish masalalari bilan shug`ullanadilar. Ishlab chiqarish menejmenti mutaxassisi tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish operatsiyalarining samaradorligini oshirish masalalari bilan mashg`ul bo`ladilar. Menejment fanining muhim tarmoqlaridan biri – personal (xodimlar) ni boshqarish bo`lib, bu soha mutaxassislari ishchi va xizmatchilarni tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish, mehnatni oqilona tashkil qilish, mehnatga haq to`lash tizimini takomillashtirish bo`yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash kabi masalalar bilan shug`ullanadilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling