Kirish I bob istemolchining raqobat hulqi


Download 50.27 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi50.27 Kb.
#1445271
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot KI




MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………..
I BOB ISTEMOLCHINING RAQOBAT HULQI………………

    1. Istemolchining raqobat hulqi nazariyasi……………………….. .

    2. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish organlarining roli...

II BOB ISTEMOLCHINING TALABLARI…………………….
2.1 Iste'molchilar talabini tahlil qilish……………………………….
2.2 Iste'molchilar talabining tasnifi…………………………………
Umumiy xulosalar……………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………….


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida bozor munosabatlarini tobora chuqurlashib borishi xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining ham rivojlanishiga sabab bo`ladi. Chunki rejali taqsimot tizimi paytida barcha munosabatlar, shu jumladan tovar ishlab chiqarish ham, yuqoridan berilgan buyruqlar, topshiriqlar, qarorlar asosida amalga oshirilar edi. Ushbu mamuriy tizim tufayli respublikamizda xalq xo`jaligining faqat bir sohasi, yani xom ashyo yetkazib berish tuzilmasigina rivojlangan edi. Shu sababli hozirgi kunda ham ayrim xom ashyolar: texnika vositalari, asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari vaqtincha chetdan keltirilmoqda. Respublikamizda aksariyat mavjud korxonalarning qoloq texnika vositalari bilan taminlanganligi ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatsiz, bozor talabiga mos kelmay qolayotganligiga sabab bo`lmoqda.
Buning ustiga ilgarigi bir tomonlama qabul qilingan, puxta o`ylanmagan qarorlarga ko`ra amalga oshirish mo`ljallangan qayta qurishning amalda barbod bo`lganligi oqibatida sobiq respublikalarning barchasi iqtisodiy zarbalarga uchradi. Yoppasiga pulning qadrsizlanishi, tovarlarning qimmatlashuvi, bir vaqtlar yagona bo`lgan moliya, pul-kredit tizimining barbod bo`lishi, tarkib topgan xo`jalik aloqalarining buzilishi O`zbekistonning ham iqtisodiy holatiga tasir ko`rsatmay qolmadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng ichki iqtisodiy munosabatlarimizni juda noqulay sharoitda boshlashga to`g`ri keldi. Ichki iqtisodiy siyosatning mohiyati inson manfaatlariga qaratilib, mehnatni rag`batlantirish, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini davlat yo`li bilan himoya qiladigan bozor iqtisodiyotini qurishdan iborat bo`ldi. Tarixiy tajribadan malumki, ko`pgina mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajalarida tafovutlar bo`lishiga qaramay, ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichiga bozor iqtisodiyoti juda mos kelmoqda va samarali harakat qilmoqda. Bozor munosabati haqida Prezidentimiz juda aniq tarif berganidek, faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda halqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, kutubxonasi tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag`batlantirishni va yo`qotilgan xo`jayinlik tuyg`usini qayta tiklaydi. Ishlab chiqaruvchining hukmini sindirish, ishlab chiqarishni istemolchinining manfaatlariga bo`ysundirish, mahsulotga bo`lgan talabni aniq hisobga olish, konyuktura o`zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi.
Tejamli xo`jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi, harajatlarni kamaytiradi, talon tarojga qarshi kurashadi. Faqat bozorgina yangiliklarga sezgirlik qilib, fan va texnikaning eng so`nggi yutuqlarini dadil va g`ayrat bilan joriy etadi, o`z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi.
Bozor munosabatlari Respublikamizda borgan sari chuqurlashib bormoqda. Moddiy ishlab chiqarish va ayriboshlash tobora rivojlanmoqda. Lekin uning o`ziga xos xususiyatlariga ham etibor berish lozim.
Kurs ishining maqsadi: talabalarga istemolchining talablari va raqobat hulqi bilan tanishish, tushuncha va ma’lumotlar bilan ishlash.
Kurs ishining vazifasi: a) Istemolchining raqobat hulqi nazariyasini o`rganish

  1. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish organlarining rolini o`rganish.

  2. Iste'molchilar talabini tahlil qilish

  3. Iste'molchilar talabining tasnifi



Download 50.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling