Kirish I bob: jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi
Parlamentning vujudga kelishi va rlvojlanish bosqichlari
Download 53.61 Kb.
|
Toshboyev Azamat
2.3. Parlamentning vujudga kelishi va rlvojlanish bosqichlari
Birinchi parlament qayerda paydo bulgan? Birinchi parlament Angliyada paydo bo'lgan deb hisoblash doimiy ravishda e’tirof etilgan. Uning tug'ilishi shakllanayotgan burjuaziya va dvoryanlaming o'rtasidagi murosa bo'lib, aholining bu ikki guruhi o'rtasidagi qarama qarshiliklami bartaraf etish vositasi bo'lib xizmat kilgan. Dastlab, parlament qirolga maslahatlar bergan, ammo keyinchalik u o'ziga tegishli bo'lgan o'rinni Nisbatan yoshi katta bo'lgan parlamentlar qatoriga Ispaniyaning kortesini ham qo'shishimiz mumkin. Islandiya poytaxti Reykyavik yaqinida joylashgan, bir nechta qo'pol va katta toshlarga ishora qilib, bu yerda ochiq osmon ostidagi dastlabki parlament bo'lgan deb aytishadi. U hozir ham oldingi nomi bilan Alting deb ataladi. Islandiyaliklar bu yerda qadimgi vikinglar o 'z ishlarini muhokama qilishgan va hal qilishgan dehisoblaydilar. Undan tashqari, qadimiy parlamentlarga: Shvetsiyadagi Riksdag, Daniyadagi folketing, Norvegiyadagi Storting, Isroildagi Knesset va boshqalami kiritishimiz mumkin.Parlament rivojlanishining bosqichlariga to'xtaladigan bo'lsak, dast labki bosqich sifatida birinchi ming yillik chegarasidayoq, xalq yig'inlari shakllangan va ishlab turgan davlatlami misol qilishimiz mumkin: masalan, grek shaharlari va Rimda, keyinchalik Angliya va Ispaniyada yig'inlar, qadimiy Novgorodda veche. Fuqarolar yoki «tanlanganlar» oqsoqollar, vakillar, knazlar, aslzodalar)ning bu majlislarida, u yoki bu hududdagi dolzarb muammolar muhokama qilingan. Hududlaming cheklanganligi esa, bunday majlislami deyarli muntazam o'tkazishga yetarli imkon bergan. Asta sekin muhokama qilinayotgan muammolar yanada aniqlashtirilib shaxsiy, bahsli va sudga oid ishlar bilan bir qatorda, umumahamiyatli ishlar mavzui, ya’ni urush va tinchlik muammolari, qo'shnilar bilan o'zaro munosabat masalalari muhokama qilingan. Bunday muhokamalami parlamentning tarixiy timsoli yoki uning shakllanishidagi boshlang'ich bosqich sifatida qarab chiqish mumkin.Parlament rivojlanishining ikkinchi bosqichi, uning davlat forumi sifatida maydonga kelish davriga taalluqlidir. Х11 ХШ asrlardagi Angliya parlamenti birinchi bo'lib bunday rolni qo'lga kiritib, hatto mumtoz namuna sifatida tan olingan. Keyinchalik, X V I X V II asrlarda parlament podsho huzuridagi Kengash vazifasini bajaravchi tabaqaviy vakolatli Parlament taraqqiyotining uchinchi bosqichi X V II asr oxiridan boshlab, X IX asr oxirlari bilan bog'liq. Bu davrda parlamentarizm g'oyalari to'liq shakllanib bo'ldi. Yevropa faylasuflari Dj.Lokk, J.J.Russo, SH.Monteskye, Volterning ishlarida, shuningdek, 1787 yil Amerika Konstitutsiyasi «otalari»ning siyosiy traktatlarida xalq suvereniteti, 3 hukmdor va oddiy odamlar orasidagi ijtimoiy shartnoma g'oyasi ishlab chiqilgan edi. Hokimiyatning bo'linishi haqidagi ma’lum doktrinada qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida parlamentga muhim ahamiyat berildi. Binobarin, birinchi marta xalq vakillarining qonunchilik faoliyati bilan, qonunning saylovchilaming istak bildirishlari bilan bog'liqligi haqida xulosaga kelishgan edi.Parlamentning rivojlanishidagi to'rtinchi bosqich X IX asmi o 'z ichiga oladi. Bu davrda parlament batamom davlat organi sifatida shakllanib bo'ldi. Saylov qonunlari parlament a’zolarini muntazam saylash asosini yaratadi. Parlament amalda yagona qonunchilik manbaiga aylanib, qonunni qabul qilish huquqi faqat unga berildi. O'sha vaqtda, parlament Institutlari qonun yaratish jarayoni, deputatlar maqomi, ijro organlari,partiyalar, matbuot bilan munosabatlar shakllana boshlanadi.Parlament rivojlanishining beshinchi bosqichi asrga to'g'ri keldi va parlament ahamiyatining o'sishi bilan xarakterlanadi. Agar asming birinchi yarmida parlamentlar davlat tizimida o'zini isbotlashi kerak bo'lgan bo'lsa, urushdan keyingi yillarda, parlamentning ustuvorlik g'oyasi ommaviy tarzda tan olindi. Jahon hamjamiyati ushbu g'oyaning kafolatiga aylandi. Parlamentlar jamoatchilik fikrini faol aks ettirish va unga ta'sir qilish orqali ijtimoiy hayotda to'liq ma'noda markaziy o'rinni egallaydi. Ulaming yetukligi demokratik fuqarolik jamiyatining ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Parlament institutlari katta tajriba orttirdilar va ulaming davlat hokimiyatidagi boshqa tarmoqlar bilan nisbati davlatchilikning harakatlanuvchi omili darajasiga ko'tarildi.Parlamentarizm demokratik jamiyatning umummilliy vakiilik or gani. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga ko'ra, oliy qonunchilik vakolatiga ega va davlat organlari tizimida yuqori o'ringa egadir. Parla mentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Parlamentarizm tarixi esa Angliyada 1215 yilda qabul qilingan Buyuk ozodlik Xartiyasi” dan boshlanadi. Parlamentarizmning bugungi kundagi o'mini va ahamiyatini quyidagi xususiyatlarda ifodalashimiz Birinchidan, parlamentlar qonun qabul qilish vazifasini bajaradi. Bubilan inson, jamiyat va davlatning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’min lashda, birlamchi qatlamni yaratishga imkon vujudga keladi. Aksariyat mamlakatlarda, qonun huquqning asosiy manbai hisoblanib, fuqarolar, davlat organlari, xo'jalik tashkilotlari va demokratik institutlaming qonunga rioya qilishi o'ziga xos qat’iy ijtimoiy talabga aylanib bormoqda Ikkinchidan, davlatning barcha institutlari orasida parlament xalq vakilligioing yagona organi sifatida namoyon bo'ldi. Bu parlamentni fuqarolar nazarida barcha uchun demokratik institut tarzida, partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarga esa maqsad tarzida ko'rsatadi.Uchinchidan, hokimiyatni uchga bo'linishida parlament asosiy institut sifatida namoyon bo'lib, har bir davlat organiga o 'z ta'sirini o'tkazishi mumkin. Ijtimoiy manfaatlaming jamlanishi va ulami ochiq bildirish imkoniyati parlamentni davlat hokimiyati va boshqa idoralari, «markaz» va «joylar» o'rtasidagi tafovutni yo'qotish yo'lida hamkorlik maydoniga aylantiradi. Aksariyat davladar parlamentlarining doimiyvazifasi vakolati doirasida manfaatlar muvozanatini ta'minlashdirIjtimoiy hayotning murakkablashuvi natijasida parlamentlar oldida sifatida uning ahamiyati sezilarli darajada ortdi. Ijtimoiy ehtiyojlami aniqlash, plyuralistik davlatda, manfaatlarning ko'pqirraligini aks ettirish, davlat qarorlarini bajarish, umumiy jarayonga sezilarli ta'sir ko'rsatish, aytilgan an’ananing o'sayotgan ta’sirini ko'rsatadi. Parlamentlar faoliyati va uni tashkil etish darajasini atroflicha oshirish zaruriyati tobora ortmoqda. Shuning uchun, parlamentni axborot bilan ta’minlash, deputat larning kasbiy darajasini oshirish, qonun yaratish jarayonini, parlament nazoratining shakllarini, ijtimoiy fikmi jamlash vositalarini takomillash tirish kabi vazifalar parlamentarizm tajribasi nisbatan ko'p bo'lmagan hukumatlaming kun tartibida turibdi.Zamonaviy parlamentlar bir birlaridan quyidagilar bilan farqlanadi: tarkibi, vakolatlari, hajmi, shuningdek, palata va parlamentlar nomi bilan farqlanadi. Masalan, Rossiya va Shveysariyada parlament Federal majlis, Bolgariyada Xalq majlisi, Vengriyada Davlat majlisi, Slovakiyada Milliy kengash, Vyetnamda M illiy majlis, Ukrainada Oliy rada, Niderlandiyada Bosh shtatlar, Ispaniyada Bosh korteslar, Belorus siyada M illiy majlis, Meksikada Bosh kongress va hokazo deb nomla nadi. Parlament nomlaridan ko'rinib turibdiki, aksariyat ular hollarda, oliy va qonun chiqaruvchi ikki organning bir butunligini, mohiyatini ochibberadi, xalq tomonidan ushbu organni saylanishini ta'kidlaydi, ayrim hollarda, davlatning ma'muriy hududiy tuzilishim ko'rsatadi.Bir qator davlatlar konstitutsiyasi (Italiya, Yaponiya, Polsha na boshqalar) parlament nomining konstitutsiyaviy ta’rifini keltirmay, turli tuman palataga muayyan bir nom berib qo'yadi. Aksariyat hollarda, palatalar quyidagicha nomlanadi. «Vakiilar padatasi Senat», «M illiy kengash Kontonlar kengashi», «Vakiilar palatasi Maslahatchilar palatasi», «M illiy majlis Senat», «Deputatlar palatasi Senatorlar palatasi», «Seym Senat» va hokazo.Dunyo parlamentlari palatalarining shakllanish tartibi shundan darak beradiki, parlamentning qonun chiqaruvchi quyi palatasi, asosan, mamlakatning saylanish huquqiga ega bo'lgan barcha aholisi ishtirokida o'tkazilgan bevosita va teng huquqli saylov bilan shakllanadi. Yuqori palataning shakllanish tartibi turli tumanligi bilan farqlanadi.Yevropa mamlakatlari parlamentlarining shakllanish tartibida, yagona asosiy xususiy at vakolatlarning hududiy bo'linishidir. U bevosita saylovlar (Shveysariya, Italiya, Polsha), bilvosita saylovlar (Fransiya,Niderlandiya, Sloveniya) aralash saylovlar (Ispaniya), yoki palata a'zolarini tayinlash (Germaniya, Rossiya) asosida aksari palatalarning tarkibini belgilaydi. Irlandiya tajribasi, bo'yicha 60 senatordan U tasini Prezident tayinlaydi, 49 senator saylanadi (universitetlar tomonidan 6, turli xil kasbiy guruhlar tomonidan 43 senator).Parlament faoliyatining konstitutsiyaviy boshqarishning asosiy masalalaridan biri palata a'zolarining sonidir. Chet el tajribalari shuni ko'rsatadiki, yuqori palatada deputatlar soni quyi palataga nisbatan kamroq bo'ladi. Buning sababi shundaki, Parlamentning qonunchilik va nazorat faoliyatini asosan quyi palata bajaradi. Masalan, Belgiyada quyi palatada, 150 deputat, yuqori palatada esa 71 deputat faoliyat ko'rsatadi.Ba'zi mamlakatlarda palatalar muddati mos tushsa (Norvegiya, Niderlandlar, Ispaniya, Italiya, Polsha), boshqalarida mos tushmaydi. (Irlandiya, Yaponiya). Masalan, Yaponiyada quyi palataning vakolati 4 yil bo'lsa, yuqori palata faoliyati 6 yilga mo'ljallangan, shu bilan birga, har uch yilda parlament a'zolarining yarmi qaytadan saylanadi..ParIament nazorat funksiyalariXorijiyoshrishlarida bir qancha nazorat funksiyalarini amalga oshiradilar. Jumladan, Parlamentlar ma’lum darajada sud tizimini shakllantirishda ham Prezident senat bilan bamaslahat va uning rozilgi bilan Oliy sud sudyalarini tayinlaydi. Fransiya Parlamenti Prezidentning davlatga xiyonati bilan bog'liq ishlami ko'rib chiquvchi Odil sudlovning Yuqori Sudini va mansabdorlik jinoyatlari bo'yicha hukm chiqaruvchi Respublika Odil sudlov Sudini saylaydi. Germaniya Federal Konstitutsiyasiga muvofiq, Parlament Konstitutsiyaviy sud sudyalarini va Sudyalami saylash bo'yicha qo'mita a'zolarini saylaydi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat olib borish vakolati ham aynan parlamentga beriladi. Bu boradagi Yaponiya Parlamenti faoliyati ancha yaxshi yo'lga qo'yilgan. Yaponiya parlamenti o 'z vakolati nuqtai nazaridan hukumatga yuqori darajada ta’sir etishimkoniyatiga ega hisoblanadi, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, parlament hukumat faoliyati ustidan nazorat olib boradi.Parlament nazoratining odatiy shakli bu har sessiyaning boshida Bosh4 Vazimig hukumat siyosati borasidagi hisobotiga asosan hukumat siyosatini umumiy tarzda muhokama qilish hisoblanadi. Biroq Yaponiya parlamentarizmi tajribasida ancha keng qo'llaniladigan nazorat shakliinterpellyatsiya hisoblanadi. Nazoratning bu ko'rinishini Vakillarpalatasining a'zolari qo'llash huquqiga ega. Interpellyatsiya yozma tarzda palata raisiga taqdim etiladi, rais so'rovni rad etish huquqiga ega, u bu huquqdan foydalangan taqdirda, so'rov mualJifi palata plenumiga murojaat qilishi mumkin. Mahkama yetti kunlik muddat ichida deputat so'roviga yozma yoki og'zaki tarzda javob berishi lozim.Parlamentning muhim nazorat shakllaridan biri bu parlament tergovi hisoblanadi. Yaponiya Konstitutsiyasining 62 moddasiga muvofiq, har bir palata davlat boshqaruviga doir tergovlarni yuritishi, tergov davomida guvohlami jalb qilish mumkin. Bundan tashqari, u yoki bu yuridik jarayon qonun talablariga asosan amalga oshirilganini tekshirish maqsadida tegishli bayonnomalami talab qilish har bir palata vakolat doirasiga kiritilgan.Yaponiyada parlament tergovi ancha keng qo' llaniladigan jarayon ekanligini qayd etib o'tish lozim, ko'p hollarda, parlament tergovi natijasi o'laroq hukumatning yirik mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.Mahkamaga ishonchsizlik bildirish rezolyutsiyasiga ham parlament nazoratining natijasi siftida qarash mumkin. Ishonchsizlik rezolyutsiyasi, odatda, parlamentariylar tashabbusiga ko'ra, kiritiladi yoki ishonchsizlik Bosh Vazir tomonidan taqdim etilgan hukumatga ishonch bildirish rezolyutsiyasini rad etish asosida amalga oshiriladi. Vakillar palatasi tomonidan ishonchsizlik bildirish to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilingan yoki hukumatning ishonch bildirish to'g'risidagi rezolyutsiyasi rad etilgan taqdirda, Mahkama to'liq tarkibda iste'foga chiqishi lozim. Bu tartib o'n kunlik muddat ichida vakillar palatasi taraqatib yuborilmagan taqdirdagina qo'llaniladi.Sudlov vakolatiarining parlament tomonidan amalga oshirilishi noodatiy hoi, sababi parlamentning bu vakolati hokimiyatlar taqsimlanish tamoyiliga bir qadar raxna solishi mumkin. Biroq jahon mamlakatlarining ba’zi parlamentlari bevosita sudlov funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligini ko'rish mumkin.Ba’zi parlamentlarga amnistiya e’lon qilish vakolati beriladi. Amnistiya e’lon qilish garchand sudlov vakolati bo'lmasa da, u yoki bu darajada sud hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan. Parlamentga muayyan davlatning boshqaruv shakli, hududiy tuzilishi nuqtai nazaridan boshqa vakolatlar ham berilishi mumkin. Xulosa Markazlashgan davlatning o'sishi jarayonida sinfiy vakillikning paydo bo'lishi katta ahamiyatga ega edi.Angliyada parlament paydo bo'lishi bilan tug'ildi yangi shakl feodal davlat sinfiy vakillik yoki sinfiy, monarxiya, bu mamlakat siyosiy taraqqiyotining, feodal davlat rivojlanishining eng muhim va tabiiy bosqichidir.Parlament va sinfiy monarxiyaning vujudga kelishi Angliyaning siyosiy markazlashuvi muvaffaqiyatini, xususan, mamlakatda umummilliy sinfiy guruhlar baronlar, ritsarlar va shaharliklar shakllanishi faktini aks ettirdi. O'z navbatida parlamentning paydo bo'lishi feodal davlatning yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi. Hukmron sinfning quroli bo'lgan parlament 13 14 asrlarda Angliyada o'ynadi. ilg'or rol o'ynadi, chunki u feodallarning eng reaktsion qatlami baroniyaning siyosiy da'volarini cheklab qo'ydi va qirol siyosatini o'sha davr jamiyatining yanada rivojlangan qatlamlari ritsarlik va shahar aholisining yuqori qatlami manfaatlariga yo'naltirdi. . Shahar vakillarining parlamentga qabul qilinishi ma'lum huquqlarning rasman tan olinishini va shaharlar sinfining ahamiyatini oshirishni anglatardi.Parlament mavjudligining birinchi asrlarida Jamoatlar palatasiga saylovlar tizimi barcha tafsilotlari bilan tuzatilmagan bo'lsa da, birlashtirilgan edi. Parlament deputatlarining bu boradagi sa’y harakatlari, asosan, tuman va shaharlardagi saylov komissiyalari rahbarlarining suiiste’mollariga qarshi kurashish, shuningdek, mulkiy va ijtimoiy ahvoli o‘ta past bo‘lgan fuqarolarning saylovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi.Shunday qilib, parlamentning tashkil etilishi tufayli Angliyada, birinchi navbatda, o'rta asrlar dunyosida huquqiy davlat (ya'ni, fuqarolarning huquq va erkinliklari va ularni himoya qilish ta'minlangan davlat) shakllanishi uchun zarur shart sharoitlar yaratildi. va fuqarolik jamiyati (ya'ni, erkin, mustaqil va teng huquqli odamlardan iborat jamiyat).18 19 asrlarda Buyuk Britaniya davlat siyosiy tizimining rivojlanishi. pirovardida parlamentarizm tizimining eng klassik namunasini shakllantirdi. Bu parlamentarizm Angliyaga ijtimoiy siyosiy hayotning turli sohalarini barqaror isloh qilish, koʻplab oʻtkir iqtisodiy va siyosiy, shu jumladan tashqi siyosat masalalarini ijtimoiy tinchlik manfaatlari yoʻlida hal etishni taʼminladi. 20 asr boshlariga kelib Angliya siyosiy va huquqiy ma'noda eng erkin mamlakat, butun G'arb olamidagi eng qudratli davlat, ulkan mustamlaka imperiyasining markazi bo'lgan, uning mavjudligi mamlakatda siyosiy barqarorlikni ham ta'minlagan. Download 53.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling