Kirish I. Bob. Jinoyat psixologiyasining to’rt roli


Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish


Download 221.24 Kb.
bet10/13
Sana30.04.2023
Hajmi221.24 Kb.
#1415336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
jinoat psixologiyasi

Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat huquqida muddatning o‘tishi deganda, jinoyat qonunida belgilangan jinoyat sodir etilganidan so‘ng shaxsning javobgarlikka tortilishini istisno qiluvchi muddatning o‘tganligi tushuniladi.
Jinoyat kodeksida u yoki bu jinoyatni sodir etgan shaxsni sodir etilgan jinoyatlar og‘irlik darajasidan kelib chiqib, jinoiy javobgarlidan ozod qilish uchun asos bo‘ladigan muddatlar o‘tishining to‘rt turi mavjud. Jinoyat kodeksining 64- moddasiga muvofiq:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- uch yil;
b) uncha og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- besh yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab- o‘n yil;
g) o‘ta og‘i jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bundan mustasno)- o‘n besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganlgi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki jinoyat sodir etgan shaxs o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bu normada ikita mustaqil, lekin ma’no va mazmun jihatdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda bir-biriga yaqin bo‘lgan asoslar ko‘rsatilgan: sharoit o‘zgarganligi tufayli qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi va sharoitning o‘zgarishi bilan shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi uchun ikkita asos bo‘lishi lozim:
a) sharoitning o‘zgarishi
b) mazkur o‘zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishiga olib kelishi.
Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqeilikning o‘zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zinig ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tushiniladi. Masalan, g‘ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi.
Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o‘zgarishini ifodalaydi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotuvchi holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so‘ng sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, armiya xizmatini o‘tashga chaqirilgan shaxs uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan bo‘lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o‘tashiga imkon berishi mumkin. Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o‘zgarmaydi balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxs bundan so‘ng xavfli emas deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o‘zgarishi emas, balki, jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi yuridik jihatdan baholanadi.

Download 221.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling