Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
| Chizma |
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
|
1.1. Yengni o’rta qirqimini biriktirib tikish
|
UM
|
|
Yeng qirqimlarining o’ngiga ichkariga qaratib qo’yiladi va kertimlari bir-biriga to’g’rilanib, ziylari tekislanib 1 sm chok kengligida biriktirib tikiladi.
|
1.2. Yeng chokini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan choklarni bir tomonga qaratib, yengning teskari tomonidan namlangan mato orqali yeng o’rtasidan yelka tomonga va o’rtasidan uchiga qarab dazmollanadi.
|
1.3. Yeng astarining o’rta qirqimini tikish
|
UM
|
|
Yeng astari qirqimlarini o’ngini ichkariga qaratib, qo’yiladi, ziylari tekislanib 1 sm chok kengligikda biriktirib tikiladi.
|
1.4. Yeng astari chokini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan choklarni bir tomonga qaratib, yengning teskari tomonidan namlangan mato orqali dazmollanadi.
|
1.5. Yeng o’rta qirqimidan bezak baxyaqator yuritish.
|
UM
|
|
Ustki qirqimning ustidan 0.1-0.2 sm kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi.
|
1.6. Yengning yon qirqimini biriktirib tikish
|
UM
|
|
Yeng qirqimlarining o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va qirqimlari to’g’rilanib, ziyidan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Biriktirib tikish vaqtida 10-15 sm joy tikilmay qoldiriladi. O’ngiga ag’darish va to’g’rilash uchun.
|
1.7. Yengning yon chokini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan chokni orasini yorib teskari tomonidan namlangan mato yordamida dazmollanadi.
|
1.8. Yeng uchiga manjetni ulash
|
UM
|
|
Avra uchining o’ng tomoniga manjetning o’ng tomon ziylari to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’nab olinadi. Manjet ustiga astarlikni o’ngini qo’yib astar o’rtasi va yon choklarini avra choklariga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi. Avra, astar, manjet ziylari to’g’rilanib, tekislanib ziylaridan 1.0 sm kenglikda manjetni cho’zgan holatda tikiladi.
|
|