Kirish i-bob. Kosmologiya haqida umumiy ma’lumotlar
Download 3.43 Mb.
|
BMI
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………..….…..…3 I-bob. Kosmologiya haqida umumiy ma’lumotlar……………………..….…..5 1.1-§ Kosmologik prinsip……………………………………….……………..…..5 1.2-§ Nyuton qonunlariga asoslangan koinotning bir jinsli izotrop modeli…………………………………………………………...…..7 1.3-§ Relyativistik kosmologiya……………………………………….………....11 1.4-§ Koinotning issiq modeli……………………………………………..……..12 II-bob. Kosmogoniya va kosmologiya masalalari………………………………..18 2.1-§ Kuzatish natijalari va masalalari ……………………………………..…....18 2.2-§ Nostatsionar koinot va masshtabli faktori …………………………………20 2.3-§ Kritik zichlik………………………………………………………......…...22 2.4-§ Kosmologik modellar………………………………………………....…....23 2.5-§ To'g'ri modelni tanlash qiyinchiliklari……………………………........…..26 2.6-§ Qaynoq Koinot modeli ……………………………………………........….32 III-bob. Koinot tuzilishining kosmologik modellari…………………….....….….42 3.1-§ Metagalaktika modellari…………………………………………...........….42 3.2-§ Fridman modeli va uning muammolari…………………………...……..…46 3.3-§ De-Sitter modeli metagalaktikaning boshlanishi…………………….….…48 3.4-§ Metagalaktika strukturasi va fundamental konstantalari..............56 Xulosalar…………………………………………………………....…..................59 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….......…...60 KIRISH. Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning so’nggi yillarida O‘zbekistonda fizika va astronomiya fanlarini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi astronomiya sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan: Fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling