Kirish i-bob. Kosmologiya haqida umumiy ma’lumotlar


-§ Koinotning issiq modeli


Download 3.43 Mb.
bet6/23
Sana06.10.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1694020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
BMI

1.4-§ Koinotning issiq modeli.
1965-yili kosmologiya uchun juda muhim bo’lgan, koinotning bir jinslilik va izotroplik xususiyatini tasdiqlovchi yangilik ochilgan. Yerning suniy yoldoshlarda kuzatishga mo’ljallangan asbob yordamida koinotning turli yo’nalishlaridan bir hil intensivlikga ega bo’lgan nurlanish, fonli nurlanish kelayotganligi qayd qilingan.
Hozirgi zamon tajriba natijalariga ko’ra, bu nurlanish foizning bir necha o’n ulushi aniqligida bir jinslidir. Energiyaning spektrida taqsimlanishiga ko’ra, u issiqlik nurlanishi bo’lib, harorati  3K dir. Bunday haroratda nurlanish maksimumi spektrning 1 mm ga teng diapazoniga mos keladi.
Hozirgi paytda koinotda spektrning bunday millimetrli diapazonda o’ta yuqori izotrop xususiyatiga va Plankli spektr xususiyatiga ega bo’lgan nurlanishlarni hosil qiluvchi mumkin bo’lgan obyektlar topilmaganidir. Ana shu asosda 3K haroratli nurlanishni, koinotni qadim zamonlarda o’ta yuqori haroratlarda, muhit noshaffof bo’lgan paytlarda hosil bo’lgan nurlanishning qoldig’I sifatida talqin etadilar. Vaqt o’tishi bilan muhit kengayishi jarayonida sovib, ionlashgan fazadan neytral fazaga va shaffof muhitga aylangan. Nurlanish muhit tomonidan boshqa yutilmagan, boshqacha qilib aytganda, muhitdan ajralib hozirgi holatiga kelgan.
Hisoblashlar ko’rsatadiki, muhitning shaffof muhitga aylanishi uning zichligi 10-20 g/sm3 bo’lganda vujudga kelgan, ya’ni u vaqtlarda muhitning zichligi hozirgisidan milliardlab marta katta bo’lgan. Zichlik masafaning kubiga teskari proparsional ravishda o’zgarganligini hisobga olib, koinotning kengayishini hozirgidek qabul qilib, muhit shaffoflik davrida koinotda barcha masofalar taxminan 1000 marotaba kichik bo’lganligini topamiz. To’lqin uzunligi ham shuncha marotaba kichik bo’lganligi kelib chiqadi. Shuning uchun hozirgi paytda to’lqin uzunligi 1mm bo’lgan kvantlar vaqtlarida 1 mkm va bundan kichik to’lqin uzunlikga ega bo’lganligi va Plank qonuniga ko’ra harorat 3000-4000K bo’lganligini topamiz.

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling