Kirish I. bob Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
Ipoteka krediti asosiy shartlari
Download 196.4 Kb.
|
kredit tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 60 (oltmish) yoshdan oshmagan
- 70 (yetmish) foizdan
Ipoteka krediti asosiy shartlari
Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi. Qarz oluvchi: 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan doimiy daromad manbaiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O'zbekistonda doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati: Ariza; Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi); Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) bo’yicha shartnoma; Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to’g’risida ijobiy xulosaga ega bo’lgan shaxslar uchun); uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun); yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun); qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilot(lar) tomonidan ruxsat berilganligi to’g’risida hujjat (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun); kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganiladi. Daromadlari to'grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to'grisida ma'lumotnoma taqdim qilinadi. Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim: ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 60 (oltmish) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar; Qarz yuki ko’rsatkichi (ipoteka krediti bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 (yetmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar; ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 15 (o’n besh) foizi miqdorida (shu jumladan, subsidiya to’lanadigan shaxslar bo’yicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlang’ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar; yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining kamida 15 (o’n besh) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun); sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to’lash) imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar; ipoteka kreditini ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar. Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining Qarz yuki ko’rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning Bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 (ellik) foizi Mijozning Qarz yuki ko’rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin. Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchilarning o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi. Qarz oluvchi oxirgi 12 oydan kamida 10 oyida daromad manbaiga ega bo’lishi lozim. Shundan, oxirgi oyda daromad manbai mavjud bo’lishi lozim. Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash mijozning xohishiga ko’ra annuitet yoki differensial usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi. Foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun subsidiyalar olish huquqiga ega bo’lgan Qarz oluvchilarning foiz xarajatlarining bir qismi har oyning 25- sanasigacha hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan Qarz oluvchining Bank tomonidan ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi. 2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko’p miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy belgilangan subsidiya miqdori Ming so’mda
Download 196.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling