Kirish I. bob Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
Hudud Ipoteka kreditining eng ko'p miqdori
Download 196.4 Kb.
|
kredit tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chizma
- 2.3 Kreditlash tamoyillari
- Kreditni qaytib berish tamoyili
Chizma2021 yilda ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani olgan shaxslarga ajratiladigan ipoteka kreditlari Ming so’mda Chizma
Sotib olinadigan kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshib ketgan miqdorini banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi. Markaziy bank statistikasi Tijorat banklarining kredit va depozitlar to`g`risida 2022-yil 1-yanvar holatiga ma'lumot mlrd. so`m
Chizma 2.3 Kreditlash tamoyillariKredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berish, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir. Quyida biz har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o’tmoqchimiz. Kreditni qaytib berish tamoyiliBu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Qiymatning qaytuvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi. Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgagina o’z egasi qo’ridan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi. Qaytarib berish muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi. Qaytarib berish ob’ektiv belgi hisoblanadi. kreditni qaytarib berishlilik tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq qilish imkoniyatini beradi. Kreditdan samarali foydalanishi asosidagi qaytarib berish- butun bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu tomoyili o’z amaliyot aksini kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi, Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. Bizning amaliyotimizda markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmaydigan ssuda degan» norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyasining qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iqtisodi tamoyillariga yod bo’lib bunday kreditning amaliyotda bo’lishi iqtisod uchun juda xavfli hisoblanadi. Download 196.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling