Kirish I bob. Mehnatga haq to’lashning nazariy asoslari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#147137
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish va takomillashtirish


 

 

 

                                                             

17

 

https://economictimes.indiatimes.com/



 

24 

 

II BOB. Mamlakat real sektorida mehnatga haq to’lash jarayoni va unga 



tahliliy - amaliy yondashuv. 

 

 

2.1 O’zbekistonda o’rtacha ish haqining o’sish dinamikasi va mehnat 



resurslari tahlili. 

 

Aholi  farovonligi  va  turmush  darajasida  asosiy  omillardan  biri  aholining 



doimiy daromad manbaiga ega bo`lishi hisoblanadi. 

Oʻzbekistonda dastlab  1993-yil  1-yanvardan  28  ish  haqi  razryadlariga 

boʻlingan  va  0—28  razryadlar  oʻrtasida  tarif  koeffitsiyentlari  farqi  14,28  boʻlgan 

yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 

ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan 

yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha 

kasb-malaka  guruhlari  boʻyicha  tarif  stavkalari  va  maoshlari  nisbatini  belgilashda 

mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi. 

Ish  haqini  tartibga  solishning  davlat  tizimi  3  asosiy  yoʻnalishda  amalga 

oshiriladi:  1)  davlat  tomonidan ish  haqi  minimumi (eng  kam  ish  haqi  miqdori) 

belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida 

eng 


kam 

ish 


haqini 

indeksatsiyalash 

hukumatning  maxsus  qarorlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi;  2)  korxonalarda 

ishlovchi  xodimlarning  barcha  toifalari  uchun  oʻrtacha  ish  haqining  ortib  borishi 

maʼlum  darajada  cheklanadi.  Davlat  bu  usuldan  tanglik  holatlarida  inflyatsiya 

surʼatlarini  pasaytirishda  foydalanadi;  3)  ish  haqining  oʻrtacha  ortib  borishiga 

qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining 

oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi. 

Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng 

kam  taʼminlangan  qatlamlari  —  yoshlar,  malakasiz  xodimlar,  mehnat  qobiliyati 

cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining 

pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega. 



25 

 

Quyida berilgan ma’lumotlar asosida so’nggi 5 yil ichida ishchi xodimlar ish 



haqi uchun to’lanadigan maoshni tahlil qilishimiz mumkin: 

 

1-rasm. Xodimlar ish haqi uchun to’lanadigan maoshi o’sishi tahlili. 



18

 

 



2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga 

ega  bo‘lgan  korxona  va  tashkilotlarda  ishlovchilarning  o‘rtacha  oylik  nominal 

hisoblangan ish haqi 2,5 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 

26,5 foizga oshdi. 

 2018  yil  yanvar-dekabr  oylarida  O’zbekistonda  o’rtacha  oylik  nominal 

hisoblangan  ish  haqi  1  822,2  ming  so’mni  (ish  haqiga  ustama,  mukofot, 

rag’batlantirish  xususiyatiga  ega  to’lovlar,  kompensatsiya  va ishlanmagan  vaqt 

uchun  haq  kabi  to’lovlar  kiritilgan,  shuningdek  uning tarkibida  jismoniy  shaxslar 

daromad  solig’i,  ijtimoiy  sug’urta  va kasaba  uyushmasiga  to’lovlar  ham  mavjud) 

tashkil  etib,  2017  yilning  mos  davriga  nisbatan  25,0%  ga  o’sishni  ta’minladi.

 

2017  yil  yanvar—dekabr  oylarida  O‘zbekistonda  o‘rtacha  oylik  nominal 



hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so‘mni tashkil etdi. Bu 2016-yilning shu davriga 

nisbatan 12,3 foizga ko‘p. 

 

 

 



 

 

 



Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx 

                                                             

18

 

*ushbu  ma’lumotlar 



https://stat.uz/uz/press-sluzhba

  va  davlat  statistika  qo’mitasi  saytlaridan  olindi  va  muallif  tomonidan  tahrir 

qilindi. 

0

500



1000

1500


2000

2500


2016

2017


2018

2019


2020

(Yanvar-


mart)

26 

 

ish haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi ish haqi 



miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab 

qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi darajasidan 

oz  boʻlishi  mumkin  emas.  Shuningdek,  ish  haqi  miqdori  muayyan  vaqt  birligi 

(soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga 

ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi 

775-sonli  “mehnatga  haq  to‘lash  yagona  tarif  setkasini  yanada  takomillashtirish 

to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra ushbu yagona tarif setkasi tadiqlandi. 



2-jadval. Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi 

19

 

                                                             

19

 

https://ww.lex.uz/docs/4514781#4515883



 

Mehnatga haq to‘lash razryadlari 

Tarif koeffisientlari 

1,000 



1,053 


1,106 


1,158 


1,269 


1,384 


1,505 


1,630 


1,755 


10 

1,883 


11 

2,014 


12 

2,148 


13 

2,284 


14 

2,421 


15 

2,561 


16 

2,704 


17 

2,847 


18 

2,993 


19 

3,141 


20 

3,292 


21 

3,444 


22 

3,597 


27 

 

Yillar  davomida  o’sib  borayotgan  ushbu  iqtisodiy  ko’rsatkichlar  o’z 



navbatida  aholi  daromadlarining  asosiy  manbasi  bo’lgan  ish  haqining  o’sishiga 

bevosita bog’liqligini izohlaydi. 

Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligining  ma'lumotlariga 

ko‘ra, O‘zbekistonda  mehnat resurslari 1991  yilda 10,2  mln. kishini  tashkil etgan 

bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014 yilga kelib 16,7 mln. kishiga teng bo‘lgan yoki shu 

davrda mehnat resurslari 6,5 mln. kishiga (yoki 63,7 foizga) ko‘paygan. Shu yillarda 

mehnat resurslari, jami aholining 49 dan 58 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etgan. 

Ayni paytda  mamlakatda  hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora–tadbirlar 

natijasida  ish  bilan  bandlar  soni  7,5  mln.  kishidan  (1991y.)  13,5  mln.  kishiga 

(2019y.)  yetgan.  Ularning  76  foizi  yoki  9,6  mln.dan  ko‘prog‘i  iqtisodiyot 

tarmoqlaridagi kichik biznes va xususiy (yakka) tadbirkorlik sohasida ishlaydi.  

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  ish  bilan  band  aholining  qariyb  81,5  foizi 

iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida  ishlaydi.  Ularning  eng  katta  qismi  qishloq 

xo‘jaligida  (25,5  foizi),  sanoat  tarmoqlarida  (13,2  foizi),  qurilishda  (9,1  foizi) 

banddir. 

Respublikamizda  2012-2014  yillar  mobaynida  qariyb  2,8  mln.  yangi  ish 

o‘rinlari yaratilgan bo’lsa, 2020-yilga kelib 382 ming doimiy  yangi  ish o‘rinlarini 

tashkil etish bo‘yichatopshiriq berilgan. Bundan ko’rinadiki yildan yilga aholining 

bandlik  darajasi  oshib,  yangi  ish  o’rinlari  yaratilishga  hojat  qolmayapti.  Ularning 

katta  qismi  Andijon,  Buxoro,  Qashqadaryo,  Samarqand,  Namangan,  Toshkent, 

Farg‘ona viloyatlari  hamda Toshkent shahri ulushiga to‘g‘ri keladi. Shular tufayli 

aholini, dastlab yoshlarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlari kengaymoqda.  

Shundan  500  mingta  ish  joylari  kichik  biznes  va  mikrofirmalarni  xizmat 

ko‘rsatish  sohalari  hisobiga,  ulardan  280  mingga  yaqini  oila  biznesi  sohasida 

yaratiladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda    korxonalarni  modernizasiya  qilish  va  bozor 

infratuzilmalarini  rivojlantirish  hisobiga  250  mingta  yangi  ish  o‘rinlari  ochish 

mo‘ljallangan. 


28 

 

2019  yil  yanvar-dekabr  oylarida  O’zbekiston  Respublikasi  bo’yicha  yuridik 



shaxs  maqomiga  ega  bo’lgan  korxona  va  tashkilotlarda  ishlovchilarning  o’rtacha 

oylik nominal hisoblangan ish haqi 2324,5 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning 

mos davriga nisbatan 27,5 % ga oshdi.  

2018-yilning  mos  davriga  nisbatan  asosiy  mehnat  ko’rsatkichlarining 

o’zgarishi  (2019  yil  yanvar-dekabr,  qishloq  xo’jaligi  va  kichik  tadbirkorlik 

sub’ektlaridan tashqari): 

 

 

 



2 -rasm. Mehnat ko’rsatkichlarining o’zgarishi tahlili

20

 



 

3-jadval. Mehnat ko’rsatkichlarining o’zgarishi tahlili

21

 

 



 

 

 



 

 

 



Hududlar  bo’yicha  o’rtacha  oylik  nominal  hisoblangan  ish  haqining  yuqori 

miqdori Toshkent shahrida 3379,5 ming so’mni (respublikadagi o’rtacha oylik ish 

haqiga  nisbatan  145,4  %),  Navoiy  viloyatida  2962,2  ming  so’mni  (127,4  %)  va 

Toshkent viloyatida 2555,6 ming so’mni (109,9 %) tashkil etgan bo’lsa, Samarqand 

viloyatida 1909,5 ming so’mni (82,1 %), Farg’ona viloyatida 1892,2 ming so’mni 

                                                             

20

 

*Ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi saytidan olindi.



 

21

 



*Ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi saytidan olindi.

 

0



20

40

60



80

100


120

140


Korxona va tashkilotlar soni

Xodimlar soni

Ish haqi fondi

O’rtacha ish haqi

Sektor 

O’zgarish (%) 



Korxona va tashkilotlar soni 

102,4 


Xodimlar soni 

102 


Ish haqi fondi 

130,1 


O’rtacha ish haqi 

127,5 


29 

 

(81,4  %),  Namangan  viloyatida  1876,8  ming  so’mni  (80,7  %)  va  Surxondaryo 



viloyatida  1874,8  ming so’mni  (80,7  %)  tashkil  etib,  boshqa  hududlarga  nisbatan 

kam miqdorni tashkil etgan. 



 

2.2 “Deluxe Fabric” MCHJ korxonasining faoliyati tahlili 

 

“Deluxe Fabric” korxonasi sal kam 15 yillik davr mobaynida o’z mahsulotini 



eksport  qila  oladigan  darajaga  erishgan  katta  yillik  oborotga  ega  bo’lgan  tekstil 

mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchi  qo’shma  korxona  hisoblanadi.  Bir  muddat  o’z 

faoliyatimni ushbu korxonaning mehnat jamoasi bilan o’tqazganimni hisobga olgan 

holda  mehnatga  haq  to’lash  jarayonida  bevosita  ishtirok  etganman.  Ishlab 

chiqarilgan  mahsulotning  8-10%i  eksportga  yo’naltiriladi.  Ilgari,  eksport  uchun 

hamkor  korxonalarning  aksari  Markaziy  Osiyo  davlatlaridan  bo’lgan,  bugungi 

kunga  kelib  MDH  mamlakatlarining  ko’pchiligi  bilan  biznes  hamkorliklari 

o’rnatilgan  bo’lib,  turli  xil  ko’rinishdagi  xizmat  safarlari  uyushtirilib  turadi  va 

hamkorlar ro’yxatida Polsha va Italiya muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona keyingi 

yillarda  Yevropa  va  Xitoy  bozorlariga  mahsulot  eksport  qilib  bozor  ulushiga  ega 

bo’lishni rejalashtirgan. 

Mahsulot nomenklaturasi keng bo’lib, tashkilot 18 xil turdagi matolarni ishlab 

chiqaradi. 

Korxonaning  ichki  bozordagi  strategik  hamkori  va  ayni  vaqtda  ta’sischi 

korxonasi  “Urganch  Bahmal”  MCHJ  hisoblanib,  Xorazm  viloyatida  joylashgan. 

Tayyor  mahsulotgacha  bo’lgan  jarayonlar  asosan  “Urganch  Bahmal”  MCHJ  va 

“Deluxe Fabric” MCHJ mobaynida sodir bo’ladi, ya’ni bunga ko’ra quruq tola xom 

ashyo sifatida “Urganch  Bahmal” MCHJda qayta ishlanadi.  Bu jarayon  yelimlash 

(shlixta) deb nomlanadi. Keyin esa “Deluxe Fabric” MCHJ ga jo’natiladi va u yerda 

xom ashyo sifatida yana qayta ishlanadi. So’nggi bosqichda yelimlangan tola to’qish 

sexiga o’tqazilib to’quvchilarning  nazorati ostida  yarim avtomat dastgohlar orqali 

to’qiladi. Yelimlangan tola xom ashyosini yetkazib berish uchun ba’zida “Urganch 



30 

 

Bahmal”  MCHJ  ulgurmaganligi  sababli,  aynan  shu  faoliyat  bilan  shugullanuvchi 



boshqa tashkilotlar bilan ham aloqalar o’rnatilgan.  

Xom  ashyoni  yetkazib  berishni  yo’lga  qo’yish  uchun  ta’minot  tizimi  joriy 

qilingan va mazkur bo’limda mas’ul qilib tayinlangan xodimlar soni 3 tani tashkil 

qiladi.  Ular  asosan  Buxoro,  Sirdaryo,  Namangan  va  Toshkentdagi  xom  ashyo 

yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari bilan shug’ullanishadi.  

Korxonada  maxsus  marketing  bo’limi  tashkil  qilingan  bo’lib,  ularga  tovar 

savdosini  ta’minlash  va  yangi  bozorlarni  kashf  qilish  vazifasi  yuklatilgan.  Bu 

bo’limda  8  ta  marketolog  bozor  vaziyatini  kuzatib,  ma’lumot  almashish  bilan 

shug’ullanishadi.  

Marketing  va  ta’minot  bo’limi  uyg’unlikda  tovar  aylanish  tsiklining 

samaradorligini ta’minlash uchun xizmat qilishadi.  

Bugungi kunda korxonaning asosiy fond ro’yxatida 70 ta dastgohlar mavjud 

bo’lib ishlab chiqarish ko’lamini oshirish niyat qilingan va keyinchalik 45 birlikda 

dastgohlar  xarid  qilish  rejalashtirilgan.  Ushbu  dastgohlar  Germaniyada  ishlab 

chiqarilgan  bo’lib,  ilgari  xarid  qilingan  dastgohlarga  qaraganda  ishlab  chiqarish 

quvvati  yuqoriligi  bilan  korxona  faoliyatida  ko’zga  ko’ringan  samaradorlikni 

ta’minlab turishi bilan ajralib turadi. 

Shuningdek,  korxona  faoliyat  sohasini  kengaytirib,  Soft  Farm  MCHJning 

ta’sischilaridan biri hisoblanadi.  

Faoliyat  unumdorligini  oshirish  maqsadida,  korxonada  3  ta  smenada  ish 

tashkil  qilingan  bo’lib,  ishchilar  8  soatlik  vaqt  mobaynida  o’rin  almashishadi. 

Kunduzgi  I  smena  faoliyati  soat  9:00  da  boshlanadi,  II  smena  esa  17:00  da 

boshlanadi,  III  smenaning  ishi  01:00  da  boshlanadi.  Tunggi  smena  ishchilariga 

qulaylik  yaratish  maqsadida,  korxona  transport  xarajatlarini  ham  qoplab  berishi 

ta’minlanishi kerak. 

Ish  faoliyatida  yuqori  tondagi  shumlar  va  changning  mavjudligi  ishchilar 

sog’lig’iga  salbiy  ta’sir  etadi.  Shuning  uchun,  ish  vaqti  boshqa  korxonalarga 

qaraganda qisqa va tushlik uchun ajratilgan 1 soat muddat ichida ishchilar dam olishi 



31 

 

hisobga olingan.  



Korxonada  tashkil  qilingan  ishchi  muhit  havas  qilarli  darajada  bunga  sabab 

qilib quyidagilarni keltiramiz: 

 

Ishchi  xodimlar  soni  boshqa  kichik  korxonaga  qaraganda  bir  necha 



baravar ko’p va ular orasidagi yosh farqi turlicha. 

 

Korxonada  ma’lum  bir  muddat  davomida  psixologik  maslahatlar 



beruvchi  va  ishchi  muhitni  yaxshilovchi  dastur  asosida  tashkillashtirilgan  maxsus 

qiziqarli darslar tashkil etiladi. 

 

Tushlik vaqtida ishchi xodimlarning bir joyda yig’ilib tushlik qilishlari 



 

Ishchi  xodimlar o’rtasida iliq munosabatlar va  ustoz-shogird an’anasi 

bo’yicha davom etayotgan munosabatlar. 

Korxonada  ishchi  kuchi  va  umuman,  kadrlar,  ishlab  chiqarishning  muhim 

elementi  hisoblanadi.  Shu  sababli  korxona  ishlab  chiqarish  faoliyatining  joriy  va 

istiqboldagi  strategiyasi  kadrlar  siyosati  bilan  chambarchas  bog’liq  bo’lib,  u 

quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

 



ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish; 

 



xodimlarni o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish; 

 



kadrlarni xizmat lavozimlari bo’yicha yuqori pog’onaga ko’tarish; 

 



yollash shartlari, mehnat va unga haq to’lash sharoitlari; 

 



mehnat jamoasida qulay ruhiy (psixologik) muhitni yaratish. 

Korxonalarning  kadrlar  siyosatini,  garchi  yagona  javobgar  shaxs  sifatida 

ishlab  chiqarish  va  xo’jalik  faoliyatining  barcha  jabhalari,  jumladan,  kadrlarni 

tanlash  va  joylashtirishda  asosiy  javobgarlikni  korxona  derektori  o’z  bo’yniga 

olsada, faqatgina uning o’zi amalga oshirmaydi. Bunda  direktordan  tashqari  bo’lim  

va xizmat boshliqlari, kadrlar bo’limi, iqtisodiy va ishlab chiqarish bo’limi, mehnat 

va haq to’lash bo’limi, texnik bo’lim va boshqalar ham ishtirok etadi. 

Korxonada  kadrlar  siyosati  sog’lom  va  mehnat  qobiliyatiga  ega  bo’lgan 

jamoani shakllantirish, kadrlarning jinsi va yoshiga ko’ra tarkibi va malakasi hamda 

ularning ishlab chiqarishda to’g’ri joylashtirilishini hisobga olishdan tashqari, ishlab 



32 

 

chiqarish va mehnat sharoitlarining o’zgarib borishiga o’z vaqtida e’tibor qaratishi, 



fan  va    texnikaning   yangi,    ilg’or    yutuqlarini    ishlab    chiqarishga    joriy    qilish,  

xodimlarning  mehnat  unumdorligini oshirishni rag’batlantirishi lozim. Boshqacha 

qilib  aytganda,  kadrlar  siyosati  birinchi    o’rinda,    insonning    ishlab  chiqarish  va 

turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat 

unumdorligiga mafaatdorligini rivojlantirishi lozim. 

“Deluxe fabric” MCHJ tola mahsulotlarini xom ashyo sifatida qabul qiladi va 

unda yakuniy tayyor mahsulot turli qalinlik va sifatga ega bo’lgan mato hisoblanadi. 

Korxona  tarkibida  ushbu  matoning  bir  qismini  qayta  ishlagan  holda  qo’shilgan 

qiymatni yaratadigan boshqa bir kichik korxona ham tashkil etilgan. Bu korxonaning 

nomi “Parvoz Text” MCHJ. Bu korxonada das ro’molchalar ishlab chiqariladi. 

“Deluxe fabric” MCHJda  mehnatga haq to’lashga ta’sir etuvchi omillar: 

• 

bajariladigan  ish  hajmi  (savdoda  asosan  tovar  aylanishi,  ommaviy 



ovqatlanishda  mahsulot  ishlab  chiqarish,  tovar  aylanishi,  xizmat  ko‘rsatilgan 

xodimlar soni);  

• 

xo‘jalik sub‘ektlarini moliyaviy holati;  



• 

minimal ish haqi miqdori;  

• 

tarif  stavkalarini  va  tarif  setkasining  (razryadlar,  tarif  koeffistenti) 



o‘zgarishi;  

• 

ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdorining o‘zgarishi;  



• 

korxonalar, xo‘jalik sub‘ektlarining mehnatini rag‘batlantirish siyosati;  

• 

ishchi  xodimlarni  soni,  ularning  malakasi  va  kasbiy  mahratining 



o‘zgarishi;  

• 

mehnat bozori konyukturasi;  



• 

raqobat darajasi va boshqalar. 

 

 

 



 

33 

 

2.3. “Deluxe Fabric” MCHJda mehnatga haq to’lash jarayoni va 



mehnat resurslari tahlili 

 

“Deluxe Fabric” MCHJ tarkibida 200 nafardan ortiq mehnatkash faoliyat olib 



boradi.  Korxonada  joriy  qilingan  eng  kam  oylik  maosh  700  ming  so’mni  tashkil 

qiladi.  

 

 

 



 

3-rasm. Xodimlarning mehnat tajribasi va Oylik maoshiga ko’ra miqdori.

22

 

                                                             

22

 Ushbu diagramma korxona ma’lumotlariga asoslanib muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi. 



4

15

30



20

15

10



6

O'rtacha oylik maoshi

3500

2500


2000

1700


1300

1000


700

Mehnat tajribasi

10

8

5



2,5

1

0,5



4

15

30



20

15

10



0

2

4



6

8

10



12

0

500



1000

1500


2000

2500


3000

3500


4000

M

e

h

n

at

 t

aj

ri

b

as

i

(yi

l)

O

yl

ik

 m

ao

sh

i

(mi

n



so

'm)

34 

 

3-rasm  ma’lumotlariga  ko’ra,  ishchi  xodimlarning  4%  i  10  yildan  kam 



bo’lmagan tajribaga ega va bu qatlam eng ko’p maosh (3500000 so’mgacha) oladi. 

15%  ishchilar  esa  8  yillik  tajribaga  ega  va  ular  2500000  so’mgacha  maosh  oladi. 

Xodimlarning eng ko’p qismi (30%) 5 yillik mehnat tajribasiga ega va ular 2000000 

so’mdan  oylik  maosh  oladi.  Keyingi  ko’p  tajribali  (2,5  yil)  qatlam  esa  korxona 

xodimlarining 20 %ini tashkil qilib, korxona ularga 170000 so’mgacha oylik maosh 

to’laydi. 1 yillik mehnat tajribasiga ega xodimlar 15 %ni tashkil qiladi va ular uchun 

o’rtacha oylik 1300000 so’mgacha. 1000000 so’mlik maosh to’lanadigan xodimlar 

korxona umumiy ishchilarining 10%ini tashkil qilib, ular o’rtacha 6 oylik tajribaga 

ega. 6 oydan kam tajribaga ega bo’lgan xodimlarning maoshi 700000so’mni tashkil 

qiladi va ularning korxona ishchilari o’rtasidagi ulushi 6%. 

Tahlil  natijasidan  ma’lumki,  korxonadagi  o’rtacha  oylik  maosh  1792000 

so’mni tashkil qiladi. Xodimlarning o’rtacha yillik tajribasi 5 yil va 1 yillik tajribaga 

ega bo’gan xodimlar 1300000 so’mdan kam bo’lmagan maosh bilan ta’minlanadilar. 

Shuningdek  korxonada  xodimlar  qo’nimsizligi  darajasi  yuqori,  chunki  6%  ishchi 

xodimlar asosan quyidagi 2 sabab tufayli mehnat faoliyatini yakunlaydilar: 

1) 


Korxonada  dastlabki  6  oy  uchun  to’lanadigan  maosh  700000  so’mni 

tashkil qilishi. Ko’pchilik ishchilar bu mablag’ yetarlimasligini ta’kidlashadi. 

2) 

Korxonaning  joylashgan  manzili  xodimlar  uchun  yetib  borish  qiyin 



bo’lgan  hududda  joylashganligi.  Bu  hududda  yagona  transport  liniyasi  mavjud 

bo’lsada, xodimlarning turar joylariga yetib borish uchun qulaylik ta’minlanmagan. 

 

 

 



 

35 

 

5-jadval. Kadrlar qo‘nimsizligini tahlili.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling