Kirish I bob. Meva haqida umumiy tushuncha


II BOB MEVALARNING XILLARI


Download 0.51 Mb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1194255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs botanika

II BOB MEVALARNING XILLARI
2.1. Mevalarning klassifikatsiyasi, apokarp, sinkarp, lizikarp, parakarp meva-larning tuzilishi, ho`l va quruq mevalar
Mevani aniqlovchi morfologik belgi bo'lib, uni hosil qilgan ginetsey tipi hisoblanadi. Ginetseyning apokarp, sinkarp, parakarp va lizikarp tiplariga ko'ra, apokarpiya, sinkarpiya, parakarpiya va lizikarpiya meva tiplari ajratiladi. Nomi keltirilgan tiplaming har birida ginetsey evolutsiyasining asosiy y'onalishlari bilan bog'liq bo'lgan kichik guruhlar ajratiladi. Masalan, apokarpiyalar orasida polimerli, ya'ni bir necha yoki ko'p urug'chibarglardan hosil bo'lgan, ko'p urug'li va bir urug'li hamda monomerli ko'p urug'li va bir urug'li mevalar ajratiladi. Har bir senokarpli tiplardan ustki va pastki (pastki tugundan hosil bo'lgan) ko'p urug'li hamda bir urug'li variantlami farqlash mumkin. Oxirida har bir variantda ochilish va tarqalish usuli har xiI bo'lgan mevalar mavjud bo'lishi mumkin. Ba'zan mevalarning sun'iy klassifikatsiyasi ham bo'lishi mumkin. Bunda tashqi morfologik belgilarga asoslanadi: barcha mevalar sharbatli (ho'l) va quruq mevalar bo'linadi. Quruq mevalar ochiIadigan va ochilmaydigan mevalarga ajratiladi. Buning ustiga kO'pincha bir atama bilan har xiI tuzilmalar nomlanadi. Masalan, yong'oqchalar deb ayiqtovondoshlaming bitta urug'chibargdan hosil bo'lgan mevachalarini ham, oq qayindoshlaming pastki tugunli sinokarp ginetseydan hosiJ bo'lgan mevalarini ham ataydi.
Mevalaming ochilishi deb urug'larning o'sib chiqishidan oldin mevadan ozod bo'lishiga aytiladi. Ko'pchilik hollarda ochilish ko'p urug'li quruq mevalarga xos. Boshqa hollarda meva o'rami mexanik ta'sirlardan, mikroorganizmlar faoliyati tufayli sekin-asta yemiriladi. Bunday mevalar ochilmaydigan deb ataladi. Ko'pincha mevalar uzunasiga choki orqali ochiladi: qorin choki (ventritsidli ochilish), urug'chibarglaming o'rta tomiri (dorsitsidli ochilish) yoki urug'chibarglarning ustki yuzasidan to'siqlar bo'ylab ajralishi mumkin. Bunday ochiladiganlami septitsidli (septa - to'siq) mevalar, uyalar bo'yicha ochiladiganlami 10- kulitsidli mevalar deyiladi.
Parakarp va Jizikarp mevalarda urug'chibarglari tutashgan joyidan ajraladi (butguldoshlar, ko'knoridoshlar, chinniguldoshlar) yoki urug'chibarglarning o'rta tomiri bo'ylab ochiladi (binafshaguldoshlar, toldoshlar). Uzunasiga ochilish to'Jiq - tavaqalar bilan yoki chala - tishchalar bilan (xususan, chinniguldoshlarga xos) am alga oshadi. Chala ochilishga teshikchalar bilan ochilish ham kiradi (ko'knorlar). Chala ochilish to' liq ochilishga nisbatan ilg' orroq va oxirgisidan kelib chiqqan. Ba'zan o'ziga xos kO'ndalangiga halqa bo'ylab ochiladi (mingdevona, amarant),
ya'ni bunda qopqoqcha hosil bo'lib, u ochiladi. ajraladigan mevalar ochiladiganlarga nisbatan, odatda, ilg'orroq bo'lib, ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi bo' laklanuvchi mevalar: mevalari tutashgan joyidan uzunasiga bo'- linadi va yopiq bir urug'li merikarpiylar (yunon. meros - qism, bo'lak) hosil bo'ladi, masalan, ikkitalik (ikkita urug'chibargdan tuzilgan) soyabonguldoshlarda. Sutlamadoshlaming uchta urug'chibarglaridan tuzilgan «uchyong'oqcha»si shu usulda bo'linadi, lekin bularda urug'chibargi yoriladi va merikarpiyning qorin tomoni ochiq holda bo'ladi. Ginetseyi ikkita urug'chibargidan tuzilgan to'rt yong'oqchali mevalar labguldoshlar va Govzabondoshlar oilalariga xos bo'lib, ular maxsus bo'linish tipiga ega. Birinchi guruh variantlari senokarp mevalami o'z ichiga oladi. Ikkinchi guruhga a' zoli mevalar deb nomlanuvchilar kiradi. Ular apokarp ham, senokarp ham bo'ladi. Bularda urug'chibarg uzun o'qiga nisbatan kO'ndalang bo'linadi. A'zoli mevalar, xususan quruq iqIimli hududlari o'simliklariga xos. Apokarp mevalar asosan ko'pmevalilarga hamda atirguldoshlar, dukkakdoshlar kabi yirik guruhlarga, ba'zi oddiy birpallalilar va boshqa o'simliklarga xos. Yopiqurug'lilar uchun boshlang'ich (ajdodiy) meva tipi - bargaklar yig'indisi ko'pbargak bo'lsa kerak. Bargak - ko'p urug'li quruq meva bo'lib, bitta urug'chibargdan tuzilgan va bitta tomondan ochiladi. Ko'pbargakning tarkibiga gulda nechta urug'chibarg bo'lsa, shuncha bargak kiradi. Bargaklar primjtiv hisoblanadi: 1) bargakning primitivligini naychali sistema tuzilishl, ventral bog'lamlarning saqlanganligi va bu urug'chibarglaming ko'p hollarda spiral joylashuvi isbotlaydi; 2) bargaklar ventritsid (qorin tomondan) yob dorsitsid (bel tomondan) ochiladi. Lebn qaysi biri birlamchi - buni aytish qiyin. Ayiqtovondoshlarda urug'chilar sonining kamayishi va, demak, bargaklar sonining bittagacha qisqarganligi kuzatiladi. Birbargaklilar bu oiladan ham oddiyroqlarda, masalan, eng primitiv gullilarda (Degeneria) ham uchraydi. Lekin bargaklari sharbat va ochilmaydigan bo'ladi. Har bir mevachada urug'lar sonining bittagacha kamayib ketishi ko'pchilik ayiqtovondoshlar, ra'noguldoshlar, g'ozpanja va ba'zi birpallalilarga xos bo'lgan ko'pyong'oqchaning hosil bo'lishiga olib kelgan. Qabariq gulo'rin yuzasining deyarli yarmini yong'oqchalar egallaydi. Ko'p sonli yong oqchalarning joylashishiga ular asoslarining ensizligi sabab bo'ldi. Shunisi muhimki, bargaklar gulo'rinda qoladi, yong'oqchalar pishgandan keyin ajralib tushadi. Shunday qilib, urug'lar sonining kamayishi boshqa tomonlarining o'zgarishiga ham olib keldi. Ayiqtovonning ba'zi janub turlarida mevalarida saqlanib qoladigan stilodiylari hayvonlar yordamida tarqalishiga (zooxoriyaga) yordam beruvchi ilmoqlarga aylangan. Bizdagi gravilat - (Geum urbanum)da analogik moslanmalar murakkabroq tuzilgan. Uning stilodiysi ikki qismdan - gipostil va epistildan iborat: birinchisi aniq ko'rinadigan ilmoq (qarmoq) hosil qiladi, undan teparoqda ajratuvchi to'qima qavati hosil bo'ladi. Epistil ajralgandan keyin gipostil ilmoqqa ega bo'ladi.
Boshqa ra'noguldoshlardagi kabi, gravilat yong'oqchalarida yaxshi ko'rinadiganqorin choki bu tipdagi mevachalaming nisbatan oddiyligidan darak beradi. Ba'zi ayiqtovondoshlar va ra'noguldoshlaming uzun tuklar bilan qoplangan ustunchalari anemoxoriyaga yordam beradi. Ko'p yong'oqchalilarga yertut mevalarini ham kiritish zarur. Agar yertut mevachalari hajmi kamayishi bilan gulo'rinning yiriklashishini ko'z oldimizga keltirsak, ularning mevalarini gravilat mevalari bilan tenglashtirsa bo'ladi, chunki gravilatdagi kabi ginofor yaqqol ko'rinadi. Yertut mevalariga bazistiliya xos, ustunchalari tugunchaning ustki qisrni bilan gul o'qining o'rtasida joylashadi. Bazistiliya tugunning notekis o'sishi natijasida hosil bo'ladi. Aksariyat mevalar gullagandan keyin o'sishda davom etsa, yertut mevasi gullagandan keyin birmuncha o'sadi, ustunchalari nobud bo'lib, to'kilib ketadi. Gulo'rin esa, aksincha, kuchli darajada o'sib ketadi. Yertut mevalariga tashqi ko' rinishi o'xshash bo'lmasa-da, umuman olganda sinorodiy nomi bilan yuritiladigan na'matak mevasi yaqin turadi. Asosiy farq shundan iboratki, qavariq o'q o'rnida qadahsimon qo'shma gipantiy paydo bo'ladi. Uning pastki qismiga yong'oqchalar birikkan; gipantiyning tor teshigidan uzun ustunchalar tashqariga chiqib turadi Ko 'pyong' oqchaning original tipi Hindiston nilufarida uchraydi. Uning gulo'rni kuchli darajada o'sib kattalashadi va har bir mevacha maxsus chuqurchalarda joylashadi. Ko'pdanaklar va danaklar bir urug'li sharbatli apokarp mevalari ichida uchrab turadi (masalan, malina, maymunjon). Bu o'simlildarning mevasi ko'p mayda danaklardan tuzilgan bo lib umumiy gu]o'rinida joylashgan. Har bir danakcha harbatli etdor mezokarpiyga va tosh hujayrali endokarpiyga ega. Endokarpiy ichida bitta urug' ho il bo'ladi. Danaklar soni qizil mayrnunjonda (kostyanika - Rubus saxatilis) 3- 6 tadan, malina va maymunjonda bir necha o'ntagacha bo'ladi. Malinaning ko p danakli mevasi pishganda qavariq gulo rindan osongina ajraladi. Maymunjon mevalari esa gulo'rinning o'zi joyls hgan qi mi bilan ajralib chiqadi. Bir danakJi mevalar ra'noguldo hlar oila ining olxo'ridoshlar kichik oilasiga xos. Danaklarda meva o'rami qavatlari aniq ajralgan. Xususan, danaklarning tuzilishi, jurnladan, ustki yuzaining tuzilishi o'ta xilma-xil. Gilos, olcha mevasining rnezokarpiy va endokarpiyga ajralishi gullash vaqtidayoq boshlanadi. Yo mevachada urug murtak endokarpiyning ichini to'liq egaUaydi. Bu vaqtd endokarpiy to'liq qotib bo'ladi, mezokarpiyesa hali uncha taraqqiy etmagan. Qorin choki egat sifatida yaxshi ko'rinadi. Bargak evolutsiyasining boshqa Yo'nalishida dukkak hosil bo'ladi. Dukkak bargakdan asosan urug'chibargning qorin choki bilan ham, o'rta tomiri bilan ham, ya'ni dorsoventritsidli ochilishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, dukkak pishganda urug'chibarglari bir onda buralib spirallashadi va urug'lami sochib yuboradi. Bunga mezokarpiydagi maxsus tolalar yordam beradi.
Ikki tomonlama ochiladigan quruq ko'p urug'li dukkak ko'pchilik kapalakdoshlarga (astragallar, mosh, loviya, lupin, drok va boshq.) xos. Sinkarp mevalar. Bulardan eng primitivlari - sinkarp ko'pbargakli. Bular apokarp mevalarga ancha yaqin, chunki apokarp tuzilishga yaqin bo'igan ginetseydan hosil bo'ladi. Bu kabi mevalar ayiqtovondoshlardan sedanaga xos. Urug'chibarglar to'liq tutashib o'sganda (ularning sonini meva tashqi ko'rinishidan ko'pincha aniqlab bo'imaydi) ulaming soniga teng bo'lgan uyali meva sinkarp ko'sakcha hosil bo'ladi. Ko'sakchalar har xii ikki va birpallalilar oilalari turlarida uchraydi, lekin aksariyati ustki tugundan hosil bo'ladi, masalan, lola, g'o'za mevalari. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ba'zi o'simliklar mevalari uyalari bo'yicha emas, balki to'siqlari bo'yicha (septitsidli) ochiladi. Birmuncha boshqacha uslublarda ochiladigan sinkarp meval ami yovvoyi xina, navro'zgul, zubturum, amarant va mingdevonada ko'rish mumkin. Sinkarp mevalar orasida ajraluvchi (bo'laklarga - bo'linma) nomli mevalar ko'p uchraydi. Ular to'siqlari bilan merikarpiylarga - tarkibiy qismlarga ajraladi, har bir merikarpiy bitta urug'- chibargdan tuzilgan. Oddiy hollarda bular hali uzunasiga ochiladigan mevalarga yaqin (sutlamalar). Bir urug'li tutashmagan qismlarga ajraladigan mevalar, ya'ni yassi bo'laklarga - «kulcha» larga (bo'lakJarga) ajraJadigan mevalar, gulxayridoshlarga xos. Buning ustiga ko ' pincha tushunchamizdagi mevaning ochilishi kuzatilmaydi. Ustki tugundan hosil bo'lgan sinobiylarda ajralish nafaqat ikki urug'chibarglar orasidagi to'siq orqali, balki unga ko'ndalang bo'lgan qo'shimcha to'siq bo'yicha ham amalga oshiriladi. Shunday qilib, tarqalish birligi yuqoridagilar kabi butun urug'chibarglarga emas, balki uning yarmiga teng; ikkita urug'chibargdan tuzilgan tugundan 4 ta «yong'oqcha» hosil bo'ladi. Tashqariga egilgan kosachabargchalar qismi va har xil ilmoqli o'simtalar ham Govzabondoshlar- Boraginaceae oilasi ko'pchilik vakillari mevalarining tarqalishiga yordam beradi. Bir qator o'simliklar sinkarp ho'l mevalar hosil qiladi. Masalan, uzum, kartoshka, pomidorlar ustki sin karp ho'l mevalardir. Bular danaklardan butun meva o'ramining sharbatli, spermodermaning esa qattiq (tosh hujayralarga ega) bo'lishi bilan farq qiladi. Xususan, pomidor mevasi diqqatga sazovordir. Boshqa ituzumdoshlardagi kabi tugun 2 uyali, 2 ta urug'chibargdan iborat. Urug'- murtaklari ko'p sonli. Madaniy navlariga ko'p uyali meva xos, bu hoI urug'chibargchalar sonining ko'payishi, bir necha gullarning tutashib o'sishi natijasidir. Pishish jarayonida meva xlorofillari yo'qoladi va karotinoid - likopin bilan boyiydi. Meva sharbati - pulpaning hosil bo'lishida, nafaqat, meva o'rami, balki o'ta taraqqiy etgan platsentalar ham qatnashadi, urug'lari ular massasi ichida cho'kkan holdajoylashadi. Sitruslilaming ustki sharbatli sinkarpiyalari gesperidiylari o'ziga xos mevalardir. Apelsinning tuguni ko'p uyali, platsentatsiya markazburchakli. To'siqlari yupqa, tugun devori, aksincha, qalin. Tugun devoridan taraqqiy etgan meva o'rami ko'p miqdorli efir moyli, sariq rangli, zich terisimon ekzokarpiyga va bulutsimon (g'ovak) oq mezokarpiyga - albedoga ajraladi. Iste'rnol qilinadigan meva qismi pulpa - perikarpiyning ichki tomonida hosil bo'lgan o'simtalar sharbatli qopchiqlarga aylanadi va sekin-asta tugunning ichini to'ldiradi va urug'lar orasiga o'sib kiradi. Albedo vaqt o'tishi bilan yemirilib ketuvchi to'qima va shuning uchun pishgan mevada perikarp pulpadan osongina ajraladi. Pastki tugundan hos bo 'lgan sinkarp sharbatli mevalar brusnikadoshlar va shilvidoshlarda ko'p uchraydi.(1.2-rasm)

mevasi maxsus o'rinni egallaydi, chunki u evolutsiyaning yetarli darajadagi pastki pog'onada mutaxassislanishi misolidir. Bu tipdagi mevalar ra'noguldoshlar oilasining olmadoshlar kichik oilasiga xos. Olmaning ko'ndalang kesmasida 5 ta bir urug'li uya mavjud. Har bir uyaning pergamentsimon devori bittadan urug'chibargdan tuzilgan, demak, ular ham 5 tao Urug'chibarglar bir-birlari bilantutashmaganligi uchun ba'zi olirnlar olmani apokarp mevalarga kiritishadi, boshqalari pergamentsimon qismini faqat endokarpiy, urug'chibargning tashqi to'qimalari etdor qismga aylanadi va butunlay gul naychalari to'qimalari bilan qo'shilib ketadi, deyishadi.
Anor mevasi ham pastki tugundan hosil bo'lib, pishganda noto'g'ri (qiyshiq) yoriqlar bilan ochiladigan yorug' terisimon meva o'ramga ega. Uyalari qip-qizil rangli, o'ta sharbatli qobiqli yirik urug'lar bilan to'lgan bo'lib, bu kabi urug'lar o'ta kam uchraydi. Hozirgacha ko'rilgan sinkarp mevalar - ko'p urug'li tuzilmalar. Endi bir urug'Ji sinkarp mevalarni ko'rib chiqamiz. Bular ham ko'p sonli va ustki tugundan ham, pastki tugundan ham hosil bo'ladi. Birinchisiga uzunligi 30 sm.gacha, eni 20 sm.gacha bo'lgan kokos yong'og'i kiradi. Urug'i eng yirik urug'lardan, oldin endosperrni suyuq bo'ladi. U «kokos suti» nomi bilan iste'mol qilinadi. Bir urug'li pastki sinkarp mevalar ichida har xil kuchalagullilar mevalari ma'lum (bularni ko'pincha yong'oqchalar deb nomlashadi, bu noto'g'ri. Yong'oqcha - apokarp meva). O'ta mutaxassislashgan meva - yong'oq, o'rrnon yong'og'i. Uning tuguni 2 ta tumshuqchaga ega bo'lgani uchun u 2 ta urug'chibargdan tuzilgan desak bo'ladi. Tugun ikki uyali, sinkarp, uyada bitta urug'murtak hosil bo'ladi. Lekin meva taraqqiyoti jarayonida to'siq ustunchaga aylanadi va faqat bitta urug'murtak taraqqiy etadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling