Kirish I bob. Meva haqida umumiy tushuncha


Download 0.51 Mb.
bet5/6
Sana13.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1194255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs botanika

2.2. Mevalarning ahamiyati
Ko'p mevalar odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. Quruq zooxor mevalar har xiI kampirchopondoshlarda, murakkabguldoshlarda qarmoqsimon, tikansimon o'simtalarga ega. Deyarli barcha rezavor mevalar ham zooxordir. Ko'pchilik mevalarni qushlar yeydi (omitoxoriya) , lekin hazm bo'lmaydigan urug'lami ekskreti bilan chiqarib tashlaydi. Urug'larning hazm bo'lmasligini toshhujayrali endokarpiy yoki qattiq urug' qobig'i ta'minlaydi. Ko'pchilik o'simliklar urug'lari (asosan, o'rmon o'simliklariniki) chumolilar bilan tarqaladi (mirmekoxoriya). Bunday urug'lar, odatda, har xii o'simtalarga (qarumqulalarga) ega bo'lib, ular chumolilami o'ziga jalb etadi; binafsha, qoncho'p va boshqalar shu kabi o'simtalarga ega. Mevalar va urug'larning biosenozlaming oziq zanjirida va xalq xo'jaligida ahamiyati o'ta katta. Mevalar yevropaliklar yemishining birmuncha qismini tashkil etadi. Osiyo va Afrikada ahamiyati undan ham kattaroq. Ovqatga g'alla ekinlari (bug'doy, sholi, makka, oq jo'xori, javdar, tariq, arpa, suli va boshq.) mevalari, boshqa kraxmalli o'simliklar (grechixa, non daraxti), oqsilga boy dukkakdoshlar (gorox, loviya, soya, yashil no'xat, dukkaklar, yasmiq) urug'lari, har xiI ra'noguldoshlaming rezavor mevalari (olma, nok, behi, olxo'ri, o'rik, shaftoli, olcha, gilos, malina, maymunjon, qulupnay, qorag'at, krijovnik, qizil chakanda, uzum, tut, har xiI sitruslar, xurmo, anor, ananas, tarvuz, qovun, bodring, pomidor, baqlajon va boshq.) ishlatiladi. Ichimliklar tayyorlash uchun qahva va kakao ekishadi, bular qandolatchilikda ham ishlatiladi. Ko'pchilik o'simliklar mevalaridan moy olinadi (kanakunjut, kungaboqar, saflor, gorchitsa, moyli palma).
Tolali o'simliklar sifatida g'o'za maxsus ahamiyatga ega. O'sirnlik mevalaridan turli xiI doriIar olinadi.



2.1 rasm
Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati. Mevalar, birinchi navbatda, o‘simliklaming ko‘payishi, tarqalishi va nasi qoldirishi uchun kerak. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklaming mevasidan tabiatdagi barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘kilib, chirib, yemi organik moddalarga boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mevalar bevosita tabiiyligicha iste’mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalari (oziq-ovqat, texnika, og‘ir sanoat, atir-upa)da foydalaniladi.
Darhaqiqat, juda qadim zamonlardan odamlar 0‘sim- liklaming yowoyi, keyinchalik esa madaniy navlarini ekib, har xil maqsadlarda foydalanib kelishgan. Masalan, mevasidan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tay- yorlashda (marmarak, zubturum, na’matak) oydalanishgan. Kundalik turmushimizda iste’mol qiladigon
n
onimiz bug‘doy unidan tayyorlanishi, yog‘imiz g‘o‘za chigiti, kun- gaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinishi hammamizga ma’lum. Shuning uchun ham ulami asrab-avaylash lozim.
2.2 rasm. Meva xillari


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, meva— yopiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻlar ekan. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi (partenokarp meva) urugʻlanishsiz yuzaga kelib urugʻsiz boʻlar ekan. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil boʻlishi(oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb atalar ekan. Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat ekanligini bilib oldik. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) mevalar bor bòlib, hoʻl mevalar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinar ekan. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻlar ekan. Quruq meva tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinishini: yongʻoq mevalar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista mevalar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha mevalar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali mevalar — urugʻida qanotchasimon parda boʻlar ekan (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan mevalar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratililar ekan. Bargak meva — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok meva — turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha meva — oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak meva — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchrar ekan. Boʻlinadigan mevalar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajralilar ekan (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning mevalari). Meva tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deyolmaymiz. Arman olimi A. L. Taxtajyan mevani tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp meva va tutashgan meva barglardan tuzilgan senokarp mevaga ajratishini òrgandik. Senokarp mevani sinkarp, parakarp valizikarpga ajratilib. Apokarp meva eng soddasi hisoblanar ekan. Mevaning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatish bòlib. Meva qat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlashini bilib oldik. Meva shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqalishini hamda meva qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning mevalarini odam va hayvonlar isteʼmol qilib, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanar ekan.
Begona va zaharli oʻsimliklarning mevasi xoʻjalikka zarar yetkazishini bilib oldik. Qandolatchilik mahsulotlari — shirinliklar, poliz ekinlari va mevali daraxtlar mahsuloti ham meva deyilishini yuqoridagi ma'lumotlarga asosolanib bilib oldik.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling