Kirish I bob mitoxondriyaning tuzilishi va rivojlanish tarixi
Mitoxondriya haqida umumiy ma’lumotlar va funksiyalari
Download 1.16 Mb.
|
bazarbayeva dilrabo ataulla qizi
1.1 Mitoxondriya haqida umumiy ma’lumotlar va funksiyalari
Mitoxondriya - bu juda katta sitozol organoidlar, ularning kattaligi ko'plab hujayralarning yadrosi, vakuolalari va xloroplastlaridan kattaroqdir; uning hajmi hujayraning umumiy hajmining 25 foizini tashkil qilishi mumkin. Ular xarakterli qurt yoki kolbasa shakliga ega va bir necha mikrometr uzunligini o'lchashlari mumkin. Mitoxondriyalar barcha aerob, eukariot hujayralarda mavjud. Ularning hujayralardagi soni ozmi-ko`pmi doimiy bo`lib, hujayraning tipiga ham bog`liq bo`ladi. Ba`zi adabiyotlarda ta`kidlanishicha, hujayraning rivojlanish stadiyasi va funksional aktivligiga bog`liq holda o`zgarib turishi ham mumkin (Бескина, 2002). Bizga ma`lumki, mitoxondriyalar hujayraning energetik manbai bo`lgan organoidi bo`lib hisoblanadi. Ular ko`pincha ATF zarurati tug`ilgan hujayralar strukturasi yaqinida yoki o`zlariga zarur bo`lgan hujayra “yoqilg`i” manbai yaqinida joylashadi. Faol ishlovchi muskul hujayralarida, masalan, hasharotlarning uchish muskullari hujayralarida, miofibrillalar yaqinida to`g`ri qator bo`lib joylashadi. Ana shunday joylashishi tufayli bu mitoxondriyalarda hosil bo`lgan ATF molekulalari miofibrillaning elementlariga yetib borishi ta`minlanadi (Алматов, 1986) Mitoxondriyalar o`lchami va shakli hujayra tipiga bog`liq holda kuchli o`zgarib turadi. Achitqi hujayralarida ularning shakli aylanaga yaqin, jigar hujayralarida kortok shaklida, buyrak hujayralarida silindr shaklida, fibroplastlarda esa ipsimon shakllarda bo`ladi. Plastinkasimon va yulduzsimon mitoxondriyalar ham uchrab turadi. Hujayraning metobolitik holatiga ko`ra, mitoxondriyaning shakli kabi hajmi ham tez va birdaniga o`zgarishga uchrashi mumkin. Mitoxondriyalar ko`pincha oxirlari bilan bir-biriga bog`lanadi va uzun ipsimon struktura hosil qilib, agregasiyalanadi. Bu borada kalamush jigari mitoxondriyalari kengroq o`rganilgan (Камбурова, 2001; Салиходжаева и др., 2002; Fiore et al., 2004; Чулиев, 2007) .
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling