Kirish I bob mitoxondriyaning tuzilishi va rivojlanish tarixi


Bakteriyalarda oksidlovchi fosforlanish


Download 1.16 Mb.
bet6/13
Sana28.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1136809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
bazarbayeva dilrabo ataulla qizi

Bakteriyalarda oksidlovchi fosforlanish.
Oksidlanishli fosforlanishga qodir bo'lgan prokaryotik hujayralarda trikarboksilik kislota siklining elementlari to'g'ridan-to'g'ri sitoplazmada lokalizatsiya qilinadi va nafas olish zanjiri va fosforillanish fermentlari hujayra membranasi bilan bog'liq bo'lib, uning sitoplazmaga chiqadigan qismlari bilan. mezosomalar deb ataladi (212-rasm). Shuni ta'kidlash kerakki, bunday bakterial mezosomalar nafaqat aerob nafas olish jarayonlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin, balki ba'zi turlarda hujayra bo'linishida, DNKning yangi hujayralarga tarqalish jarayonida, hujayra devorining shakllanishida, va boshqalar.

Ba'zi bakteriyalarning mezosomalarida plazma membranasida oksidlanish va ATP sintezining bog'langan jarayonlari amalga oshiriladi. Elektron mikroskopda eukaryotik hujayralar mitoxondriyalarida topilganlarga o'xshash sferik zarralar bakteriyalar plazma membranalarining fraktsiyalarida topilgan. Shunday qilib, oksidlovchi fosforlanishga qodir bakterial hujayralarda plazma membranasi eukaryotik hujayralardagi mitoxondriyaning ichki membranasiga o'xshash rol o'ynaydi


II BOB Mitoxondriyaning qismlari (tuzilishi)
2.1 Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi
Ma`lumki, mitoxondriya ikki membranali organoid hisoblanadi. Organellaning o`rab turgan tashqi silliq membrana chiziqlar va burmalarga ega emas, ichki membranada esa, ko`p sonli burmalar uchraydi, ularni kristalar deb ham yuritiladi. Jigar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo`lib, tartibli joylashmagan, buyrak va yurak mitoxondriyalarda esa ular soni juda ko`p bo`lib, ular bir-biriga juda jips joylashgan bo`ladi. Ayrim mitoxondriyalardagi kristalar oddiy barmoqsimon o`simta shaklida, lekin ko`pchilik organizmlarda ular murakkab to`r shaklida bo`ladi. Buning sababi shuki, oksidlanishli-fosforlanish va elektron tashish sistemasi (nafas zanjiri) funksiyalashuvida ishtirok etuvchi fermentlarning ichki membarana yuza maydonida joylashuvi tufayli bo`lsa kerak deb taxmin qilinadi. Keyingi olib borilgan ishlarda ta`kidlanishicha, mitoxondriyalar kristalarining murakkab bo`lishi, unda amalga oshadigan nafas olish jarayoni hamda oksidlanuvchi-fosforlanishning jadalligi bilan xarakterlanadi (Абдуллаев, 1989).


Mitoxondriyaning ichki bo`shlig`i – matriks deb yuritilib, u yarim suyuq, taxminan 50% oqsildan iborat va ingichka strukturaga ega bo`lgan modda bilan to`lgan. Matriksning struktura tuzilishi ham nafas olish aktivligining o`zgarishiga qarab ba`zi o`zgarishlarga uchraydi. Kristalar soni ko`p bo`lgan mitoxondrilarda matriks kam rivojlangan bo`ladi va aksincha, matriksda yuqori elektron zichlikni xarakterlovchi katta granulalar joylashgan bo`ladi.

Bu granulalarning ahamiyati to`lig`incha o`rganilgan emas. Ba`zi mitoxondrilarda ribosomalar aniqlangan, lekin elektron mikrofotografiyalarda ular ko`rinmaydi. Kengaytirilgan elektron mikroskopiya metodlarida aniqlanishicha, mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranasi ultrastrukturasiga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrimizda ta`kidlab o`tganimizdek, mitoxondriya tashqi tomondan ikki qavat yupqa parda (qobiq), ya`ni membrana bilan o`ralgandir. Tashqi membrana mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib tursa, ichki membrana esa xondrioplazmani ya`ni matriksni o`rab turadi. Ikkala membrana orasida bo`shliq bo`lib, u suyuqlik bilan to`la, uning qalinligi taxminan 100 A ga teng.

Ichki membranadan mitoxondriya markaziga tomon hayvonlarda plastinkasimon, o`simliklarda qing`ir-qiyshiq, egri-bugri naychalar shaklidagi kristalar joylashgan. Kristalar mitoxondriyaning ichki sathini kengaytiradi. Kristlarning ichidagi fazo ham perimitoxondrial faza matriksi bilan to`la bo`ladi.


Ichki membrananing mitoxondriya matriksiga qaragan sathida shakli qo`ziqoringa o`xshash elementlar (zarrachalar) tig`iz joylashgan. Bularga aksisoma (ATF-soma) deb atalib, diametri 70-90 A keladigan boshchaga, 40 A keladigan uzunlikdagi oyoqchaga ega.

Hujayrada mitoxondriyalarning soni har xil: spermatazoidlar hujayralarida 20-24 tagacha, gigant amyoba (Chaos-Chaos) hujayrasida 500 mingtagacha bo`ladi. Escherichia coli hujayrasida esa faqatgina 1 ta mitoxondriya bo`ladi. Hujayradagi mitoxondriya soni mitoz davrida mitoxondriyalarni bo`linish va qiz hujayralarning to`g`ri spirallanishi bilan xarakterlanadi. Mitoxondriyalarning shakli, strukturasi va o`lchami o`ziga xos, lekin ularning ichki membaranasi har xil tizimga ega. Masalan, kalamush jigari hujayralarining mitoxondriyalari o`rganilganda, ularning uzunligi 3 mkm, kengligi 0,5-1 mkm, o`rtacha quruq massasi 10-13 g ekanligi aniqlangan. Barcha kristalar yuzasining umumiy maydoni 16 mkm2 ni tashkil etgan. Ichki membranalar yuzasi 13 mkm2. Jigar hujayralarida taxminan 1000 ta mitoxondriya mavjud bo`lib, ularning umumiy membrana yuzasi 29000 mkm2 ga teng. Ya`ni, membarana yuzasi hujayranikidan 10 barobar ko`pdir.


Mitoxondriyalar ichki membranasida nafas olish zanjiri mavjud bo`lib, unda murakkab va ketma-ket boradigan murakkab bioenergetik jarayonlarni amalga oshishini ta`minlovchi fermentlar joylashgan. Nafas zanjirida ATF sintezi amalga oshiriladi. Bu jarayonda nafas zarjiri bo`ylab Н2 ning elektronlari (aniqrog`i protonlari) donordan akseptorga (reaktiv kisloodga) tashiladi. Bu vaqtda substratlarning oksidlanishi hamda elektron tashilishi jarayonida hosil bo`lgan kinetik energiya ATF ning kimyoviy bog`larida kimyoviy energiya ko`rinishida bog`lanadi. Zanjir oxirida turgan reaktiv O2 Н2 elektronlarini neytrallaydi va suv hosil bo`ladi.
Hozirgi kunga davr tashqi va ichki membrananing tuzilishi va ularning xususiyatlari to`g`risida to`liq bir fikrga kelinganicha, yo`q. Bu borada turli-tuman fikrlar va qarashlar mavjud. A.I.Gagelgans ma`lumotlarida keltirilishicha, mitoxondriyaning tashqi membranasida o`ziga xos fermentlar tizimi mavjudki, ular ham mitoxondriya membranasidan moddalarning transport qilinishida muhim ahamiyatga ega (Гагельганс, 2001).
Jumladan, tashqi membrana ichki membranaga qaraganda biroz yirikrok ion va molekulalarni ham o`tkazuvchan bo`lsa, undan farq qilgan holda ichki membrana bunday yirik molekular va ionlarga nisbatan o`tkazuvchan emas. Ichki membrana 1200 pS gacha kattalikdagi ionlarni o`tgazish xususiyatiga ega bo`lib, undan yiriklari to`g`ridan-to`g`ri o`ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.
Xulosa o`rnida ta`kidlash mumkinki, mitoxondriyalar hujayralar hayot faoliyatidagi eng muhim organoid bo`lib, ancha murakkab tuzilgan. Ular o`zining DNK strukturasiga ega. Shu boisdan ham ularga yarim avtonom organoidlar deb qaraladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling