Kirish I bob. Nazariy qism


Download 48.08 Kb.
bet19/22
Sana02.01.2022
Hajmi48.08 Kb.
#188532
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
OPERATORLARNI QAYTA YUKLASH 2

Klass funksiyalari

Klass funksiyalari klass maydonlari ustida aniqlangan funksionallikni o‘zida saqlaydi. Funksiyalar sifatida metodlar, xususiyatlar,



konstruktorlar, destruktorlar, operatorlar va indeksatorlar kelishi mumkin.

Metodlar – ma’lum bir klass bilan bog‘langan funksiyalar hisoblanadi. Bunday funksiyalar sifatida klass nusxasi metodlari yoki klass nusxasi hosil qilinishini talab qilmaydigan statik metodlar (masalan, Console.WriteLine) tushuniladi.

Xususiyatlar – mijoz tomonidan murojaat qilish imkoni mumkin bo‘lgan funksiyalar bo‘lib, klassning ochiq maydonlariga o‘xshash. C# tilida xususiyatlar bilan ishlovchi maxsus read va write sintaksislari mavjud. Xususiyatlar maxsus sintaksisga ega bo‘lib, oddiy funksiyadan farq qiladi.

Konstruktorlar – klass nusxasi hosil qilinganda avtomatik chaqriladigan funksiya hisoblanadi. Ushbu funksiyalarning nomi klass nomi bilan ustma-ust tushishi va hech qanday qiymat qaytarmasligi lozim. Konstruktorlar klass nusxasi osil qilinganda maydonlarga boshlang‘ich qiymat berishda foydalaniladi.

Destruktorlar – konstruktorlarga o‘xshash bo‘lib, klass nusxasi xotiradan o‘chirilganda avtomatik chaqiriladi. Ular ham klass nomi kabi nomlanib, oldiniga tild belgisi (-) qo‘yiladi. Dasturning keraksiz ma’lumotlardan tozalashni CLR bajarishini inobatga olib, qachon destruktor chaqirilishini aytish qiyin. C# tilida destruktorlar kamroq qo‘llaniladi

 Klass operatsiyalari 5-bobda keltiriladi

 Klass indeksatorlari – obyektlarni massiv va kolleksiya kabi indekslash uchun qo‘llaniladi. Indeksatorlar 5-bobda keltiriladi.
Metodlar

VB, C va C++ tillarida global funksiyalarni hosil qilish mumkin bo‘lib, C# tilida bu amalni bajarish mumkin emas. C# tilida har bir funksiya biror klass yoki tuzilma ichida bo‘lishi lozim. YA’ni C# tilida har bir funksiya metod hisoblanadi.




Download 48.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling