Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


Download 28.49 Kb.
bet2/19
Sana13.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1000883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ona tili o\'qitish

5 ta tashabbusning to‘rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ibqilish masalalari bo‘yicha bo’lib bundan ko'zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir.

Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi.

Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

KURS ISHINING M A Q S A D I:

Sinfdan tashqari o’qish darslarini samarali tashkil etish usullarini ishlab chiqish.

KURS ISHINING VAZIFALAR I :

1. Mavzuga oid ilmiy – metodik manbalar, Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi talablari asosida boshlang'ich sinflar o'quv faoliyatini dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.

2. Savod o'rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslari ustida ishlashning eng qulay ta'limiy – didaktik usullarni tadqiq etish.

3. Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslarida kitob tanlab oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash.



Savod o‘rgatish davri o‘qish darslarida doirasidagi ishlarni, meyoriy hujjatlarni, DTS va o‘quv dasturlari mazmunini va talablarini hamda olib borilgan tadqiqot ishlarinio‘rganish, tahlil qilish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:


Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling