Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o`qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi


Download 28.49 Kb.
bet9/19
Sana13.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1000883
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Kurs ona tili o\'qitish

Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o`qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi:

O`quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajmli kitob bilan tanishtiriladi. O`quvchilar o`qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko`rsatishi va asarni o`qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko`ra , olti yoshlarga ko`rsatiladigan va o`qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli , undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo`lishi kerak.

2. Mashg`ulotda o`qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo`yilishi lozim. Kitob ustida ishlab bo`lingach u sinf kutubxonasiga qo`yiladi. O`quvchilarga bo`sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.

3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o`quvchilarda o`qishga qiziqish uyg`otadi.

4. Sinfdan tashqari o`qish jarayonida nutq o`stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O`quvchilardan savollarga to`g`ri, tushinib va so`zlarni o`rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.

5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga rioya qilish maqsadga muofiqdir:

- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o`qish. Asarning ayrim o`rinlarini yoddan aytish. O`qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay , bir joyda turish.

- O`qituvchi kitobni o`qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko`rsatmasligi kerak. CHunki o`quvchilar diqqati bo`linadi.

- Kitob va undagi rasmlarni o`quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko`rishga sharoit yaratish, o`qiy oladigan ayrim o`quvchilarga ba’zi gap, so`z va bug`inlarni o`qitish ham maqsadga muofiqdir.Tanishtirilayotgan kitob yoki o`qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o`quvchi doska oldiga chiqib o`z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarni ko`rsatishi mumkin.

Mashg`ulot davomida kitobni ko`rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:

kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;


Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling