Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


Download 28.49 Kb.
bet11/19
Sana13.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1000883
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Kurs ona tili o\'qitish

O`qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to`xtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o`quvchilar fikri eshitilib , to`ldiriladi. O`quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o`quvchilarga o`qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o`quvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va ko`nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig`i berilib, dars yakunlanadi.

Boshlang'ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg’ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo'shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdir. Huddi dars bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o'z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, o'quvchi kundalik hayotining namoyon bo'lishidir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqaritarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo'yadi. Ularning hjarayonidaar biri o'zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o'quvchilar hayoti bilan ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8-mart, Navro'z bayrami, gullar bayrami kabilar.


Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling