Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.
Dispers tizimlar
Dispers muhit va dispers fazadan iborat aralashmaga dispers tizim deb ataladi. Bizning misolimizda oqova suvlar dispers muhit va qattiq jinslar dispers fazasidan iborat. Zarrachalarni vaqt davomida cho‗kmaga tushish dinamikasi cho‗kish kinetikasi bilan ifodaladi. Oqova suvlarning ifloslanish darajasi iflosliklarning ulushi orqali baholananib, bu ko‗rsatgich bir hajm (litr yoki mі) suvda u yoki bu ifloslikning massasiga aytiladi va mg/l, g/mі o‗lchov birligiga ega. Ammo ayrim hollarda moddalar ulushi ekvivalent (mg ekv/l) shaklda belgilanishi mumkin.
Kolloidli eritmalarni asosan oqova suvlardagi gidrofilli va gidrofabli kolloidlar hosil qiladi. Gidrofilli kolloidlar dispersiyali zarrachalarni suv molekulalari bilan birlashtirish qobiliyatiga egadir, dispersiyali muhit bo‗lib xizmat qiladi. Ular asosan organik birikmalardan, katta molekulyar og‗irlikka ega bo‗lgan uglevod, oqsil, organik moddalari va mikrojonzodlardan tashkil qiladi. Gidrofabli kolloidlar dispersiyali zarrachalarni suv molekulalari bilan birlashtirish qobiliyatiga ega emaslar va ularga loy, temir, alyumin oksidlari, kulsizlantirilgan ko‗mir va boshqalar kiradi. Aerobli va anaerob jarayonlar oqova suv tarkibidagi organik iflos moddalar bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun oqova suvlarni tozalashda ularning tarkibidagi iflos moddalarni ayniqsa organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlantirish muhim omillardan biridir. Murakkab organik birikmalar biokimyoviy jarayonlar natijasida parchalanib, SO 2
13
va N 2 O tashkil qiladi.
Bunday jarayonlarni organik moddalarning mineralizatsiyalash deyiladi. Organik moddalarning barqarorligi mikrojonzodlar ta‘sirida amalga oshiriladi, ular bu moddalardan oziqlanish vaqtida ularni plastik materiallar o‗rnida ishlatadilar - mikrojonzodlar tanasini qurush uchun ( pazma, qobiq) va energetik - o‗zlarining yashashlari uchun, ikki turdagi mikrojonzodlarga ajratiladi - aerobli va aerobsiz. Birinchisi havodagi kislorodga muhtoj, ikkinchisi kislorodli muhitda yashay olmaydi. Aerobli biokimyoviy jarayonda tarkibida uglerod, azot, fosfor, oltingugurt bo‗lgan organik moddalar oksidlanadi va mineral tuzlar ( korbonat angidridi, oltingugurt angidridi, fosfor angidridi) hamda karbonat kislotalar xosil qiladi. Aerobli jarayon natijasida ( qayta tiklashnishda) asosan gazlar hosil bo‗ladi ( metan SN 4 , karbonat kislota SO 2 , ammiak NH 3 va vodorod N 2 ) , hamda organik moddalarning parchalangandagi oraliq moddalar. Aerobli jarayonlar asosan tarkibida organik chiqindilar bo‗lgan oqova suvlarni tozalashda qo‗llaniladi. Aerobsiz jarayonlar oqova suv tarkibidan ajratib olingan cho‗kindilarni achitish va zararsizlantirishda qo‗llaniladi, hamda tarkibida organik moddalar bo‗lgan sanoat oqova suvlarini tozalashda qo‗llaniladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling