Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida


Oqova suvlarning tarkibi va iflosliligi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#227145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.

Oqova suvlarning tarkibi va iflosliligi. 

             Oqova  suvlar  tarkibidagi  iflosliklar  tuzilishi  bo‗yicha  mineral,  organik  va 

biologik  moddalardan iborat  bo‗lishi mumkin: 

Mineral moddalar qum, shisha, tuproq, shlak, metall zarrachalari, kukunlar, 

tuzlar,  kislotalar,  ishqorlar  va  boshqa  moddalardan  tashkil  topgan.  Organik 

moddalar nixoyatda xilma xil bo‗lib, xom ashyo, qog‗oz, mato, reagentlar, ishlab 

chiqorish  mahsulotlari,  organik  kislotalardan,  inson  va  hayvonot    fiziologik 

axlatlaridan  va  o‗simlik  qoldiqlaridan  iborat.  Organik  moddalar  tarkibidagi 

uglerod, azot, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt elementlari borligi bilan ajralib 

turadi.  Organik  moddalarni,  o‗z  navbatida  biologik  va  bakteriologik  sinflarga 

ajratish  mumkin.    Biologik  sinfga  mikroorganizmlar,  zamburug‗lar,  bakteriyalar, 

mayin  suv  o‗tlari,  viruslar  kiradi.    Bakteriologik  sinfga  esa  yuqumli  kasalliklar 

qo‗zg‗atuvchi,  tashuvchi  mikroorganizmlar  kiradi.  Oqova  suvlarda  tif,  paratif, 

dizentiriya,  sibir  yazvasi,  gelmintlar  kabi  patogen  bakteriyalarning  bo‗lishi 

mumkin. 


Ifloslantiruvchi  moddalar  suvda  yirik  disperslangan  holda  (zarrachalar 

o‗lchami 0,1 mkm dan yirik ), suspenziya, ko‘pik va emulsiya holida (0,1 mkm -

0,1 mm gacha), kolloid holda (0,1-0,001 mkm) va erigan holda bo‗lishi mumkin. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling