Oqova suvlarni tabiiy sharoitda tozalash
Biokimyoviy tozalashning aerob jarayonlari tabiiy sharoitlarda va sun‘iy
inshootlarda o‘tishi mumkin. Tabiiy sharoitlarda tozalash obodonlashtirish
maydonlarida, filtrlash maydonlarida va biologik hovuzlarda boradi. Sun‘iy
inshootlar sifatida ayerotenk va turli konstruksiyali biofiltrlar xizmat qiladi.
Inshoot turi zavodning joylashuv maydonini, klimatik sharoitlarni, suv ta‘minoti
manbalarini, sanoat va ma‘ishiy oqova suvlar hajmini, iflosliklarning ulushi va
tarkibini hisobga olgan holda tanlanadi. Suniy inshootlarda tozalash jarayonlari
juda katta tezlik bilan boradi, tabiiy sharoitlarda esa undan sekinroq boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |