ular orasidan tozalanadigan oqova suvlar oqib o‗tadi. Panjaralarda oqova suvlar
tarkibidagi dag‗al iflos moddalar tutib qolinadi. Temir tayoqchalar bir - biridan ma‘lum
bir masofada joylashtiriladi, tutib qolinadigan iflos moddalarning katta - kichikligi
chiqindilar bilan tiqilib qolmasligi va qo‗shimcha bosim hosil qilmasligi uchun
panjaralar muntazam ravishda tozalanib turishi kerak.
orasidagi masofa kengligi 5 mm dan 25 mm gacha bo‗lgan panjaralar mavjud.
Amalda panjara tayoqchalari orasidagi masofaning kengligi 16 mm, kichik bo‗lganlari
25
Panjaralar konstruksiya bo‗yicha qimirlaydigan va qimirlamaydigan turlarga
bo‗linadi. Qimirlaydigan (harakatlanadigan) turdagi panjaralar vaqti - vaqti bilan oqova
suvlardan tashqariga chiqarilib tozalanadi.
Tutilgan chiqindilar qo‗lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan usulda tozalanadi.
Panjaralarni chiqindilardan tozalash qulay bo‗lishi uchun gorizontga nisbatan
ma‘lum bir burchak ostida, 45
0
dan 90
0
gacha, ko‗pincha 60
0
burchak ostida o‗rnatiladi.
Panjara tayoqchalarining ko‗ndalang kesimi yuzasi to‗g‗ri burchak
shaklida 10x40 va 8x60 mm, dumaloq shaklda D- 10mm, tayoqchalarning
pastki va yuqori qismidan doira shaklida yo‗naltirilgan bo‗lishi mumkin.
5-rasm. Panjarani o‘rnatish shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: