Kirish I bob. O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari


Download 219 Kb.
bet12/14
Sana05.01.2022
Hajmi219 Kb.
#217785
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari

UMUMIY XULOSALAR

Hozirgi davrda mamlakamizda olib borilayotgan barcha ishlarning, isloxotlarning negizida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, insoniy fazilatlari yuksak darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash yotadi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanish yoshlarimizda mustahkam ma’naviy – axloqiy e’tiqodni shakllantirishni talab qilmoqda. Boy ma’naviy olamni shakllantirish yoshlarni intellektual salohiyatini oshirishga, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga, Vatan manfaatini o‘z manfaatlaridan ustun kuyish, yurt tabiati va boyliklarini asrash eng asosiysi Vatanga nisbatan chin e’tiqodni tarbiyalash ota-onalar hamda tarbiyachi-pedagoglarning birinchi darajali vazifasidir.

Mamlakatimizni rivojlantirish, dunyo miqyosiga olib chiqish bugungi yosh avlodning burchi va vazifasidir. Bu borada ularda yuqorida aytganimizdek chin e’tiqodni shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash xalqimiz va hukumatimizning vazifasidir. Buyuk alloma, mutafakkirlarimizning ma’naviy merosi, xalqimizning boy og‘zaki ijodi, yozma manbalari, go‘zal bayramlari hamda urf-odatlari, xalq xunarmandchiligi, ulkashunoslik manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasidagi benihoya qimmatli boylikdir. Uzluksiz pedagogik ta’lim-tarbiya tizimi yosh avlodda, jumladan maktab o‘quvchilarida asosiy axloqiy fazilatlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi:

- vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, elga hurmat va sadoqat, xalq tashvishi va quvonchiga hamdam bo‘lish, xamdardlik, chin qo‘shnichilik munosabatlari, ajdodlarga hurmat-ehtirom, ularning merosini ardoqlash, avaylab-asrash, o‘qib-o‘rganish singari ishlarni davom ettirish;

- oilaga sadoqat, ichkilik, giyohvandlik kabi nomaqul odatlarga, yot g‘oyalarga berilmaslik, diyonatli va vijdonli bo‘lish, o‘z nomusi va oriyati uchun kurashish;

- ota-onaga va ustozga hurmat, kichik va katta yoshdagilarga mexribonlik, yordamga muhtojlarga mehr-shafqatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish, adolatlilik, rostguylik, yaxshilikka intilish, go‘zallikni tushunish, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga ongli munosabat, yaratuvchanlik singari axloqiy fazilatlarni o‘z tabiatiga singdirish.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra shuni aniqladikki maktab o‘quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda faqat darsliklarda berilgan materiallarga tayanib ish qilinadi. Vaxolanki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham bu kabi tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirsa bo‘ladi. Ba’zi maktab o‘qituvchilari bu masalaga yuzaki qaraydilar.

Tadqiqot boshida maktab o‘quvchilarining ma’naviy – axloqiy sifatlarida ba’zi kamchiliklar ko‘zga tashlangan bo‘lsa dars jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar natijasida ko‘pchilik o‘quvchilarda ijobiy tomonga o‘zgarish hollarini kuzatdik. Ularda milliy qadriyatlarimizga nisbatan qizishni kuzatish bilan birga ularda, faollik, tashabbuskorlikni o‘sganligining guvohi bo‘ldik. Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni keltirdik:

1. Hozirgi davrda o‘quvchilarni ma’naviy – axloqiy tarbiyasi davr talabi bulib, bu esa pedagogik jarayon zimmasiga katta ma’suliyatni yuklaydi.

2. Maktabda ma’naviy – axloqiy tarbiyani tizimli tashkil etish o‘quvchilarda axloqiy sifatlarning yanada takomillashuvi bilan birga, kelajakda, xayotda, jamiyatda o‘z yo‘llarini tanlashi, mustahkam e’tiqodli insonlar bo‘lib yetishuviga hamda o‘zlarida mavjud bo‘lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.

3. Bitiriuv malakavimy ishimiz yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarimizda maktab o‘quvchilarini ma’naviy axloqiy tarbiyalashga yaqindan yondashildi, ya’ni milliy qadriyatlarimiz namunalari xalqimizning o‘lmas merosi tarbiya vositasi siftida o‘rganildi. Ma’naviy – axloqiy sifatlar insoniy sifatlarning eng sara namunasi sifatida baholandi.

4. Milliy qadriyatlarni o‘rganish orkali maktab o‘quvchilarida ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning eng qulay vositalaridan biri ma’naviyatli inson ideali xisoblanadi, bular misolida Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Alisher Navoiy kabi xalq ma’rifatparvarlari, Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi kabi jasur, mard insonlar va boshqa ko‘plab o‘zbek xalqining buyuk siymolarini keltirish mumkin.

5. Maktabda o‘quvchilarni ma’naviy - axloqiy tarbiyalash maktabdagi tarbiyaviy ishlarning asosi hisoblanib, bu ishlarga maktabdan boshlab e’tibor qaratilsa yaxshi samara berishi mumkin.

6. Maktab o‘quvchilarida ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashda maktab va oila hamkorligi muhim ahamiyatga egaligi isbotlandi.





Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling