Kirish I. Bob. O’zbekiston "Qizil kitobi"


I. Bob. O’zbekiston “Qizil kitobi”


Download 1.27 Mb.
bet3/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1247528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o\'simliklar va ularni ahamiyati

I. Bob. O’zbekiston “Qizil kitobi”
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy tushuncha
Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
1948-yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966-yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.
Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974-yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984-yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan.

1.1.1-rasm. Qizil kitob

Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi:


1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar;
2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar;
3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar;
4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga koʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998-yilda qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003-yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda

1.1.2-rasm. Qizil kitob
. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi.
O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling