Kirish I. Bob. O’zbekiston "Qizil kitobi"
-rasm.Sargish va qizil lolalar
Download 1.27 Mb.
|
O\'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o\'simliklar va ularni ahamiyati
2.2.3-rasm.Sargish va qizil lolalar
2.4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: botanika kolleksiyasi — ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‘plami (gerbariylar, urug‘lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‘larida, dendrologiya bog‘larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, o‘tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‘stloq, barglar, g‘unchalar, gullar, urug‘lar, mevalar, sharbat (elim) va boshqa mahsulotlar; o‘simlik dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‘sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‘simliklar majmui; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish — o‘simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga, uning yo‘q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat 4-modda. O‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik O‘simlik dunyosi umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Tabiiy muhitda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar davlat mulkidir. Sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lishi mumkin. 5-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlari O‘simlik dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat: yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar; yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari; botanika kolleksiyalari. 6-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish borasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi. Xulosa Men ushbu kurs ishim orqali nafaqat mustaqil ta’lim olish balki o’simliklar dunyosi, o’simliklarning turlari va ularni himoya qilish haqida to’liq ma’lumot oldim. Nafaqat ma’lumot balki hozirgi rivojlangan dunyoda ular haqida yangiliklar, o’simliklarni himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish kerakligini yana bir bor tushunib yetdim. Hozirgi paytda butun dunyo bo’yicha sanoat, transport, transport va h.k. kabi sohalar va fanlar rivojlanayotgan davrda biz atrof-muhitga e’tiborli bo’lishimiz darkor. Shu sababli atrof-muhitni toza, ozoda va havoni saqlashda o’simliklarning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun har bir o’simlikni asrab-avaylashimiz, ularni parvarish qilib, o’z ekologiyamizni saqlashimiz insoniyatning kelajagi uchun juda muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’simlikning bir tola bargi ham biz uchun qadrli bo’lishi kerak. Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. Ushbu kur ishim orqali men Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’lishligini tushundim. Hamda bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi. Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir. Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan. Inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to‘g‘ri tushunish va baholash uchun bu jarayonlarni o‘rganish zarur. Atrof-muhitning holatini kuzatish formalaridan biri xalqaro miqyosda biosfera qo‘riqxonalari asosida monitoring (kontrollik) xizmatining global tizimlarini yaratishdir. Biosfera qo‘riqxonalari biosferaning global umumiy holati (foni) va uning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishining an’analari haqida axborotlar manbai bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda YUNESKOning tashabbusi bilan dunyo biosfera qo‘riqxonalari tashkil qilindi. Bu qo‘riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda hayvon va o‘simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik monitoring bo‘yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) tekshirishlar olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo‘jaliklar (o‘rmonlar barpo qilish, yerlarni o‘zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion foydalanish va boshqalar) ta’sirining harakteri va darajasini aniqlash ko‘zda tutiladi. Biosfera qo‘riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o‘simlik va hayvonot dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini saqlash maqsadida tashkil qilinadi. Biosfera qo‘riqxonalari uchun hudud tanlanganda, birinchi navbatda, landshaftlarning tipiklik va reprezentativlik usuliga amal qilinadi. O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq. O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi. Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi. Ushbu kurs ishim Qizil kitob to’g’risidagi barcha ma’lumotlarini yoritishga harakat qildim. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling