Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi


yil Toʻqimachilik oʻquv va tadqiqot texnoparkining poydevoriga birinchi toshni qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. 2017-2019


Download 0.7 Mb.
bet11/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1093556
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
LAYLO 1

2016 yil
Toʻqimachilik oʻquv va tadqiqot texnoparkining poydevoriga birinchi toshni qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
2017-2019
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasini yaratildi, birinchi marta Toshkentda Global [18].


2.3. Ipak va toʻqimachilik


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ularning samarasi oʻlaroq soʻnggi uch yil ichida toʻqimachilik sohasida ishlab chiqarish deyarli ikki barobar koʻpaydi va paxta tolasini qayta ishlash hajmi 2016-yildagi 410 ming tonnadan 2019-yilda 760 ming tonnagacha, natijada mikrofirma hamda kichik korxonalar tomonidan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oshib, mahsulot eksporti qiymati 2 milliard dollargacha koʻtarildi. Aniq maʻlumotlarga tayanadigan boʻlsak, Oʻzbekiston Statistika Davlat Qoʻmitasining taqdim etgan maʻlumotlariga asosan, yuqoridagi 1-jadvalni koʻrib chiqaylik, jadval maʻlumotlaridan koʻrinib turibdiki, ishlab chiqaruvchilar, investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar natijasida paxta tolasini yetishtirish hajmi 2020 yil yanvar-aprel davrlariga nisbatan 2021 yilning toʻrt oyi davomida 36,6 ming tonnaga oshib, 290,2 ming tonnani tashkil qilgan [15].


Davlat Statistika Qoʻmitasining toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlanish miqdori boʻyicha bergan maʻlumotiga koʻra, 2021-yilning oʻtgan toʻrt oyi
davomida ishlab chiqarish surʻati keskin ravishda 2020-yil mos davriga nisbatan 22,2 foizga oshib, jahon bozoriga tayyor mahsulot sotish koʻrsatkichi oʻsayotganligini koʻrishimiz mumkin, bu ham boʻlsa qabul qilinayotgan qarorlar, ishlab chiqilayotgan dasturlar eng dolzarb va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganligini bildiradi.
Qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotni dunyo bozoriga yetkazib berishning asosiy maqsadi, xomashyoni chuqur qayta ishlab isteʻmolga tayyor holatda bozorga chiqarilsa, avvalo, xalqimiz ish bilan taʻminlanadi, pulimizning qadri oshadi, bozorlarimiz turli mahsulotlar bilan toʻyinadi va albatta, xalqimizning turmush farovonligi oshishining kafolatidir.
Shuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirishni taʻminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar izchil roʻyobga chiqarilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish boʻyicha bir qator Farmon va Qarorlar qabul qildi
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar, 38-sonli "Respublika toʻqimachilik tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori esa tarmoqqa investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirishda asosiy turtki vazifasini bajardi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-2008 yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” gi hamda “2007-2011-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik-texnologik qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” gi qarori “2015-2019 yillardagi sanoatni tarkibiy oʻzgartirish, asosiy sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiyalash toʻgʻrsidagi” maxsus qarorlari yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishini ragʻbatlantirish, uni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish, faol investitsion siyosat, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish hamda texnikaviy qayta jihozlash hisobiga yangi ish oʻrinlari barpo etishni taʻminlashning asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu tahliliy maʻlumotlarga suyangan holda mamlakatimizda paxta xomashyosini toʻliq qayta ishlash va undan gazlama, tayyor kiyim ishlab chiqarish tsiklini toʻla muvofiqlashtiruvchi innovatsion tizimni shakllantirish, paxtani qayta ishlovchi va toʻqimachilik korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻlaroq foydalanishi, shu asosda iqtisodiy samaradorlikka erishishni yanada oshirish lozim.
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda xalqaro amaliyot tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asosan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallardan foydalangan tarzda yengil konstruktsiyali tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha yakka tartibdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqish topshirigʻi berilgan edi. Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra, 2007 yilda Namangan viloyati Chust tumanidagi “Chust textile” xususiy korxonasini tashkil etildi. Bu korxonaning asosiy ustun jahati korxona binolari koʻp materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilishning oʻzidan olti millio dollar iqtisod qilingan [16; 216-231-b].
Yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʻminlash - davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu maqsadda shahar va tumanlarda toʻqimachilik majmualari tashkil etilmoqda. Chunki buning uchun xomashyo, infratuzilma va bozor bor.
“Chust textile” korxonasi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Fabrikaning ikkita kompleksida 1 ming 300 kishi mehnat qilmoqda.
Korxona buyurtmaga qarab, barcha turdagi ustki va ichki kiyimlarni ishlab chiqarishi mumkin. 2020-yilda qariyb 2 ming tonna mato hamda 5 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Italiya, Rossiya, Qozogʻiston va Tojikiston kabi davlatlarga 9 million dollardan ziyod eksport qilingan. Joriy yilda eksportni 12 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Yana bir jihati, Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, angar usulida korxona qurish va ishga tushirish mahsulot tannarxiga, raqobatbardoshligiga taʻsiri yuqori, boshqa toʻqimachilik majmualarini ham shunday loyiha asosida qurish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berilmoqda.
“Chust textile” loyihasining umumiy qiymati qariyb 12 million dollar boʻlib, uch bosqichga moʻljallangan. Toʻliq quvvatda yiliga 5 ming tonna mato, 15 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish mumkin boʻladi. Ishchilar sonini 2200 ga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, bir qator olis hududlarda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa band boʻlmagan ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashni taqozo etmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 28-may kuni PQ-4341-sonli “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Qarorining qabul qilinishi ushbu muammolarning yechimi boʻldi.
Ushbu qaror asosida, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini diversifikatsiyalash, olis hududlarda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali qoʻshimcha yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, "Oʻzpaxtasanoat" AJ va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining respublika hududlarida “Oʻzpaxtasanoat” AJ tashabbuskorligida yengil konstruktsiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino-inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun istisno tariqasida foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat obyektlarini “nol” qiymatda berilmoqda [10].
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga viloyatlarda faoliyat yuritayotgan tikuv-trikotaj korxonalari va amalga oshirilayotgan loyihalarni malakali kadrlar bilan taʻminlash, jumladan, tugatilayotgan kollejlar negizida Oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar yuritilmoqda
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirilib, toʻqimachilik sanoati sohasida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoj taʻminlansa, mamlakatimizda keng turdagi sifatli toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashning sifati ortadi, natijada xalqimiz turmushi farovonligi yanada yuksaladi [5].

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling