Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi


Olmaliq kon metalurgiya kombinati


Download 0.7 Mb.
bet6/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1093556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
LAYLO 1

1.3. Olmaliq kon metalurgiya kombinati


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati  — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis ishlab chiqarish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi) dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshin ̶ rux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Grour“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbob ̶ uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi [30].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga karxona tashkil topganligining qutlugʻ 70 yillik sanasi munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
Kombinat tarixi respublikamizda rangli, nodir va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda ularni qayta ishlashga qaratilgan mutlaqo yangi tarmoqning yaratilishi hamda yirik ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy Olmaliq shahrining paydo boʻlishi bilan bevosita bogʻliqdir. Bu tarix zamirida shonli anʼanalarni munosib davom ettirayotgan, butun bilim va tajribasi, mahorati, qalb qoʻrini oʻz ishiga baxshida etib, fidokorona mehnat qilayotgan ming-minglab odamlarning juda katta mashaqqatli xizmatlari mujassam”, – deyiladi tabriknomada.
Ushbu kombinat mamlakatimizda rangli metallurgiya sanoatining yetakchisi boʻlib, unda 35 minglik jamoa mehnat qilmoqda.
Oʻtgan yili qabul qilingan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaror korxona faoliyati uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilgʻor texnologiyalar asosida, yetakchi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal oʻzlashtirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oshirilib, ularning 70 foizdan ortigʻi eksport qilinmoqda.
Jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida ishlab chiqarishning oʻsishi va samaradorligini taʼminlash maqsadida kombinatning uzoq muddatli modernizatsiya dasturi ishlab chiqildi.
Ayni paytda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida barpo etilgan Angren quvur zavodi, Jizzax viloyatida sement zavodi foydalanishga topshirildi [25; 226-230-b].
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari hududida eng yirik – bir yilda 60 million tonna rudani qayta ishlash salohiyatiga ega boʻlgan mis boyitish fabrikasi va boshqa zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining qurilishi boshlandi.
Eng muhimi, olib borilayotgan jadal va tizimli bunyodkorlik ishlari natijasida mahalliy aholi uchun minglab qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Yaqin yillarda kombinatni modernizatsiya qilish dasturi doirasida 2023 ̶ yilga kelib ishlab chiqarish hajmining 2,5 barobarga oʻsishini taʼminlovchi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.
Olmaliqda faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universitetining filiali, shuningdek, oʻtgan yili tashkil etilgan Rossiya Federatsiyasining Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Moskva poʻlat va qotishmalar instituti filiali belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlashga qodir boʻlgan zamonaviy va yetuk mutaxassislarni tayyorlashga munosib xizmat qilmoqda.
Korxonaning ishchi-xodimlar uchun munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berilmoqda.
Bugun bu yerda zamonaviy uylar, madaniyat va sport maskanlari, ravon koʻchalar, koʻrkam va fayzli goʻshalar, bir soʻz bilan aytganda, zarur infratuzilmalar bunyod etilmoqda. Bu beqiyos ragʻbat va eʼtiborning yaqqol misolini – yildan-yilga rivojlanib, xorijiy mehmonlar va investorlar uchun jozibador boʻlib borayotgan Olmaliq shahrining obod va farovon qiyofasida ham koʻrish mumkin [27; 141-143-b].



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling