Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi
Qizilqum fosforit kombinati
Download 0.7 Mb.
|
LAYLO 1
Qizilqum fosforit kombinatiQizilqum fosforit majmuasi — fosforit konsentratlari ishlab chiqaradigan zamonaviy yirik konboyitish korxonasi. Boyitilmagan fosforit uni, kuydirilgan fosforit konsentrati va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. Majmuaga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1997-yilda Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara fosforit koni (mineral zaxirasi 223,9 mln. t, 100% li R205miqdori 45,5 mln. t) negizida “Qizilqum fosforit majmuasini barpo etish toʻgʻrisida” gi qaroriga koʻra asos solindi, korxona qurilishi va fosforit konini oʻzlashtirish NKMKga topshirildi. Shu yilning oʻzida majmuaning 1-navbatini qurish va Toshkura konida fosforit rudalari qazib olish boshlandi. 1998-yil aprelda majmuaning yillik loyiha quvvati 300 ming t 16— 18% R2O5 (boyitilmagan fosforit uni) boʻlgan 1-navbati mahsulot ishlab chiqara boshladi. 2 yildan kamroq muddatda majmua 1-navbatining 1-bosqichi qurilishi tugallandi. Natijada respublika korxonalarida oddiy ammoniylashgan superfosfat va ammofos ishlab chiqarish uchun chetdan fosorit xom ashyosini sotib olish toʻxtatildi. Majmuada 1998—2001-yillarda “quruq” va “hoʻllangan” usullarda fosforitni boyitishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqildi, tarkibida 26—28% R2O5 boʻlgan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi. NKMK mutaxassislari va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari bilan hamkorliqda tarkibida fosfori kam boʻlgan fosforitlardan fosforli kompleks va organik mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish dala sharoitlarida agrokimyoviy sinovdan oʻtkazish texnologiyasini yaratish, ularni sanoat miqyosida joriy etishgacha boʻlgan ishlar amalga oshirildi. 2002—2003-yillarda tarkibida 12— 15% R2O5 boʻlgan kambagʻal fosforitlardan organik mineral oʻgʻitlar (superfosfat va azosuperfosfat) ishlab chiqarish ning soddalashtirilgan texnologiyasi yaratildi va respublika kimyo sanoati korxonalarida joriy etildi ("Navoiy elektrokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati, Samarqand kimyo zavodi va boshqalar) [23; 34-36-b]. 2004-yil noyabrda Respublika hukumatining maxsus qaroriga koʻra, 2004 ̶ 06 yillarda Qizilqum fosforit majmuasining 1-navbatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish va yuvilgan kuydirilgan (28% R2O5) hamda yuvilgan quritilgan (20% gacha R2O5) konsentratlari ishlab chiqarish ga oʻtish, majmuaning yillik quvvatini 800 ming t fosforit mahsulotiga yetkazish ishlari boshlandi. 2018-yil 14-dekabrda Olmaliq konmetallurgiya kombinati (OKMK) tarkibida boʻlgan. 2022-yil 4-martdan OʻzKimyoSanoat AJ tasarrufiga oʻtgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling