Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi


Download 0.7 Mb.
bet3/14
Sana14.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1093556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
LAYLO 1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORi


NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATIDAVLAT KORXONASINI ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4124-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taʻminlash, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, bozor mexanizmlariga oʻtish, raqobatbardoshlikni oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi istiqbolli konlarni oʻzlashtirish, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy KMK” DK) ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanishni taʻminlash, shuningdek, “Navoiy KMK” DK mulki negizida yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar faoliyatini tashkil etish maqsadida:


1. “Navoiy KMK” DKda davlat organlari vakillari, xalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovchilar ishtirokida:
a) quyidagilar:
hisob va hisobot boʻyicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ maʻlumotlarni oshkor qilish tizimini joriy etish;
global hisobot tashabbusiga (GRI) muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha hisobotlarni chop etish;
qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʻdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholash boʻyicha ishlar boshlanganligi;
b) “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlari roʻyxatini tasdiqlagan holda korxonaning mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish yakunlangani maʻlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Navoiy KMK” DK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflari maʻqullansin:
a) “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishini tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi — “Navoiyuran” davlat korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — “Navoiyuran” DK) oʻzgartirish;
b) bir oy muddatda “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:
qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “NKMK” AJ) ishlab chiqarish korxonasini;
“NKMK jamgʻarmasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — “NKMK jamgʻarmasi” DM) taʻsis etish [11; 109-111-b].
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Navoiy KMK” DKning:
emulsiyaviy-portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi mulkiy kompleksni “NKMK” AJ tasarrufiga berilishini inobatga olgan holda, “NKMK” AJ tarkibiga beriladigan;
“NKMK jamgʻarmasi” DMga beriladigan obyektlar, shu jumladan agrouchastkalar va yordamchi obyektlar, mehmonxonalar, hammom va tozalash xoʻjaligi obyektlari, ishlab chiqarish sexlari, omborxona inshootlari, shuningdek, boshqa tijorat obyektlari va qimmatbaho qogʻozlar (keyingi oʻrinlarda — asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sogʻlomlashtirish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlari hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, xizmat turar joylari va yotoqxonalari (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy infratuzilma obyektlari) roʻyxatini tasdiqlasin.
3. “Navoiy KMK” DK oʻz kuzatuv kengashi va Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Navoiy KMK” AJ aksiyalari qiymatini toʻlashda badal sifatida qoʻyilishi lozim boʻlgan “Navoiy KMK” DK mol-mulki va mulk huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholashni yakunlasin.
4. Belgilansinki:
a) agentlik “NKMK jamgʻarmasi” DM va “Navoiyuran” DKning taʻsischisi hisoblanadi;
b) “NKMK” AJ ustav kapitali taʻsischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan mulk va mulkiy huquqlarning qismini, shuningdek, asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda, “Navoiy KMK” DK tomonidan “NKMK” AJ foydasiga beriladigan qimmatbaho metallarni qazib olish uchun yer qaʻri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish hamda ushbu mulk va mulkiy huquqlarni “NKMK” AJ aksiyalari qiymatini toʻlash hisobiga berilishi evaziga shakllantiriladi. Bunda “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlarini “NKMK” AJ ustav kapitaliga berish 2019-yil 1-mart holatiga oʻtkazilgan yakuniy xatlov dalolatnomasi va 2019-yil 30-iyun holatiga baholash natijalari boʻyicha xulosalar asosida amalga oshiriladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (taʻsischisi) funksiyasini bajaradi;
g) “NKMK jamgʻarmasi” DM mulki taʻsischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan uning mulki qismini asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda olish va keyinchalik ushbu mulkni “NKMK jamgʻarmasi” DMga operativ boshqaruvga berish orqali shakllantiriladi;
d) “NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DM amaldagi shartnomalar boʻyicha asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan hamda uchinchi tomon bilan kelishilgan holda “Navoiy KMK” DK ning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi, bunda barcha kredit shartnomalari (kreditorlar bilan kelishilgan holda) “NKMK” AJga oʻtkaziladi, “Navoiyuran” DK esa asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda qolgan shartnomalar boʻyicha “Navoiy KMK” DK huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettiradi;
e) “Navoiy KMK” DK xodimlarining “NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DMga oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:
“NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DMga oʻtgan ishchi xodimlar bilan yangi mehnat shartnomasi tuzish talab qilinmaydi, amaldagi mehnat shartnomasiga zarur oʻzgartirishlar esa ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi;
oʻtkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamgʻarmasi” DM ishchi xodimlari va ularning oila aʻzolari uchun ilgari “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari uchun oʻrnatilgan ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sogʻlomlashtirish obyektlari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari hamda xizmat turar joylari, yotoqxonalar va boshqa obyektlardan imtiyozli foydalanish huquqi toʻlaligicha saqlab qolinadi;
besh yil davomida “NKMK jamgʻarmasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyat turini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
“Navoiy KMK” DK dan pensiyaga chiqqan shaxslar hamda “NKMK” AJ, “NKMK jamgʻarmasi” DM va “Navoiyuran” DKda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar uchun qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan imtiyozlar, shuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barcha turlari (mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalliklari, sogʻliqqa shikast yetganlik, bola parvarishi va boshqalar uchun) saqlab qolinadi;
j) “NKMK jamgʻarmasi” DM ga berilayotgan asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlardan tashqari ijtimoiy infratuzilma obyektlarini besh yil davomida xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar ustidan nazorat qilish Komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
“Navoiy KMK” DK qayta tashkil etilishi davrida “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamgʻarmasi” DM xodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlariga rioya etilishi;
mehnat shartnomalari shartlariga rioya etilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini taʻminlash choralari koʻrilishi;
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM mehnat shartlariga koʻra ish oʻrinlarining attestatsiya kartalari oʻz kuchida qolishi qismida qonun talablari bajarilishini taʻminlash.
Komissiya bir oy muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM xodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, moddiy yordam, shuningdek, rayon koeffitsiyentlari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar saqlanishini taʻminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM faoliyatini tashkil qilish boʻyicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʻminlasin;
agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar samarali boshqaruv tizimini joriy etish, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash va 2025-yilgacha boʻlgan muddatga investitsiya dasturini tasdiqlashni nazarda tutgan holda “Navoiyuran” DK faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 2020-yil 15-martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
“NKMK” AJning maʻdan zaxiralari va zaxiralar holati toʻgʻrisidagi hisobotlari, texnik hisobotlari, konlarning kamayishi (istiqbolli maydonlar) toʻgʻrisidagi hisobotlari, kon ishlari boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʻdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq tayyorlanadi hamda ular eʻlon qilinishi shart;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan ruxsatnomalar berishda Qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʻdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlari boʻyicha “NKMK” AJ hisobotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansida hisobini olib borish uchun belgilangan tartibda tayyorlangan zaxiralar boʻyicha maʻlumotlar qabul qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2026-yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturida nazarda tutilgan “Navoiy KMK” DK investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Xalqaro moliya institutlari va banklarning qarz mablagʻlari, jumladan kreditlar, obligatsiyalar, yevroobligatsiyalar, lizing hamda qonunchilikda ruxsat etilgan qarzni moliyalashtirishning boshqa turlarini jalb etish “NKMK” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ bilan birga 2020-yil 1-mayga qadar:
“NKMK” AJ moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazish ishlarini yakunlash;
“Navoiy KMK” AJda savdolarning rentabellik darajasi, aktivlar, aktiv va majburiyatlar aylanmasi hamda xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga muvofiq aniqlanadigan boshqa koʻrsatkichlarni oshkor etish amaliyotini tatbiq etish ishlarini yakunlash;
2020-yil 1-noyabrga qadar kamida 300 million AQSh dollari miqdorida korporativ yevroobligatsiyalar chiqarish boʻyicha aniq choralar koʻrgan holda “NKMK” AJ ning moliyaviy boshqaruvi tizimini yanada isloh qilishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
ikki oy muddatda “NKMK” AJda, shu jumladan kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil aʻzoni tayinlash, kuzatuv kengashi qoshida qoʻmitalar tashkil etish, axloq kodeksi, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi nizom va korporativ boshqaruv sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni koʻzda tutgan holda korporativ boshqaruvning eng samarali amaliyotlari tatbiq etilishini;
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining daromadlarini koʻpaytirishni va iqtisodiy samaradorlikni inobatga olgan holda, qazib chiqarish boʻyicha iqtisodiy samarador reja, qimmatbaho metallarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, operatsion va kapital xarajatlarni kamaytirish choralarini oʻz ichiga oluvchi “NKMK” AJ ishlab chiqarish dasturi va moliyaviy rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taʻminlasin.
12. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar aktivlarini toʻldirish maqsadida “NKMK” AJ dan affinlangan qimmatbaho metallarni oldi-sotdi shartnomasi asosida xarid qilishda ustuvor huquqqa ega boʻladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki affinlangan qimmatbaho metallarni xarid qilishni rad etgan taqdirda, “NKMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda affinlangan qimmatbaho metallarni London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi savdolarida yuzaga kelgan narxlarda uchinchi shaxslarga sotish huquqiga ega.
13. Yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning uzluksiz ishlashini taʻminlash maqsadida:
14. Davlat geologiya qoʻmitasi: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “NKMK” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni bosqichma-bosqich geologik oʻrganishni nazarda tutuvchi uzoq istiqbolga moʻljallangan geologiya-qidiruv ishlari dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“NKMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar yangi ochilayotgan Geologiya fanlari universiteti qoshida geoinnovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini taʻminlasin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 17-bandiga binoan “Navoiy KMK” DK tomonidan ushbu qarorga muvofiq bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
“NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DM tomonidan qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblash va qayta hisoblash taʻsischining “NKMK” AJ ustav kapitaliga mol-mulk va mulk huquqlarini kiritishi, “NKMK jamgʻarmasi” DMning mol-mulk va mulkiy huquqlarni operativ boshqaruvga olishi, shuningdek, mol-mulk va mulkiy huquqlarni boshqa asoslarda berilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha haqiqatda toʻlovlar qilinmasdan amalga oshiriladi;
Ushbu qarorning 4-bandi “g” kichik bandiga muvofiq tomonlar — “Navoiy KMK” DK ni “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM ga oʻzgartirilishi belgilangan shartnomalarga (shartnomalarning amaldagi shartlari saqlangan taqdirda) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarori tatbiq etilmaydi;
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM boshqaruvi va kuzatuv kengashi tarkibiga chet el fuqarolarini jalb etishga aʻzolar umumiy sonining 35 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ruxsat beriladi.
16. “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DMga 2022-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, xoʻjalik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishda, shuningdek, jalb etilayotgan qarz mablagʻlari boʻyicha taklif qilingan konsultantlar bilan, raqobatlashuv asosida xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmasdan hamda texnik vazifalar spetsifikatsiyalar, ish hajmlari, tuzilgan shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ravishda ekspertiza qilmasdan va roʻyxatga olmasdan oʻzaro toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov A.N., Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Gulyamov R.A. va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Qoʻchqorov J.A. zimmasiga yuklansin [14; 118-123-b].



    1. Download 0.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling