Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi
Download 0.7 Mb.
|
LAYLO 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB OʻZBEKISTONDA KIMYO SANOATINGING RIVOJLANISHI
Mustaqil ishning maqsadi: Oʻzbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishini oʻrganish.
Mustaqil ishining vazifalari: mustaqil ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab olindi: Kon-metallurgiya kombinatlarining kimyo sanoatidagi oʻrni va ularni oʻrganish; Yengil sanoatdagi paxtani tozalash, toʻqimachilik sanoati va ipakchilikni oʻrganish; Mustaqil ishining tuzilishi: ushbu mustaqil ish kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 6 ta boʻlim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. I BOB OʻZBEKISTONDA KIMYO SANOATINGING RIVOJLANISHINavoiy kon metalurgiya kambinatining kimyo sanoatidagi oʻrniNavoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) – “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958-yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha boʻlgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi. K-t tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Muruntov konidan oltin rudalari qazib olish, shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy obʼyektlar bor. Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958-yilda barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; “Koʻkpatas” konining tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishini tashkil etadi; markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) — Muruntov noyob oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-yilda barpo etilgan. 1967-yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; janubiy kon boshkarmasi (Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshqalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-yilning fevralida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-yilda Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi huquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshqarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-yilda Chovli uran konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-yilning oktabrda k-t boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 1992-yilda Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996-yildan k-t boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash); “Agama” davlat trikotaj firmasi — 1990-yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMK ning shoʻba korxonasi; Zarafshon qurilish boshqarmasi — 1967-yilda tashkil topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarish texnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va t. yillari qurilishini olib boradi; Qizilqum fosforit majmuasi — maʼdan qazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish boʻyicha korxonaning 1-navbati 1998-yilda ishga tushirildi. 2001-yilning avgust oyidan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqaradi va uni Samarqand kimyo zavodi hamda Olmaliq “Ammofos” aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib beradi [16; 112-115-b]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng mamlakatda oltin va uran qazib olish sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy KMK da Uchquduqda oltin ajratib olish majmuasi, 3 gidrometallurgiya zavodi va Koʻkpatas hamda Davgʻiztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular ishga tushirildi, “Zarafshon-Nyumont” qoʻshma korxonasi barpo qilindi, emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar koʻpaydi. Ishlab turgan korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi. K-t Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan uzoq muddatli mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Navoiy KMK “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan (2000). K-t direktori Nikolay Kucherskiy, ekskavator mashinisti Anatoliy Panin, Quvondiq Sanaqulovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan, koʻpgina xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari bilan mukofotlangan [21]. 1-yanvardan Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchtaga — aksiyadorlik jamiyati va ikkita davlat korxonasiga boʻlindi. Zavodni qayta tashkil etish Oʻzbekiston prezidentining 2020-yil 6-martdagi qarorida koʻzda tutilgan. Sentabr oyida bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov hukumat NKMK ni xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻra boshlaganini maʻlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda kompaniya aksiyalarining 10−15 foizgachasi sotilishi mumkin. Bu Oʻzbekistonning yillik daromadi 5 mlrd dollardan ortiq boʻlgan eng yirik kompaniyasi”, — degandi vazir. U, shuningdek, 2024-yilga borib kompaniya aksiyalarining maksimal 10−15 foizni IPO ga chiqarish ham rejalashtirilganini qoʻshimcha qilgan. Yakuniy qarorni prezident qabul qiladi.Sentabr oyida zavod oʻzining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun Rossiya VTB bankidan 1 mlrd dollar kredit jalb qilgani haqida xabar berilgandi.Shuningdek, NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurishi maʻlum qilindi [7; 76-78-b]. NKMK mamlakatdagi eng yirik sanoat korxonasidir. Kombinat oltin, uran, nodir metallar qazib oladi, qurilish materiallari va stanoksozlik sanoati uchun xomashyo, keng turdagi xalq isteʻmoli mollari ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha sanoat mahsulotlarining 10 foizi, budjet daromadlarining 18 foizi zavod hissasiga toʻgʻri keladi. Kompaniyada (2020-yil mart holatiga koʻra) 54 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Xomashyo resurslari boʻyicha NKMK jahon oltin ishlab chiqaruvchilari orasida uchinchi oʻrinda turadi. Biroq uning aktivlari qiymati bu kabi xorijiy kompaniyalarnikidan ancha past. NKMK balans qiymati 1,3 mlrd dollarga baholangan boʻlsa, ushbu darajadagi xorijiy korxonalarning bozor narxi 11 mlrd dollarni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevralkuni "Navoiykon-metallurgiyakombinati" davlat korxonasini isloh qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Mazkur anjuman mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonasidir. Bu yerda oltin, uran, nodirmetallar, qurilish va dastgohsozliksanoati uchun zarur mahsulotlar, keng turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqariladi. Kombinat yurtimizdagi jami sanoat mahsulotining 10 foizini va byudjet daromadining 18 foizini taʼminlaydi. Unda 58 ming xodim ishlaydi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati xomashyo resurslarining hajmi boʻyicha jahondagi oltin ishlab chiqaruvchilar orasida uchinchi oʻrinda turadi. Lekin aktivlarining qiymati xorijiy kompaniyalarnikiga nisbatan ancha kam. Masalan, hozirgi kunda kombinatning balans qiymati 1,3 milliard dollar boʻlsa, shu darajadagi xorijiy korxonalarning bozor narxi 11 milliard dollarni tashkil etadi.Shu bois NKMK ni zamonaviy kompaniyaga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz tomonidan bu borada kompleks chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 2017-2019-yillarda 1,2 milliard dollar mablagʻ evaziga 8 ta obyekt ishga tushirilgan. Natijada oxirgi uch yilda oltin ishlab chiqarish hajmi 2,5 foiz, kumush olish 37 foizga oshgan. Oʻtgan oyda Oliy Majlisga yoʻllangan murojaatnomada Prezidentimiz Navoiy kon-metallurgiya va Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan birga ushbu korxonalarni xalqaro moliya bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylantirish lozimligini taʼkidlagan edi. Yigʻilishda shu boradagi reja va chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, korporativ oshkoralikni tatbiq etish, hisob-kitoblarni xalqaro standartlarga oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. 2026-yilga qadar korxonada ishlab chiqarish hajmini 94 tonnaga yetkazish, buning uchun 4 milliard dollarlik 40 ta loyihani amalga oshirish kerakligi taʼkidlandi. Jumladan, loyiha qiymati 525 million dollar boʻlgan yangi konni oʻzlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Kombinatning bugungi kundagi 3,7 ming tonna oltin zaxirasi xalqaro standartlar asosida baholanib, korxona balansida aks ettirilishi zarurligi belgilandi. Davlat geologiya qoʻmitasi va Moliya vazirligiga zaxiralarni baholash ishlari hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro meʼyorlarga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. Konlar zaxirasi va kamayishi toʻgʻrisidagi hisobotlar, qazib olish loyihalari boʻyicha maʼlumotlarni Avstraliya kodeksi (JORC Code) asosida tayyorlash muhimligi qayd etildi.Navoiy kon-metallurgiya kombinatining korporativ yevro obligatsiyalarini chiqarish masalasiga toʻxtalib oʻtildi. Korxona rahbari va vazirlar yuqoridagi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan hisobot berdi [8; 95-97-b]. Ayni vaqtda, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasida, soha xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʻminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar itoʻgʻrisida” gi Farmoni ijrosi yuzasidan “Avtomobil yoʻllari va sunʻiy inshootlarida zilzila bardoshlik talablari va zilzilaning oqibatlarini oʻrganish, uning zararini kamaytirish yoʻllari” mavzusida oʻquv-amaliy mashgʻulot seminari boʻlib oʻtmoqda. Seminarda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining masʻul xodimlari, yoʻl tashkilotlari va korxonalari mutaxassislari ishtiroketishdi. Soha xodimlariga zilzil va uning oqibatlari, uning kelib chiqish sabablari haqida maʻlumot berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Gʻ.Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti mutaxassisi Mirzaev M., Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Oʻrozboev.M.T. nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassisi Nishonov.N.A. hamda Toshkent shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari taklif etilgan [14]. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan seysmik xavfsizlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoning mazmun-mohiyati hamda zilzila va uning kelib chiqishi sabablari toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlar, zilzila taʻrifi, gipotsentr, epitsentr, zilzilaning chuqurligi, yerning ichki tuzilishi va Oʻzbekiston hududi uchun seysmik xavf haqidagi tushunchalar hamda 1966-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida qayd etilgan 8 ballik zilzila haqida maʻlumotlar berildi. Shuningdek, seminarda fuqarolarni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin toʻgʻri harakatlanishga tayyorlash haqida tadbir ishtirokchilariga oʻzlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishdi [26]. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling