Mundarija : Kirish I. bob. Marketing kommunikatsiyasi yaratish bosqichlari


Download 102.38 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi102.38 Kb.
#1624330
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu123


Mavzu: Marketing kommunikatsiytasi kompleksini yaratish va boshqarish
M U N D A R I J A :
Kirish
I.bob. Marketing kommunikatsiyasi yaratish bosqichlari
1.1.Marketing konsepsiyalari haqida tushuncha ularning mazmun mohiyati
1.2.Marketing konsepsiyalarining turlari va o’ziga xos xususiyatlari
1.3.Marketing kommunikatsiyasi, marketing kompleksini tarkibiy qismi sifatida
II.bob.Marketing kommunikatsiyasini umumiy taxlili
2.1. Agrobank misolida marketing kommunikatsiyasini qo‘llash usullari
2.2. Agrobank misolida derkt marketingni qo‘llanilishi
2.3. Marketing kommunikatsiyalarini rejalashtirish, baholash va boshqarish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



KIRISH

Hozirgi paytda marketing sohasi nafaqat dunyoda, balki mamlakatimizda ham jadallik bilan rivojlanmoqda. marketingning yurtimizga kelishi yildan-yilga oshib bormoqda va bu mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.Marketing sohasining rivojlanib borayotganligi sababli, yangi ish o’rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlanmoqda. Yurtimizda turizm sohasidagi qonunchilik ham takomillashtirilib borilmoqda. Qonun, Prezident farmon va qarorlari, hukumat qarorlari ham turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda turizm sohasidagi huquqlar, istiqboldagi rejalar, ajratiladigan moliyaviy resurslar, ularning taqsimlanishi va boshqa jihatlar aks etgan. Marketing sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ham bir qator imtiyozlar berish ko’zda tutilgan.


Marketing boshqa iqtisodiy sohalarda bo’lgani kabi turizm sohasida ham juda zarur, chunki bozorni o’rganmasdan turib, turizm sohasida faoliyat yuritish qiyin. Hozirga paytda bozorda har kuni yangi innovatsion texnologiyalar kirib kelmoqda. Ularni o’rganish, o’zlashtirish, qo’llash, turizm sohasida tadbiq qilish uchun marketing faoliyatini, marketing tadqiqotlarini yaxshi o’rganish kerak, tahlil qilish kerak.
Har xil marketing tadqiqotlarini olib borish kerak, masalan dala tadqiqotlari, kombinatsiyalashgan tadqiqotlar, kabinet tadqiqotlari va boshqa turdagi tadqiqotlarni. Undan tashqari, har xil ma’lumotlar bilan tanishib chiqish zarur bo’ladi, masalan, statistic ma’lumotlar, birlamchi ma’lumotlar, ikkilamchi ma’lumotlar.
Marketing – bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsqdida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag’batlantirish, ayirboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar keng miqyosli faoliyat turidir. Inson zaruriyatlari, ehtiyoj va talablari tovarlar bilan qondiriladi.
Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
Marketing nafaqat iste’molchilar talabini to’liq va har tomonlama o’rganish muammosi echimini, balki talabini shaklllantirish va savdo hajmini oshirish maqsadida tarqatishni oshirish, bozordagi faoliyatning daromadliligini va tarqatishni oshirish masalasi yechimini ham ko’rsatib beradi. Marketing aloqalari majmui shunga xizmat qilishga qaratilgan. Texnologik, iqtisodiy va raqobat muhitining murakkablashishi turizm korxonalari faoliyatida marketing rolining paydo bo’lishiga va keyinchalik kuchayishiga olib keldi. Marketing bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasidir. Ikkinchisining tabiati talab va taklif bilan birgalikda har doim korxonalarning biznes yo’nalishini belgilab berdi.

Download 102.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling