Mundarija : Kirish I. bob. Marketing kommunikatsiyasi yaratish bosqichlari


Download 102.38 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi102.38 Kb.
#1624330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu123

Voqea marketingi (Event promotion) – bu turli voqea-hodisalar bilan bog‘liq
tadbirlarni uyushtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat bo‘lib, iste’molchilarning
tovarga bo‘lgan e’tiborini tez jalb qiladi. Event promotion bayramlar, milliy bayramlar, tantanali sanalarni nishonlash, konsertlar orqali amalga oshiriladi
Bugungi kunda marketing amaliyotida BTL (below the line) atamasi ham paydo
bo‘ldi. BTL bevosita sotuv joylarida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish orqali sotishni jadallashtirishdir. BTL tadbirlari asosan sotishni rag‘batlantirish, merchendayzing va voqea marketingidan iborat.
Zamonaviy marketing faoliyati bugungi kunda asosan ommaviy va to‘g‘ridanto‘g‘ri marketing strategiyasi asosida amalga oshirilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing har bir iste’molchi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ularga bir nechta kommunikatsiya vositalarini qo‘llash orqali ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Kommunikatsiya jarayoni axborot yoki xabarlarni kommunikatsiya kanallari orqali tarqatishni anglatadi. Ammo xabar jo‘natish uchun kommunikatsiya kanallari, texnik vositalari bo‘lishi shart emas. Buni oddiy sotuvchi shaxsiy sotish chog‘ida ham amalga oshirishi mumkin.
Shuning uchun kommunikatsiya jarayoni keng tushuncha va uning ko‘plab
elementlari mavjud. Shunga ko‘ra axborot tarqatish kanallarini ommaviy, shaxsiy va mahalliy kanallarga bo‘lishimiz mumkin.
Ommaviy kanallar – barcha xabarlarni ommaga qaratadi va bunda asosan
ommaviy iste’mol tovarlari to‘g‘risidagi axborotlar tarqatiladi. Ommaviy kanallar
marketingning maqsadli auditoriyasini ommaga uyg‘unlashtirib yuboradi va bu
xabarlar ayrim kishilarga zarur bo‘lmasada, tarqatilishi amalga oshiriladi. Ommaviy kanallarga OAV, tashqi reklama, Internet va tovarlar o‘ramini kiritishimiz mumkin. Ayrim mutaxassislar ommaviy kanallar sifatida paketlarni ham kiritishadi. Buning sababi bugungi kunda ko‘pchilik magazinlar va supermarketlar o‘z xususiy paketlariga ega bo‘lib, iste’molchilar undan boshqa maqsadlarda ham foydalanishadi.
Shaxsiy kanallar– tovarlarning sotilishi uchun xizmat qiladi. Shaxsiy kanallarning ahamiyatini mutaxassislar fikri orqali to‘ldiriladi.
Bunda mutaxassislar deganda muayyan tovarlar bilan bog‘liq zaruriy axborotlarga ega va maqsadli guruhlar ishonchini qozongan shaxslar tushuniladi. Masalan, iste’molchilar mebel harid qilishda, tishlarni davolashda, ko‘zoynaklar harid qilishda aynan shu sohani yaxshi biladigan mutaxassislarga murojaat qilishadi.
Mahalliy kanallar – maxsus harid qilinadigan tovarlar sotuvida ahamiyatli
bo‘lib, ommaviy harakterga ega bo‘lmaydi. Mahalliy kanallar moddiy va axborotli
kanallarga bo‘linadi. Moddiy mahalliy kanallar tovarlarni sotish joyi va sotishni
rag‘batlantirish bilan bog‘liq turli tadbirlardir. Masalan, turli attraksion o‘yinlarni
park va hiyobonlarda ko‘proq uchratish mumkin. Chunki bu joylarga ko‘proq dam
oluvchilar tashrif buyuradi. Axborotli mahalliy kanallarga mavzuli ma’lumotnoma-spravochniklar, davriy byulletenlar va gazeta varaqalari kiradi.

Download 102.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling